3. TALAB VA TAKLIF, BOZOR MUVOZANATI
3.1. Talab tushunchasi. Talab qonuni. Talab miqdoriga ta‘sir etuvchi omillar
Talab to‘lovga qobil ehtiyojdir. U bozorga chiqqan va kerakli miqdordagi pul bilan ta’minlangan ehtiyojni ifoda etadi. Talab ehtiyojdan kelib chiqadi, xaridga ajratilgan pul shaklida ifoda etiladi. Masalan, kimdir avtomobil sotib olmoqchi bo‘lsayu, ammo puli bo‘lmasa bunday ehtiyoj talab emas. Demak, talab shunchaki ehtiyoj emas, balki to‘lovga qobil, pul bilan ta’minlangan ehtiyojning bir qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |