1. iqtisodiyotga kirish


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 20,98 Mb.
bet217/239
Sana19.05.2022
Hajmi20,98 Mb.
#604610
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   239
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Aholi daromadlari tushunchasini va uning shakllanish manbalarini
bayon qiling.
2. Aholi daromadlari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni sanab ko‘rsating.
3. Turmush darajasi va uning tushunchasiga izoh bering. Turmush darajasini qanday ko‘rsatkichlar tavsiflab beradi?
4. Daromadlar tengsizligining asosiy sabablarini tushuntirib bering.
5. Lorens egri chizig‘i nimani anglatadi? Uning mazmunini misollar yordamida bayon qiling.
6. Jini df ditsel koeffitsiyentlari qanday aniqlanadi?
7. Qambag‘allikning mohiyati va uni o‘lchash usullarini bayon qiling
8. O‘zbekistonda kambag‘allik va uni kamaytirish yo‘llari borasida qanday natijalar qo‘lga kiritilmoqda?
21. JAHON XO‘JALIGI VA UNING EVOLYUTSIYASI.
21.1. Jahon xo‘jaligining tashkil topishi, rivojlanish bosqichlari va asosiy belgilari. Xalqaro mehnat taqsimoti
Jahon xo‘jaligi (JX) - xalqaro mehnat taqsimoti asosida iqtisodiy munosabatlar bilan o‘zaro bog‘langan milliy xo‘jaliklar tizimidir.
JX uzoq tarixiy rivojlanishning natijasi hisoblanadi. Jahon xo‘jaligining rivojlanish jarayoni xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish evolyutsiyasi bilan bog‘liq. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar jahon xo‘jaligining shakllanishi jarayonida alohida o‘rin tutadi. Jahon xo‘jaligi yaxlit tizim sifatida XIX va XX asrlar chegarasida shakllangan.
Zamonaviy jahon xo‘jaligining evolyutsiyasi jarayoni bir qancha bosqichlarni bosib o‘tgan:
1. XIX asrning oxiridan birinchi jahon urushigacha bo‘lgan davr, bu jahon xo‘jaligining ochiqligini oshirish bosqichidir. Jahon savdosida xomashyo yo‘nalishi ustunlik qildi. Biroq, eksportning ulushi doimiy ravishda o‘sib bordi;
2. Birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davr. Bu bosqich jahon xo‘jaligining rivojlanishiga hamroh bo‘lgan beqarorlik va inqirozlar bilan ajralib turadi. Milliy iqtisodiyotlarning avtarkiyasi va proteksionizm, shuningdek, eksport rolining pasayishi tendensiyasi kuchaydi;
3. XX - asrning 1950-1970 yillari. Bu bosqi integratsiya guruhlarining (EI) paydo bo‘lishi, transmilliylashtirish jarayoni, texnologiyalar, tadbirkorlik mahorati va kapitalning faol ravishda ko‘chishi, ssuda kapitalining jahon bozorida tiklanishi bilan tavsiflanadi. Sotsialistik va rivojlanayotgan davlatlar jahon iqtisodiyotida alohida o‘ringa da’vorgarlik qila boshladilar.
4. XX - asrning 1980-1990-yillari. Rivojlangan davlatlar postindustrial davriga kirdilar, ko‘plab rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiy qoloqlikni (Xitoy ) yengib o‘tdilar va sobiq sotsialistik davlatlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishni boshladilar.
5) XX - asr oxiri va XXI-asrning boshlari - jahon xo‘jaligi shakllanishidagi hozirgi bosqich. Bu geografik makonning rivojlanish darajasi, xalqaro ishlab chiqarish kuchlarining shakllanishi, iqtisodiy o‘zaro ta’sir va o‘zaro bog‘liqlikning oshishi bilan ajralib turadi. Jahon iqtisodiyotining rivojlanishning yangi bosqichiga chiqishi mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy sohadagi hamkorlikning faollashuvi bilan birga keladi.
Jahon xo‘jaligi tizimini uning qatnashchilari, ya’ni subyektlaridan iborat mexanizm ko‘rinishida ifodalash mumkin. Ushbu subyektlarning asosiylari: 200 dan ortiq davlatlar milliy iqtisodiyotlari, transmilliy korporatsiyalar (TMK), integratsiyaviy birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar.
YAgona jahon bozorining mavjudligi jahon xo‘jaligini milliy xo‘jalikdan farqlantiradigan belgisi hisoblanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi jahon bozorining o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Jahon bozorida narx ne’matlarning asosiy hajmini yetkazib beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. Mamlakatlar o‘rtasida mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib boriladi.
YaIMni mutlaq va nisbiy o‘sishi, milliy daromad va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi miqdori, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi, mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi, aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib zamonaviy jahon xo‘jaligining rivojlanish tamoyillari va qonuniyatlari quyidagilardan iborat:
- dunyo mamlakatlari xo‘jalik hayoti baynalminallashish jarayonining chuqurlashuvi;
- tashqi iqtisodiy aloqalarning erkinlashuvi;
- hududiy iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi;
- ishlab chiqarish va kapitalning transmilliylashishi;
- jahon xo‘jalik aloqalarni davlatlararo tartibga solish tizimining barpo etilishi va iqtisodiy aloqalarning bir xillashuvi;
- jahon xo‘jaligining globallashuvi.
Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi- bu mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarning kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olish jarayonidir.
Hozirda jahon xo‘jaligining rivojlanishidagi asosiy tendensiya mamlakat ishlab chiqarish kuchlarining baynalminallashuvining kuchayishi hamda xalqaro iqtisodiy munosabatlarning har xil tizimlarining barpo bo‘lishi bilan tasniflanadi. Bu, ayniqsa, mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro tashqi iqtisodiy munosabatlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Tarixan olib qaraganda qadimda ushbu aloqalar aholini tovarlar bilan ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi savdo ko‘rinishida amalga oshib kelgan. Tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi natijasida ular tashqi savdo doirasidan o‘sib chiqib, barcha mamlakatlarga ta’sir etuvchi murakkab iqtisodiy tizimga aylandi.
Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o‘n yilliklarda yangi texnologik asoslarga o‘tish jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi bilan birga ro‘y berdi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarining baynalminallashuvi o‘zining har ikkala shaklida: integratsion (milliy xo‘jaliklarning yaqinlashuvi, o‘zaro moslashuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi.
Barcha iqtisodiy jarayonlarning baynalminallashuvi natijasida jahon xo‘jaligining quyidagi tarkibi vujudga keldi:
1) tovar va xizmatlar jahon bozori;
2) kapitallar jahon bozori;
3) ishchi kuchi jahon bozori;
4) xalqaro valyuta tizimi;
5) xalqaro kredit-moliya tizimi.
Shuningdek, fan va texnika, innovatsiya va axborot sohalarida xalqaro almashuv rivojlanib bormoqda.
Jahon xo‘jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi. Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT)- mehnat taqsimoti alohida mamlakatlar doirasidan chiqishi bilan bog‘liq, ijtimoiy taqsimotining yuqori pog‘onasi. XMT alohida mamlakatlarning ma’lum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvidir. XMT jahon bozori va davlatlararo iqtisodiy munosabatlar shakllarini asosida yotadi, milliy xo‘jaliklarni birlashishining, mehnat unumdorligini oshishining omili hisoblanadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti xalqaro savdoni kengaytirish va jahon bozori rivojlanishining obyektiv asosidir.
Dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi farqlarga asoslangan. Sanoat to‘ntarishidan keyin, ya’ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy xo‘jaliklar doirasidan tashqariga o‘sib chiqa boshlagach, ularning negizida barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o‘z ichida oluvchi umumjahon xo‘jaligi doirasida rivojlanmoqda.
Xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanish darajasi jahon xo‘jaligiga kiruvchi alohida mamlakatlarni ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va ularning tashqi faolligiga bog‘liqdir.
Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi jarayoni ham muhim o‘rin tutadi. Bir tarafdan bu har ikkala tushuncha o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular jahon xo‘jaligi subyektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo‘lidagi xatti-harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi. Biroq, ikkinchi tarafdan esa bu tushunchalar bir-biridan farq qilib, ular bir xilda bo‘lmagan xo‘jalik birlashmalari miqyoslarini ifodalaydilar. Baynalminallashuv – bu jahon xo‘jaligining bir necha subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning o‘rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichidir.
Globallashuv (lotincha globus – yer kurrasi) jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. Globallashuv ijtimoiy hayotning barcha sohalarini (iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy) keskin baynalminallashishi bilan tavsiflanadigan jahon taraqqiyotining yangi bosqichidir.
Globallashuv jarayonining quyidagi yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
- mulkchilik munosabatlarining globallashuvi;
- kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o‘tish;
- xo‘jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi;
- xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi rolining kuchayishi.
Globallashuv – murakkab va ziddiyatli jarayondir. Bir tarafdan u ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantiradi, ikkinchi tarafdan esa mavjud ziddiyatlarni kuchaytiradi va yangilarni vujudga keltiradi. Globallashuv jarayoni transmilliy banklar (TMB), xalqaro valyuta fondi (XVF), jahon banki (JB), jahon savdo tashkilotida (JST) kuchli mavqega ega bo‘lgan, o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda ilg‘or industrial mamlakatlar tomonidan olib borilmoqda. Rivojlangan mamlakatlar hissasiga jahon aholisining 20% va dunyoda yaratilgan YaMM ning 80% to‘g‘ri keladi, rivojlanayotgan mamlakatlarning ulushi esa mos holda 80 va 20 foizni tashkil etadi.
Globallashuv milliy iqtisodiyot tizimining ochiqlilik darajasini, axborotlar, mehnat resurslari, kapital, tovar va xizmatlar, madaniy va ma’naviy boyliklar bilan o‘zaro almashinuvni jadallashtirdi, biroq shuning qatorida mavjud muammolarni kuchaytirib, yangilarini vujudga keltirmoqda: jumladan, rivojlanishning notekisligi va ziddiyatlarning kuchayishi, milliy davlatlar, moliya, savdo va axborot ustidan nazoratlarning cheklanishi, ijtimoiy adolatni ta’minlay ololmaslik, katta miqdorda aholining migratsiyasi. Lekin shunga qaramasdan globallashuv obyektiv jarayondir.

Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish