Jamg‘arish va iste’mol daromadlar darajasiga bog‘liq. Chunki aynan daromad jamg‘arish va iste’molning manbaidir.
Odatda daromadlari mamlakatdagi o‘rtacha daromad miqdoridan yuqori bo‘lgan oilalar daromadlarining bir qismini jamg‘aradilar. Qanchalik oila kambag‘al bo‘lsa, shunchalik kam jamg‘aradi. Eng kambag‘al aholining jamg‘arishi 0 ga teng. Qarzga yashovchi aholi manfiy jamg‘armaga egadir. Demak hamma oilalar ham jamg‘ara ololmaydilar. Jamg‘arishdan farqli o‘laroq barcha oillalar iste’mol qiladilar. Biroq uning pastki darajasi tirikchilik minimumidan pastga tushib ketmasligi kyerak. Iste’mol joriy talabni, jamg‘arish esa kelajakdagi talablarni qondiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |