6.2-rasm. Doimiy, o‘zgaruvchi va umumiy (yalpi) xarajatlar
tejamkorlik omili shakllana boshlaydi va o‘zgaruvchan xarajatlarning o‘sishi ishlab chiqarishning o‘sishiga qaraganda sekinroq bo‘ladi. Ammo kelajakda unumdorlikning pasayishi qonuni kuchga kirgandan so‘ng, o‘zgaruvchan xarajatlar yana ishlab chiqarish o‘sishini quvib o‘tadi.
Shuni ta’kidlash kyerakki, xarajatlarni doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarga ajratish faqat firma faoliyatining qisqa muddatli davriga xos. Boshqacha qilib aytganda, xarajatlar turlari va ularning dinamikasini tahlil qilish asosida biz firma faoliyatining qisqa va uzoq muddatli davrlarini farqlashimiz mumkin. Qisqa muddatda doimiy xarajatlar o‘zgarmaydi va firma mahsulot hajmini faqat o‘zgaruvchan xarajatlar qiymatini o‘zgartiribgina o‘zgartirishi mumkin. Uzoq muddatda barcha xarajatlar o‘zgaruvchan bo‘ladi, firma o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarini o‘zgartirish uchun yetarli uzoq vaqt oralig‘iga ega bo‘ladi.
Yalpi (umumiy) xarajatlar (TS) - bu ishlab chiqarishning har bir aniq darajasida doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi. Grafikda (6.2-rasm) VC va FC yig‘indisi VC chizig‘ining OF qiymatga ordinata o‘qi bo‘ylab yuqoriga siljishini anglatadi.
Yalpi xarajatlarning notekis o‘zgarishi, ishlab chiqarish hajmi o‘sishi va mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlar yoki o‘rtacha xarajatlar o‘zgarishiga olib keladi. Bunda o‘rtacha xarajatlar yalpi xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo‘lganga teng bo‘ladi (AC = TC / Q). Bozor muvozanatini tushunish uchun ushbu turdagi AC xarajatlar alohida ahamiyatga ega, chunki tadbirkor ularni minimallashtirishga intiladi. O‘rtacha xarajatlar egri chizig‘i odatda U shaklida bo‘ladi ( 6.3 - rasm ).
6.3 - rasm. O‘rtacha xarajatlarning egri chiziqlari.
Avvaliga o‘rtacha xarajatlar juda yuqori. Buning sababi shundaki, katta miqdordagi doimiy xarajatlar kichik hajmdagi mahsulotlarga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish o‘sishi bilan doimiy xarajatlar tobora ko‘payib borayotgan mahsulot birligiga to‘g‘ri keladi va o‘rtacha xarajatlar tezda pasayib, M nuqtada minimal darajaga yetadi. Ishlab chiqarish hajmi o‘sishi bilan o‘rtacha xarajatlar qiymatiga doimiy emas, balki o‘zgaruvchan xarajatlar ta’sir etadi. Shuning uchun daromadlilikning kamayishi qonuni tufayli egri chiziq yuqoriga ko‘tarila boshlaydi.
Shuni ta’kidlash kyerakki, o‘rtacha xarajatlar egri chizig‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rtacha doimiy xarajatlar (AFC) va o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar (AVC) egri chiziqlariga bog‘liq. Doimiy xarajatlar qisqa muddatli davrda o‘zgarishsiz qoladi, shuning uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori ortishi bilan o‘rtacha doimiy xarajatlar qiymati kamayadi. O‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlarga kelsak, ular dastlab o‘rtacha doimiy xarajatlardan pastroq, ammo keyinchalik o‘rtacha yalpi xarajatlarga yaqinlashib o‘sishni boshlaydi. TC = FC + VC bo‘lgani uchun, bu tenglamaning ikkala tomonini Q ga bo‘lsak, quyidagilarga yerishamiz:
AC = AFC + AVC.
Boshqacha qilib aytganda, AC egri chizig‘ini AFC va AVC egri chiziqlarini qo‘shganda olish mumkin. O‘rtacha xarajatlar egri chizig‘i tadbirkor uchun katta ahamiyatga ega, chunki bu mahsulotning qaysi hajmida mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlar minimal bo‘lishini aniqlashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |