Raqobat bozor ishtrokchilari o‘rtasida yuz beradi. Iqtisodiyot ishtirokchilarining mulkdor bo‘lishi ularni alohidalashtiradi va manfaatlarini farqlantiradi. Mulk egasining o‘z manfaati mavjud, o‘z navbatida ushbu manfaat aniq iqtisodiy maqsadga aylanadi, ular shu manfaatga yerishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu maqsadga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Raqobat aynan manfaatlar to‘qnash kelgan holatda yuz beradi. Tabiiyki, bozor ishtirokchilari manfaatlari uyg‘unlashgan joyda ular o‘rtasida shyerikchilik munosabatlari vujudga keladi. Demak ishlab chiqaruvchilar, resurs egalari va iste’molchilarning tadbirkor, mulk va daromad egasi sifatida yerkin hamda mustaqil bo‘lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi.
Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha subektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Tovar ishlab chiqaruvchilar, resurs egalari, xaridorlar raqobat ishtirokchilaridir. Raqobatlashish maydoni – bozordir. Unda mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar), resurslarni yetkazib byeruvchilar, iste’molchilar manfaatlari to‘qnashadi.
Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni kam xarajatlar bilan samarali ishlab chiqarish va maksimum foyda keltiradigan narxda sotish, umuman tegishli bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular o‘zlariga zarur bo‘lgan resurslarni qulay sharoitlarda xarid etish uchun ham kurashadi. Mustaqil ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat pirovard natijada iste’molchilar uchun kurashdir.
Resurslarni yetkazib byeruvchilar o‘zlariga tegishli iqtisodiy
resurslarni yuqori narxlarda sotish maqsadida raqobat qiladilar. Masalan, xodim ishga yollanayotgan davrda yuqoriroq ish haqi olishga harakat qiladi.
Raqobatning mohiyati uning vazifalarida namoyon bo‘ladi. Raqobatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1) Raqobatning tartibga solish vazifasi taklifga ta’sir o‘tkazish orqali ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga muvofiqlashtirish bilan ishlab chiqarish tarkibi va hajmini mavjud ehtiyojlarga muofiqlashtirishga yerishiladi,natijada iqtisodiyotning xar xil darajalarida muovazanat holatiga yerishiladi;
2) Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi. Bu jarayon kapitalni torayuvchi tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga oqib o‘tishi natijasida ro‘y beradi;
3) Raqobatning xo‘jalik yurituvchi subyektlarni doimiy ravishda ishlab chiqarishlariga fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi ilg‘or texnika va texnologiyalarni tatbiq etishga undab turishida uning innovatsion vazifasi namoyon bo‘ladi;
4) Raqobatning moslashtirish vazifasi firmalarning ichki va tashqi muhit sharoitlariga muvofiq tarzda moslashishiga qaratilgan bo‘lib, ularning shunchaki bozorda o‘zlarining mavqelarini saqlash va o‘zlarining xo‘jalik yuritish faoliyatlarini kengaytirishga o‘tishini bildiradi.
5) Raqobatning mamlakatda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotni iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga ta’sir etishida uning taqsimlash vazifasi o‘z aksini topadi.;
6) Raqobatning nazorat qilish vazifasi bozor ishtirokchilari ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikda namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |