Obyektiga ko‘ra ehtiyojlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Moddiy ehtiyojlar- ularni qondirish uchun moddiy buyum shaklidagi mahsulotlar mavjud bo‘lishi kerak, masalan, oziq-ovqat va kiyim-kechak, transport va uy-joy uchun ehtiyoj.
2. Nomoddiy ehtiyojlar - bu moddiy bo‘lmagan shaklda qondiriladigan ehtiyojlar, ya’ni ular ma’naviy, axloqiy, estetik ehtiyojlar, masalan, ijodkorlik, odamlarga muhabbat, bilim, tabiat bilan muloqot, go‘zallik, o‘tmishni bilish va kelajakni ko‘rish.
3. Sotsial (ijtimoiy) ehtiyojlar - shaxsning ijtimoiy va jamoa faoliyatida qatnashishi bilan bog‘liq ehtiyojlar. Ular ijtimoiy tavsifga ega bo‘lib, insonlarning birgalikda yashash va hamkorlik qilish zarurligi bilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |