To‘liq qiymatli pul - bu o‘z qiymatiga ega bo‘lgan pul tovari. Masalan, don, mo‘yna. qoramol, metallar va boshqalar
To‘liq bo‘lmagan (nomukammal) pullar- bu qiymati kichik bo‘lgan, to‘liq qiymatli pullarning o‘rnini bosadigan pul ramzlari, qiymati to‘liq bo‘lmagan pullarni, banknotalarni almashtirishdir. Bularga qog‘oz pullar (g‘azna va bank banknotalari), kredit pullar (veksellar, cheklar, kredit kartalar) kiradi.
Pul - bu umumiy ekvivalent vazifasini bajaradigan o‘ziga xos tovar. Har qanday tovar kabi u xossalarga ega.
Oddiy tovar sifatida oltinning iste’mol qiymati uning zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va sanoatda ishlatilishi va shu kabilar bilan bog‘liq. Mehnatning qiymat nazariyasiga binoan, oltinning qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zarur mehnat bilan belgilanadi.
Umumiy ekvivalent sifatida oltin alohida o‘ziga xos tovarning xususiyatlariga ega, ya’ni o‘ziga xos iste’mol qiymati va o‘ziga xos qiymat shakliga ega. O‘ziga xos iste’mol qiymati bu pulning boshqa barcha tovarlarning qiymatini o‘ziga tenglashtirish qobiliyatidir. Oltinning pul materiali sifatidagi qiymatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy almashinuv shaklini olishidadir.
15.2. Pul konsepsiyalari
Zamonaviy pul konsepsiyalari XVII- XVIII asrlarda paydo bo‘lgan nazariyalardan kelib chiqadi. Avvalo, bu pulning nominal va miqdoriy nazariyalariga taalluqlidir. Endi oldingi nazariyalar yangi shaklda paydo bo‘ldi. Agar ilgari pulning kelib chiqishi, mohiyati, shakllanishi muammolariga asosiy e’tibor qaratilgan bo‘lsa, hozirgi sharoitda pul nazariyalari bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga ularning ta’sirini o‘rganishga o‘tmoqda.
Pul nazariyalari jamiyat rivojlanishining iqtisodiy va siyosiy shartlari bilan belgilanadi, ammo bu nazariyalarning barchasi iqtisodiy siyosat sohasidagi amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan.
Pul nazariyalarda uchta nazariyani ajratish kerak:
- metallik;
- nominallik;
- miqdoriy ( keynschilik, monetarizm)
XVII - XVII-asrlarda kapitalning dastlabki jamg‘arilishi davrida ishlab chiqilgan pulning metallik nazariyasi vakillari pulni qimmatbaho metallar bilan ayni bir narsa deb qaraganlar. Nazariya vakillari: Angliyada - U.Steford, T. Man, D. D.Nors; Fransiyada - A.Monkreten ushbu nazariya vakillari hisoblanadi. Pulning metallik nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat bo‘lgan:
-boylikning manbai qimmatbaho metallar va tashqi savdo bo‘lib, uning aktiv saldosi (eksport va import o‘rtasidagi musbat farq) mamlakatga qimmatbaho metallarning kirib kelishini ta’minlaydi;
-muomaladagi metall pullarni qog‘oz pullarga almashtirish zarurati va maqsadga muvofiqligi rad etiladi.
1973 yilda oltin standarti bekor qilingach, ushbu nazariyani yanada rivojlantirish uchun amaliy asos qolmagan.
Dastlab quldorlik tizimi sharoitida vujudga kelgan nominal nazariya nihoyat shakllanib, XVII- XVIII asrlarda keng rivojlandi. Nazariyaning birinchi vakillari - ingliz iqtisodchilari J. Berkeley va J. Styuart. Nazariyaning asosiy qoidalari:
• pul davlat tomonidan yaratiladi;
• pulning qiymati nominalga qarab belgilanadi;
Nominallik nazariyasi pulning qiymat xususiyatini rad etadi va uni faqat almashinuvning texnik vositasi sifatida ko‘rib chiqadi. XIX -asr oxiri va XX-asr boshlarida ushbu nazariya pul iqtisodiy nazariyasida ustunlik qilgan.
1929-1933 yillardagi iqtisodiy inqiroz va keyinchalik oltin standartining bekor qilinishi pulning nominallik nazariyasi pozitsiyasini yanada kuchaytirdi. J.M. Keyns oltin pulni "vahshiylikning qoldig‘i", "aravaning beshinchi g‘ildiragi" deb e’lon qilib, qog‘oz pullarni ideal deb e’lon qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |