Fanda fundamental tadqiqotlarni ta’minlamaydi. Tadbirkorlarning mavjud texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish, resurslardan tejamli foydalanishni ta’minlashga harakat qilganda, tadbirkorlar o‘z resurslarini fundamental tadqiqotlar o‘tkazish uchun yo‘naltirishga qodir emaslar. Ushbu tadqiqotdan iqtisodiy foyda olishning uzoq va noaniq istiqboli, resurslarni boshqa sohalarda tez va ishonchli foyda olish imkoniyatlari foydasiga taqsimlanishiga olib keladi.
Bozor iqtisodiyotining salbiy va ijobiy tomonlari "cheksiz ehtiyojlar – cheklangan resurslar" ziddiyatiga asoslanadi. Bozor iqtisodiyoti ushbu ziddiyatni yumshatish mexanzimlariga ega. Undan tashqari hozirgi davrgacha bozor iqtisodiy tizimidan samarali tizim kashf etilmagan. Demak hozirda bozor iqtisodiyoti samarali tizim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |