1. iqtisodiyotga kirish


O‘zbekiston Qozog‘iston



Download 20,98 Mb.
bet227/239
Sana19.05.2022
Hajmi20,98 Mb.
#604610
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   239
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

O‘zbekiston

Qozog‘iston

Ixtsoslashuvga qadar ishlab chiqarish xajmi



Paxta 36 t
Go‘sht 22t

Paxta18t
Go‘sht 45t

Ixtsoslashuvdan keyingi ishlab chiqarish xajmi

Paxta 60 t
Go‘sht 0 t

Paxta0 t
Go‘sht 80t

Eksport (-), import (+)

Paxta -20 t
Go‘sht +30 t

Paxta+20 t
Go‘sht -30t

Savdodan so‘ng mahsulot xajmi

Paxta 40 t
Go‘sht 30 t

Paxta+20 t
Go‘sht -30t

Ixtisoslashuvdan so‘ng
ko‘rilgan naf

Paxta+4t
Go‘sht +2 t

Paxta+2t
Go‘sht +5t

Mavjud tashqi savdo sharoitida O‘zbekiston paxta yetishtirishdan foyda ko‘radi: 1:1, 2:1 nisbatan kamroq. Savdo tufayli O‘zbekiston go‘shtni o‘zida ishlab chiqarganiga ko‘proq olishi mumkin. Ushbu vaziyat O‘zbekistonni resurslarni go‘sht yetishtirishdan paxta yetishtirishga o‘tqazishni, qo‘shimcha yetishtirilgan paxtani go‘shtga ayirboshlashni taqozo etadi. Go‘sht ishlab chiqarishning qisqarishi natijasida yo‘qotilgan har bir tonna uchun O‘zbekiston xalqaro savdo orqali 2 tonnagacha go‘sht sotib olishi mumkin. Uning savdodan ko‘radigan nafi go‘shtni o‘zida ishlab chiqarganga nisbatan arzon narxlarda chetdan sotib olish imkoniyati bilan bog‘liq. Ushbu almashinuv o‘zaro manfaatli bo‘lishi kerak. O‘zbekiston uchun har bir tonna paxta uchun bir tonnadan ko‘p go‘sht olgani ma’qul bo‘lsa, Qozog‘iston uchun har bir tonna paxta uchun 2 tonnadan kam go‘sht berish ma’quldir. Aytaylik, mamlakatlar 1t paxta = 1,5 t. go‘sht shoroitida kelishadilar.


Qiyosiy afzalliklar tamoyilidan foydalanishga asoslangan ixtisoslashuv dunyoda resurslarning yanada samarali taqsimlanishiga hamda go‘sht va paxta yetishtirishning o‘sishiga yordam beradi va shuning uchun ham O‘zbekiston, ham Qozog‘iston uchun foydalidir. O‘zbekiston faqat 60 tonna paxta yetishtirib, uning 20 tonnasini go‘shga almashib, endi u 40 t paxta va 30 t (1,5 * 20) go‘shga ega bo‘lmoqda, Qozog‘iston esa 80 t hajmda go‘sht ishlab chiqaradi va uni 30 t eksport qilib, 20 t (30:1.5) paxta va 50 t go‘shga ega bo‘lmoqda.
Endi xalqaro mehnat taqsimoti tufayli dunyo hamjamiyati 80 tonna go‘sht (ixtsoslashuvga qadar -73t) va 60t. paxta (ixtsoslashuvga qadar 54t) olmoqda.
Ammo ixtisoslashuvdan ko‘riladigan naf cheksmz emas, muqobil xarajatlarning oshib borish qonuniga ko‘ra, har ikki davlat ko‘proq va ko‘proq muqobil mahsulotlarni qurbon qilishga majbur bo‘ladigan yoki ishlab chiqarishga kamroq mos keladigan resurslar jalb qilinadigan vaqt keladi.
Agar O‘zbekistonda oz miqdordagi go‘sht ishlab chiqarilsa, bu mahalliy mahsulotni import qilingan mahsulotlar bilan raqobatlashishiga, Qozog‘istonda esa paxta yetishtirishga imkon beradi.
SHunday qilib, xalqaro savdo tovarlarni iste’mol qilishda qo‘shimcha kombinatsiyalarni ta’minlaydi. Ammo real hayotda tashqi savdoda barter emas, balki pul yordamida bitimlar tuziladi. Iste’molchilar xorijiy tovarlarni ichki narxlardan arzonroq bo‘lgan taqdirda sotib olishadi. Bu esa valyuta kurslariga bog‘liq. Aks holda, savdo faqat bitta yo‘nalishda ketishi mumkin. Talab va taklif qonunlari jahon bozorida ham qo‘llaniladi va almashinuv nisbati u yoki boshqa yo‘nalishda o‘zgarishi mumkin. Agar Qozog‘istonda qurg‘oqchilik bo‘lsa va don ishlab chiqaruvchilar kutilganidan ozroq hosil olishsa, uni yetkazib berishning pasayishi narxni sezilarli darajada oshirishi mumkin. Yoki O‘zbekistonda paxta hosildorligi yuqori bo‘lsa, uni yetkazib berish hajmi oshadi va shu bilan narx pasayadi. Zamonaviy sharoitda iqtisodiy voqelik faktlari D. Rikardoning nisbiy ustunlik ( qiyosiy xarajatlar) nazariyasi doirasiga kirmaydi. Shu munosabat bilan yangi talqinlar paydo bo‘ldi.
Hozirgi zamon g‘arb iqtisodchilari D.Rikardo tomonidan asoslab berilgan tashqi savdo nazariyasini rivojlantirish va takomillashtirishga harakat qildilar. Tashqi savdo nazariyasini rivojlantirshda shved iqtisodchilari Eli Xeksher va Bertil Olinlar muhim o‘rin egalliaydilar. Xeksher-Olinlarni tashqi savdo nazariyasini ishlab chiqarish omillarining nisbati nazariyasi deb atashadi. Unga binoan mamlakat qaysi resurslardan samarali foydalansa, shu resurslarning ulushi ko‘p bo‘lgan tovarlarni eksport qilishi, qaysi ishlab chiqarish omili taqchil bo‘lsa, shu omil asosiy o‘rin tutgan tovarlarni xarid qilishi maqsadga muvofiq.
Undan keyingi davrda tashqi savdo nazariyasi "Xeksher-Olin" tadqiqoti asosida tahlil etilayotgan ishlab chiqarish omillarini ko‘paytirish yo‘lidan borgan. Xususan, M.Pozner "texnologik uzilish" konsepsiyasi, R.Vernoning "mahsulotning hayotilik sikli" nazariyasi.
Shunday qilib, tahlil etilgan nazariya, konsepsiya va modellarning tahlilidan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
-xalqaro savdo nazariyasi namoyondalarining goyalari tashqi iqtisodiy siyosatining nazariy asosini tashkil etadi;
- xalqaro savdo nazariyasida mavjud qarashlar tizimining umurtqasini "absolyut" va "nisbiy" ustunlik nazariyasi tashkil etadi. Undan keyingi davrdagi qarashlar ushbu nazariyani boyitib borgan. Ular rivojlangan mamlakatlar va resurslar bilan bir xilda resurslarga ega mamlakatlar o‘rtasidagi tashqi savdo munosabatlarning yangi sifat bosqichini tahlil etish va tushuntirishga qaratilgan.
-tashqi savdo iqtisodiy naf va milliy ishlab chiqarishning o‘sishini nisbiy ustunlikka ega tarmoqlarni ixtisoslashtirish asosida mavjud resurslardan samarali foydalanish va ishlab chiqarish ko‘lamlarida iqtisod qilish asosida ta’minlaydi.

Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish