Asosiy kapitalga - bino, asbob-uskuna, stanoklar va boshqalar kiradi. Ular ishlab chiqarishda ko‘p marta qatnashib qiymatini tovarga bo‘lak- bo‘lak qilib o‘tkazadilar.
Aylanma kapitalga - xomashyo, matyeriallar va ishchi kuchi kiritiladi. Ular ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashib, o‘z qiymatini mahsulotga butunlay o‘tkazadi.
Asosiy kapital ishlatilishi jarayonida eskiradi va aynan eskirgan qismiga teng qiymat tayyor mahsulotga o‘tkaziladi.
Asosiy kapitalning jismoniy eskirishi - bu iste’mol qiymatini yo‘qotishidir. Asosiy kapitalning ma’naviy eskirishi – bu yangi arzon ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va o‘sha narxda unumdorligi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarining yaratilishi natijasida qiymatini yo‘qotishi.
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalni ishlatish vaqti davomida qiymatining tayyor mahsulotga o‘tishi va uning amortizatsiya fondida jamg‘arilishiga amortizatsiya deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |