9.1.-jadval Diffyerensial renta I ning hosil bo‘lishi (shartli ravishda so‘m)
Yer uchast-kasi
Ishlab chiqarish xarajat-lari
O‘rtacha foyda
Normasi
%
Yalpi mahsu-lot (tonna)
Mahsu-lotning indivi-dual qiymati
Ijti-moiy qiymat – bozor narxi
Yalpi sotil-gan mahsu-lot
Dif-fyeren-sial renta I
A
7000
20
20
500
500
10000
-
B
7000
20
25
400
500
12500
2500
V
7000
20
30
300
500
15000
5000
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati yomon uchastkada yetishtirilgan mahsulot narxida ya’ni 500 so‘mdan sotiladi. Natijada yomon (A) yer uchastkasi o‘zining
yakka ishlab chiqarish harajatlarini qoplash va foyda olish imkoniga ega bo‘ladi. O‘rtacha (B) va yaxshi (V) yer uchastkalarida esa yomon yer uchastkasi (A)ga nisbatan mos holda 2500 va 5000 so‘m miqdorda qo‘shimcha daromad olinadi.
Diffyerensial renta II ekiladigan yer uchastkalariga qo‘shimcha mablag‘ va mehnat sarflash natijasida uning unumdorligini oshirish hisobiga vujudga keladi.
Misolimizda yerga qo‘shimcha 5 ming so‘m xarajat sarf qilish natijasida qo‘shimcha 20 tonna mahsulot olinsa, u holda birinchi yilga nisbatan qo‘shimcha olingan 10 ming so‘m daromad diffyerensial renta II ni tashkil etadi.
Absolyut renta yollanma ishchilar tomonidan yaratiladigan qo‘shimcha mahsulotning bir qismi bo‘lib yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi mavjudligi sababli yer egasi tomonidan o‘zlashtirib olinadi. Absolyut renta
9.2.-jadval Diffyerensial renta II ning hosil bo‘lishi
Ishlab chiqarish davri
Ishlab chiqarish xarajat-lari
(so‘m)
Yalpi mahsulot (tonna)
1 tonna mahsu-lotning individual qiymati
(so‘m)
1 tonna mahsu-lotning ijtimoiy qiymati
(so‘m)
Sotilgan mahsulot summasi, so‘m
Qo‘shimcha mahsulot, ya’ni dif-fyerensial renta II, so‘m
Birinchi yil
10000
20
500
500
10000
-
Ikkinchi yil
15000
40
375
500
20000
10000
qishloq xo‘jalik tovarlarining bozor narxi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish narxi o‘rtasidagi farqqa teng. Diffyerensial renta va absolyut rentadan tashqari qishloq xo‘jaligida monopol renta ham mavjud bo‘ladi. Monopol renta bu rentaning o‘ziga xos shakli bo‘lib yerda yetishtirilgan mahsulotning qiymatidan yuqori bo‘lgan monopol narxda mahsulotni sotish evaziga hosil bo‘ladi. Noyob qishloq xo‘jalik mahsulotlari (sitrus ekinlari,choy) monopol narxlarda sotiladi. Bu narxlarning yuqori bo‘lishi ko‘pincha to‘lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi.
Iqtisodiyot nazariyasida neoklassik yo‘nalishga mansub iqtisodchi olimlar rentaning mohiyatini tushuntirishda me’yoriy xarajatlar konsepsiyasiga asoslanadilar. Biz P.Samuelson keltirgan misolni ko‘rib chiqamiz.
U rentaning vujudga kelishini yer egasi fyermyer bo‘lganida va yerda ijarachi faoliyat yuritgan holatlarni alohida ko‘rib chiqqan. Xususan, 9.8-rasmda fyermyer yer egasi bo‘lgan holat ko‘rib chiqilgan. Grafikda shuni ko‘rish mumkin fyermyer ( yer egasi) L nuqtagacha ishchilarni o‘z yerida ishlatish uchun yollaydi, ya’ni oxirgi yollangan ishchining yaratgan me’yoriy (qo‘shimcha) mahsulot qiymati, ularga to‘lanadigan ish haqi miqdori bilan tenglashguncha. Barcha ishchilarning ish haqi miqdori OWEL yuza bilan aniqlanadi.