1. iqtisodiyotga kirish


O‘zbekistonda kambag‘allik va uni kamaytirish yo‘llari



Download 20,98 Mb.
bet216/239
Sana07.12.2022
Hajmi20,98 Mb.
#880563
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   239
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

20.5. O‘zbekistonda kambag‘allik va uni kamaytirish yo‘llari
Ma’lumki, kambag‘allik bu umumbashariy muammo bo‘lib barcha mamlakatlarda mavjud. Buning asosiy sabablaridan biri bozor tizimining ijtimoiy tengsizlikni takror hosil qilishidadir.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yilning 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida kambag‘allikni qisqartirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Murojaatnomada ta’kidlaganidek: “Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbaiga ega emasligi sir emas. Har qanday mamlakatda bo‘lgani kabi bizda ham kam ta’minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob - kitoblarga ko‘ra, ular taxminan 12-15 foizni tashkil etadi. Bu o‘rinda gap kichkina raqamlar emas, balki aholimizning 4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda. Bu ularning bir kunlik daromadi 10-13 ming so‘mdan oshmayapti, degani. Yoki bir oilada mashina ham, chorva ham bo‘lishi mumkin, lekin bir kishi og‘ir kasal bo‘lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolatishga ketadi. Xo‘sh bunday oilani o‘ziga to‘q deyish mumkinmi? Prezident sifatida meni odamlarimizning ovqatlanishi, davolanishi, bolalarini o‘qitishi, kiyintirishi kabi hayotiy ehtiyojlari nima bo‘layapti, degan savol har kuni qiynaydi. Kambag‘allikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy, ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir”41.
O‘zbekiston aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘rtacha daromadga ega mamlakatlar qatoridan joy oladi (Yiliga kishi boshiga o‘rtacha 1533 AQSH dollari). Daromadning o‘rtacha darajasi ikki guruhga bo‘linadi. Daromadi o‘rtacha darajadan past mamlakatlar kishi boshiga yiliga 1036 - 4085 dollar va daromadi o‘rtacha darajadan yuqori mamlakatlar –kishi boshiga yiliga 4086-12615 dollar. Birinchi guruhdagi mamlakatlar uchun mezonlar qabul qilingan, bu mezonlar bo‘yicha kuniga kishi boshiga 3,2 dollar kambag‘allik chizig‘ining o‘rtacha ko‘rsatkichini anglatadi. Milliy daromadi o‘rtachadan balandroq mamlakatlar uchun kuniga kishi boshiga 5,5 dollar kambag‘allik chizig‘ining o‘rtacha ko‘rsatkichi deb qabul qilingan O‘zbekiston uchun kambag‘allik chizig‘i – kuniga 3,2 dollardan kam pulga yashash degani, misol uchun besh kishidan iborat oilaning yalpi daromadi oyiga 480 dollar yoki 4,6 million so‘mdan kam bo‘lsa, bu oilani kambag‘al deb hisoblash mumkin.42 Jahon bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, kambag‘allikning yuqori darajasi Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilmoqda.
Mamlakatimizda olib borilgan tadqiqotlar asosida kam ta’minlangan aholining tavsifi ishlab chiqilgan. Kam ta’minlangan oila 7 kishidan iborat bo‘lib, oila boshlig‘ining o‘rtacha yoshi 50 yoshdan yuqori va u oliy ma’lumotga ega emas. Jumladan, 11% kam ta’minlangan oilaning boshlig‘i ishsiz, 93% holatlarda esa oliy ma’lumotga ega emas va faqat 24% o‘rta maxsus ma’lumotga ega. Kam ta’minlangan uy xo‘jaliklarining 43% doimiy ish joyiga ega emas. 93% markaziy isitish tizimiga, 96% markaziy kanalizatsiya tizimiga va 66% markaziy suv ta’minotiga ulanmagan. Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida olib borilgan shunga o‘xshash tadqiqotlar natijalariga ko‘ra esa respublikada kam ta’minlangan uy xo‘jaliklarining ahvolini quyidagicha tavsiflash mumkin: ular 3 bolali, qishloq joylarda istiqomat qiluvchi, oila a’zolarining ma’lumot darajasi yuqori bo‘lmagan va chet elda mehnat qila oladigan mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan uy xo‘jaliklaridir. Shu bilan birga, kam ta’minlanganlik darajasi aniq mintaqaviy xususiyatga ega. 43 So‘nggi yillarda kambag‘allik darajasini tadqiq etish va umumlashtirish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan ochiq ma’lumotlar bazasini yaratish borasida ishlar olib borildi va ma’lum darajada yutuqlarga erishildi. Ma’lumotlar bazasi kambag‘allikni tavsiflash, uning omillari, shuningdek, aniq dasturlar va siyosiy islohotlarning kambag‘allikka ta’siri to‘g‘risidagi ko‘plab farazlarni sinab ko‘rish imkonini beradi. Jumladan, kambag‘al va kambag‘al bo‘lmagan uy xo‘jaliklarining o‘ziga xos xususiyatlarini taqqoslab, kambag‘allikning sababini aniqlash va unga qarshi kurashning aniq ko‘rsatkichlarini belgilash mumkin.
Kambag‘allikga qarshi kurash, uni kamaytirish davlatning ijtimoiy siyosatining tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Savkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek,“kambag‘allikni kamaytirish oylik yoki nafaqa miqdorini ko‘paytirish yoppasiga kredit berish, degani emas. Buning uchun, eng avvalo, aholini kasbga o‘qitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda tadbirkorlik hissini uyg‘otish, infratuzilmani yaxshilash, farzandlarini o‘qitish, sifatli davolanish, manzilli nafaqa to‘lash tizimini joriy qilish kerak”.44 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining tashkil etilishi esa aynan ushbu vazifalarning ijrosini tizimli ta’minlashda amaliy qadam bo‘ldi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, kambag‘allik, ishsizlik, inflyatsiya kabi surunkali muammo hisoblanadi. Kambag‘allikni butkul bartaraf etib bo‘lmaydi, shunday ekan buni iloji boricha kamaytirish zarur. Kambag‘allikni kamaytirish yo‘nalishlarini aniqlash va unga mos tadbirlarni ishlab chiqishda mamlakatimiz turli mintaqalarda, shahar yoki qishloqlarda istiqomat qiluvchi turli yoshdagi insonlar, erkaklar va ayollar uchun kambag‘allikning sabablari bir biridan keskin farq qilishini, demak kambag‘allikka qarshi kurash juda murakkab va ko‘p qirrali vazifa ekanligini hisobga olish kerak.
Kambag‘allikni kamaytirishning umumiy sharti, yo‘nalishi bu iqtisodiyotning samarali rivojlanishi asosida barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish hisoblanadi. Barqaror iqtisodiy o‘sishga erishildi degani har yili yaratilgan YaIM hajmi oshadi, aholi ish joylari va daromad bilan ta’minlanadi, natijada ularning farovonligi oshib boradi degani. Bunda davlat tomonidan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, inflyatsiyaga qarshi samarali siyosatning olib borilishi ta’minlanishi zarur. Bundan tashqari davlat o‘zining oqilona ijtimoiy siyosatini ishlab chiqishi va hayotga to‘la qonli tatbiq etishi muhimdir.
Kambag‘allikni kamaytirishning birinchi yo‘nalishi kambag‘al qatlamlarda iqtisodiy faollikni uyg‘otish. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
- ishlab chiqarishning o‘sishi va shu bilan aholining pul daromadlariga ega bo‘lishi va ushbu daromadlarning to‘xtovsiz oshib borishini ta’minlash.
- ishsizlik darajasini pasaytirish, ishga joyiga muhtoj insonlarga kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish, bozor talablarini hisobga olib, maqbul shart sharoitlarni yaratish choralarini ko‘rish;
-aholiga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga huquqiy, tashkiliy va moliyaviy jihatdan qulay shart sharoitlarni yaratish;
Mamlakatda kambag‘allikni kamaytirishni yana bir yo‘nalishi kam ta’minlanganlarning yashash shart sharoitlarini yaxshilash. Bu yo‘nalishda quyidagilarni amalga oshirish zarur:
- kam ta’minlangan aholi qatlamlarini energiya, suv va gaz, kanalizatsiya va axborat texnologiyalari bilan ta’minlash;
- arzon uy joy qurilishini kengaytirish va ipoteka kreditlash tizimini rivojlantirish;
- xizmat ko‘rsatish sohasini ayniqsa qishloq joylarida rivojlantirish.
Mamlakatda kambag‘allikni kamaytirishni yana bir yo‘nalishi kambag‘allarga davlat va korxonalarning moddiy yordam berishini tashkil etish. Moddiy yordam o‘zini boqishga qodir bo‘lmagan kishilarga, ya’ni nogironlarga va ko‘p bolali oilalarga berilishi lozim. Ijtimoiy yordam uzoq vaqt ishsiz qolganlar, kasbini yo‘qotganlarga ham beriladi.
Kambag‘allikni kamaytirishga insonlar o‘zlarining moddiy muammolarini mustaqil hal eta oladigan va o‘zlarini zarur daromadlari bilan ta’minlaydigan sharoitlar yaratilgandagina erishish mumkin.

Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish