9.5.- rasm. Kapitalga talab.
(MR) hajmini ko‘rsatadi. Grafikdan shuni ko‘rish mumkinki, investitsiyaviy mablag‘lar oshgan sari (I1dan I2 ga) kapitalning me’yoriy ( qo‘shimcha) mahsuloti kamaymoqda (MR1dan MR2 ga). Bu jarayon daromadlilikning kamayib borish qonuni ta’sirida ro‘y beradi. Boshqa sharoitlar o‘zgarmas bo‘lganda kapitalning sof unumdorligi yoki foizning tabiiy normasi yoki kapitalga olingan daromad darajasi ( bu tushunchalar sinonim tushunchalar) investitsion mablag‘lar oshgan sari pasayish tendensiyasiga egadir. Kapitalni bir tarmoqdan boshqa tarmoqlarga doimo oqib o‘tishi natijasida foizning «tabiiy» darajasi barobarlashib boradi.
Kapitalni uy xo‘jaligi (aholi) taklif etadi. Uy xo‘jaliklari investitsiyaviy mablag‘larni, ya’ni pul summalarini biznesga taklif etadi. Tadbirkorlar esa unga ishlab chiqarish fondlarini sotib oladilar. Kapital taklifini ijobiy qiyalikga ega egri chiziq sifatida ifodalash mumkin. Nima uchun kapital taklifi egri chizig‘i (Sc) ijobiy qiyalikka ega? Kapital taklif etayotgan subyektlar (aholi) uni muqobil ishlatish variantlaridan voz kechadilar. Ya’ni ular kapitallarini o‘zlari ishlatish imkoniyatlaridan (o‘z bizneslarini ochish, yer sotib olish va x.k) voz kechadilar. Grafik abssissasi investitsiyaviy mablag‘lar (I) hajmini, ordinata esa kapitalning me’yoriy (qo‘shimcha) muqobil qiymatini yoki qo‘ldan boy byerilgan me’yoriy xarajatlarni ( MOS) ko‘rsatadi.
9.6. - rasm. Kapital taklifi
Demak qanchalik kapital ko‘p ssudaga taklif qilinsa, uning qo‘shimcha muqobil qiymati yoki qo‘ldan boy byerilgan imkoniyatlar qiymati shunchalik katta bo‘ladi. Jumladan, qo‘ldan boy byerilgan imkoniyatlar qo‘shimcha harajatlari I1 da MOS1 miqdoriga teng, I2 da MOS2 ga teng bo‘lmoqda (9.6- rasm).
Endi biz kapital talab va taklif egri chiziqlarni birlashtiramiz (9.7.- rasm). Grafik abssessi investitsiyaviy mablag‘lar (ssuda kapitali) I hajmini, ordinata esa foiz darajasini ko‘rsatadi.
9.7- rasm. Kapital bozorida muvozanat
Grafikdan foydalanib biz foizning o‘ziga xos muvozanatli narx ekanligini tushunishimiz mumkin. Sc va Ds egri chiziqlar kesishgan E nuqtada kapital bozorida muvozanat Sc= Ds holati kuzatilmoqda. E nuqtada kapitalning me’yoriy daromadi qo‘ldan boy byerilgan imkoniyot me’yoriy xarajatlar mos keladi, ssuda kapitaliga talab uning taklifiga mos kelmoqda. Foiz tushunchasining mohiyatini ochib byerishda vaqt omili albatta inobatga olinishi kyerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |