1. iqtisodiyotga kirish


-rasm. Laffer egri chizig‘i



Download 20,98 Mb.
bet197/239
Sana19.05.2022
Hajmi20,98 Mb.
#604610
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   239
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

18.1-rasm. Laffer egri chizig‘i
Soliq tushumlari optimal soliq stavkasida boshida oshib boradi, keyin esa kamayadi. Soliqlar yanada oshirilganda tadbirkorlarning ishlashga qiziqishi susayadi, 100 foizli soliq olishda davlat daromadi nolga teng bo‘ladi, chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. Boshqacha aytganda, uzoq muddatli istiqbolda haddan tashqari yuqori belgilangan soliqlarni pasaytirish jamg‘armalar, investitsiyalar, bandlikning ortishi orqali soliq undiriladigan yalpi daromad hajmining o‘sishini ta’minlaydi.
Natijada soliq tushumlari summasi ko‘payadi, davlat daromadlari hajmi o‘sadi, taqchillik kamayadi va inflyatsiyaning pasayishi ro‘y beradi. Lekin o‘z-o‘zidan tushunarliki, Laffer samarasi faqat erkin bozor mexanizmi me’yorida amal qilgan holdagina namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, soliq tizimi mamlakatning iqtisodiy ahvoli, ma’lum konkret davrida oldiga qo‘ygan maqsadidan kelib chiqadi. Bu esa soliq siyosatini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish orqali amalga oshiriladi. Soliq siyosati deganda davlatning soliq siyosatidagi chora tadbirlari tushuniladi. Ushbu masalani tushunish uchun davlatning fiskal siyosatini o‘rganish kerak.
18.5. Davlatning fiskal ( moliya – byudjet ) siyosati
Fiskal siyosati - bu davlat byudjeti xarajatlari yoki daromadlari miqdorini o‘zgartirish orqali iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatish vositasida uni tartibga solish bo‘yicha davlat siyosati.
Qisqa muddatda biznes sikllaridagi tebranishlarni kamaytirish va iqtisodiy tizimning barqarorligini ta’minlash maqsadida iqtisodiyotga davlat aralashuvi zarur. Soliq, transfertlar va davlat tomonidan tovarlar va xizmatlarni sotib olish soliq-byudjet siyosatining asosiy vositalari hisoblanadi.
Davlatning soliq-byudjet siyosatini olib borishning asosiy maqsadlaridan biri bu yalpi talab darajasiga mos ravishda yalpi ichki mahsulot hajmini moslashtirish. Bundan so‘ng davlat makroiqtisodiy muvozanatni saqlashi kerak, bunga esa iqtisodiyotdagi barcha resurslardan samarali foydalanilgandagina erishish mumkin. Natijada, davlat byudjeti parametrlarini to‘g‘rilash bilan birga, narxlarning umumiy darajasi ham barqarorlashadi.
Soliq stavkasini o‘zgartirish davlatning fiskal siyosatining asosiy dastagi hisoblanadi. Jahon tajribasida soliqlar va davlat xarajatlari yordamida iqtisodiyotni rivojlantirishning samarali usullari mavjud.
Fiskal siyosat diskretsion va avtomatik siyosatdan tashkil topadi. Diskretsion fiskal siyosati deganda, milliy ishlab chiqarish hajmiga, bandlikka, inflyatsiyaga ta’sir etish maqsadida, ongli ravishda davlat tomonidan soliq solish va davlat xarajatlarini tartibga solish tushuniladi.
Unga muvofiq tanazzul sharoitida davlat sarflari oshiriladi, soliq stavkalari pasaytiriladi, davlat sarflarining oshishi soliqlarning pasayishi bilan qo‘shib olib boriladi. Bunday siyosat esa kamomadli moliyalashtirishga, ishlab chiqarishning kamayishiga olib keladi.
Ortiqcha talab natijasida yuzaga kelgan inflyatsiya sharoitida diskretsion siyosat sarflarini kamaytirish, soliqlar miqdorini oshirishni davlat sarflarini kamaytirish bilan qo‘shib olib borish nazarda tutadi. Bu esa davlat byudjetining ijobiy saldoga ega bo‘lishiga olib keladi. Shunga etibor bermoq zarurki, yuqorida biz fiskal siyosatini sxematik tarzda keltirdik va u sizga o‘ta sodda bo‘lib ko‘ringan bo‘lishi mumkin, ammo real hayotda iqtisodiyotga turli omillar ta’sir etadi, shuning uchun optimal fiskal siyosatini ishlab chiqishi juda qiyindir.
Umumiy fiskal siyosatining ikkinchi tartkibiy qismi mavjud - bu avtomatik fiskal siyosat. Avtomatik deganda iqtisodiy ahvolning o‘zgarishiga tezda javob qaytaradigan mexanzim tushuniladi. Bunda davlat hech qanday choralar ko‘rmaydi. Unga birinchidan, soliq tushumlarining o‘zgarishi kiradi. Soliqlar miqdori esa daromadlar miqdoriga bog‘liq. Shuning uchun YaMMning o‘sishi sharoitida, ya’ni iqtisodiyotning yuksalishi sharoitida soliq tushumlari avtomatik tarzda oshib boradi, bu esa aholining xarid qobilyatini pasaytiradi va iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi.
Demak, progressiv soliq tizimi inflyatsiyaning o‘sish sharoitida potensial sotib olish qobilyatini pasaytiradi va aksincha, iqtisodiy o‘sish sur’atlari pasaygan sharoitda xarid qobiliyiatining minimal bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa iqtisodiy barqarorlik nuqtayi nazaridan zarur hisoblanadi. Undan tashqari, ushbu siyosat iqtisodiy o‘sish va soliq tushumining ko‘payishi sharoitida davlat byudjeti kamomadining qisqarishiga, hatto ijobiy saldoga olib kelishi mumkin, bu esa inflyatsiya jarayonlarining kamayishiga yordam beradi. Iqtisodiy tanazzul sharoitida soliq tushumlarining avtomatik tarzda kamayishi byudjet kamomdini chaqiradi, bu esa tanazzuldan o‘tib olishga ijobiy ta’sir etishi mumkun.

Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish