15-mavzu jahon xo’jaligi xalqaro savdo va xalqazro valyuta-kredit munosabatlari
57 Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari hamda ishlab chiqarishning baynalminallashuvi
жаҳон хўжалиги–бу халқаро меҳнат тақсимоти, савдо, ишлаб чиқариш, молиявий, илмий-техникавий ва бошқа иқтисодий алоқалари кучайган турли мамлакатлар хўжаликлари умумий тизимидир.
Жаҳон хўжалигисубъектларибўлиб қуйидагилар ҳисобланади:
-ўз ичига миллий иқтисодиёт мажмуини олувчи турли мамлакатлар;
-трансмиллий корпорациялар;
-халқаро ташкилот ва институтлар;
-миллий иқтисодиёт чегарасидан чиққан, хўжалик барча соҳалари таркибидаги фирмалар.
Ишлаб чиқариш ёки иқтисодий ҳаётнинг байналминаллашуви –бу мамлакатларнинг жаҳон миқёсида иқтисодий алоқаларининг кучайиши ҳамда иқтисодий муносабатларнинг тобора кенгроқ жабҳаларини қамраб олиш жараёни ҳисобланади.
Барча иқтисодий жараёнларнинг байналминаллашуви натижасида жаҳон хўжалигининг қуйидаги таркиби вужудга келди:
1) товар ва хизматлар жаҳон бозори;
2) капиталлар жаҳон бозори;
3) ишчи кучи жаҳон бозори;
4) халқаро валюта тизими;
5) халқаро кредит-молия тизими.
58 Transmilliy korporatsiyalar hamda ularning jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni.
Transmilliy korporatsiya (TMK) — xorijiy aktivlarga ega boʻlgan, operatsiyalarining kamida 1/4 qismini mamlakat tashqarisida, oʻzi roʻyxatga olingan chet mamlakatda amalga oshiradigan yirik korporatsiya. Tashkiliy jihatdan bosh kompaniya asosiy kapitalining shoʻʼba korxonalar kapitalida qatnashuvi tamoyiliga asoslanadi. TMK ishlab chiqarish.ni uzluksiz oʻstirish hamda integratsiyalashuv siyosati, firma, kompaniyalarning bir maqsadni koʻzlab qoʻshilishi (qoʻshilish, sotib olish, moliyaishlab chiqarish. guruhlarni tashkil qilish) hisobiga paydo boʻladi. Ixtisoslashuviga koʻra, sanoat, xizmat koʻrsatish, savdo-sotiq, bank, sugʻurta va boshqa tarmoqdarda faoliyat olib boradi.
Transmilliy korporatsiyalarning quyidagi asosiy xususiyatli
belgilarini ajratib ko‘rsatish mumkin21:
— TMKlar jahon xo'jaligi rivojlanishining, xalqaro mehnat
taqsimoti jarayonining faol ishtirokchisi bo‘lib, aynan ular glo-
ballashuvni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi;
— milliy chegaralarda sodir bo‘layotgan jarayonlardan bir-
muncha mustaqil holda kapitalni harakatlantirish imkoniyatining
mavjudligi;
— dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida o‘zining operatsiyala-
rini amalga oshirgan holda jahon xo‘jaligi munosabatlarini tar-
tibga solishda ishtirok etishi;
— TMKlar o‘z tarkibiy tuzilmasiga ko‘ra, ishlab chiqarish
korxonalari, savdo yoki moliyaviy tashkilotlarning xalqaro maj-
muasi bo‘lib, asosiy mamlakatdagi boshqaruv qarorlariga mos
holda faoliyat yo‘nalishini muvofiqlashtirib boradi;
— aksionerlik kapitalining mulkchilik huquqi faqat ta’sis etuv-
chi mamlakat vakolatiga tegishli bo‘ladi;
— xorijiy bo‘linma va sho‘ba korxonalar milliy ishtirok daraja-
siga ko‘ra aralash bo‘lishi mumkin;
— TMK kapitalining harakati korporatsiya joylashgan mam-
lakatdagi sodir bo‘layotgan jarayonlardan erkin bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |