Bandlik muammosi barcha iqtisodiy maktablar tomonidan ko‘rib chiqilgan. Ular tomonidan bandlik va ishsizlik masalalariga turli ilmiy-nazariy yondashuvlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning har biri jahon iqtisodiyotidagi iqtisodiy taraqqiyot davrlarining muayyan bir bosqichiga to‘g‘ri keladi. Ushbu nazariyalardan biri bandlikning klassik nazariyasidir. Unda aholining to‘liq bandligiga bozorda raqobat mavjudligining zaruriy sharti sifatida qaraladi, bu esa yalpi talabning yalpi taklifga mos kelishiga asoslanadi. Klassik maktab namoyondalari bozorga o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tizim sifatida qaraganlar, ya’ni o‘z-o‘zini tartibga soluvchi mexanizm deb hisoblaganlar. Shu bois iqtisodiyotda majburiy ishsizlik mavjud emas, deb hisoblaganlar. bandlik nazariyasining yangi konsepsiyasini J.M.Keyns o‘zining 1936 yilda nashr etgan “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” asarida e’lon qildi. Unda bandlik nazariyasiga yangi konseptual yondashuv ishlab chiqilgan. Uning fikricha, erkin raqobat bozorni o‘zini o‘zi tartibga soluvchi emas. Bozor mexanizmining o‘zi muvozanatni, to‘liq bandlikni ta’minlamaydi. U yangi sharoitda klassik nazariyani butunlay rad etadi va iqtisodiyotning muvozanatliligiga davlatning tartibga soluvchi roli orqali erishilishini asoslab beradi. Keynsning umumiy bandlik nazariyasi quyidagilarga asoslanadi: ish bilan bandlik darajasining oshishi tufayli milliy daromad va, demak, iste’mol oshadi, ammo iste’mol daromadga nisbatan sekinroq oshadi, chunki daromad ortishi bilan «jamg‘arishga intilish» kuchayadi. J.M. Keynsning ta’kidlashicha, bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining to‘liq bandligi vujudga kelishi mutlaq tasodif emas, shu sababli kapitalistik iqtisodiyot o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tizim bo‘lishi mumkin emas, ushbu soha davlat tomonidan doimiy tartibga solishni talab qiladi. Shu bilan birga, u ishsizlik va inflyatsiyaning aholining mablag‘lari va tadbirkorlarning investitsiyalarini rag‘batlantirish orqali bozor iqtisodiyotining davlat aralashuvi bilan puchga chiqadigan tabiiy xususiyati sifatida ko‘rdi. Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasida bandlik masalasida yangi klassik maktab yo‘nalishi namoyondalari tarafdorlari oshib bormoqda. Ularning fikricha, ishsizlikning tabiiy darajasi mavjud bo‘lishi shart, undan qutilish mumkin emas
Do'stlaringiz bilan baham: |