Talabning daromad bo‘yicha elastiklik koeffitsiyenti ijobiy bo‘lib, birdan katta bo‘lsa (0< EK >1 ), u holda mahsulot yoki xizmat zebu ziynat tovarlar deb ataladi
Talabning daromad bo‘yicha elastiklik koeffitsiyenti ijobiy bo‘lib, birdan katta bo‘lsa (0< EK >1 ), u holda mahsulot yoki xizmat zebu ziynat tovarlar deb ataladi. Bunday tovarlarga talabning daromad bo‘yicha elastikligi miqdori birdan kattaroqdir, chunki daromadning oshishi bilan zebu ziynat tovarlarining iste’moldagi ulushi oshadi, birinchi galda zarur tovarlarning ulushi esa kamayadi. Bundan tashqari, shuni ta’kidlash kerakki, bunday tovarlarga talab ma’lum miqdordagi daromadga erishilganda paydo bo‘ladi, eng muhim tovarlarga bo‘lgan talab esa daromadning eng past darajasida ham ijobiy bo‘ladi. Buning sababi shundaki, odamlar avvalo o‘zlarining yashashlari bilan bog‘liq bo‘lgan birinchi galda zarur asosiy ehtiyojlarini qondirishga intilishadi va shundan keyingina zebu ziynat buyumlari haqida o‘ylashni boshlaydilar. Zebu ziynat tovarlarga talabning daromad bo‘yicha elastligi yuqori bo‘ladi. Talabning daromad bo‘yicha elastikligi quyidagi omillarga bog‘liq:
- mahsulot yoki xizmatning oilaviy byudjet uchun ahamiyati, qanchalik mahsulotga oila ehtiyojlari yuqori bo‘lsa, shunchalik uning elastikligi past bo‘ladi;
- daromadlari har xil bo‘lgan iste’molchilar uchun bir xil tovar va xizmatlar zebu ziynat tovarlar yoki zarur mollarga aylanishi mumkin bo‘lgan mahsulot yoki xizmatga ehtiyoj;
K. R. Makkonnell va S. L. Bryu fikriga ko‘ra daromad bo‘yicha yuqori ijobiy elastligiga ega bo‘lgan tarmoqlar iqtisodiyot tarkibidagi ulushidan ko‘ra ko‘proq iqtisodiyotga o‘z hissalarini qo‘shadilar. Daromad bo‘yicha talab elastiklik darajasi kichik, ijobiy yoki salbiy elastiklikga ega bo‘lgan tarmoqlar esa qiyinchiliklarga duch kelishi va ishlab chiqarishni kamaytirishi mumkin.8 Talabning daromadlar bo‘yicha elastiklik koeffitsiyentlari kelajakdagi soliq solishdan olinadigan soliq tushumini baholash vositasidir. Soliq (yoki aksiz solig‘i) o‘sishining tovarlarga yoki xizmatlarga ta’sirini baholashda, soliq solinadigan bazaning o‘zgartirilishida ushbu tovarlarga yoki xizmatlarga bo‘lgan talabning egiluvchanligi qiymati hisobga olinadi. 9Chorrahaviy elastiklik- bu boshqa mahsulot narxining o‘zgarishiga javoban sotib olingan mahsulot miqdoridagi foizli o‘zgarish ko‘rsatkichi. Talabning narx bo‘yicha chorrahaviy elastikligi ( EDXY) X tovar narxi 1% ga o‘zgarganda Y tovarga bo‘lgan talabning necha foizga o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Talabning narx bo‘yicha chorrahaviy elastikligi quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi:
EDXY = Y tovarga talabning o‘zgarishi (%) / X tovar narxining o‘zgarishi (%)
. Bu yerda: D- talab; Q-sotib olingan tovarlar miqdori; P-tovarlarning narxi.