1. Iqtisodiyot / Metrologiya. Asillik darajasi ishlari]


Bosqichlar Subyektlar



Download 355,57 Kb.
bet4/11
Sana03.04.2022
Hajmi355,57 Kb.
#526453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
528 29.08.2020

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish (standart namunalar bundan mustasno) uchun ariza va zarur hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Ijrochiga ariza va hujjatlarni beradi.

Zarur bo‘lgan hollarda

2-bosqich

Ijrochi

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi:
metrologik attestatsiyadan o‘tkazish uchun texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lganda — ariza beruvchi bilan tegishli shartnoma tuzadi;
metrologik attestatsiyadan o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda — ariza beruvchiga metrologik attestatsiyadan o‘tkazishni rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xat yuboradi.

Bir ish kuni mobaynida

3-bosqich

Ijrochi

Metrologik attestatsiya dasturini va qiyoslash uslubiyotini ishlab chiqadi (zarurat bo‘lganda).

Uch ish kuni mobaynida

4-bosqich

Ijrochi

Metrologik attestatsiya dasturiga muvofiq o‘lchash vositalarining xossalarini tekshiradi va tekshirish natijalariga ko‘ra metrologik attestatsiya bayonnomasi va dalolatnomasini rasmiylashtiradi.

Uch ish kuni mobaynida

5-bosqich

Ijrochi

O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish natijalari ijobiy bo‘lganda hujjatlarni “O‘zstandart” agentligiga yuboradi.
O‘lchash vositalarining xossalarini tekshirish natijalari salbiy bo‘lgan taqdirda ariza beruvchiga metrologik nomuvofiqliklar sabablarini ko‘rsatgan holda dalolatnomani beradi.

Bir ish kuni mobaynida

7-bosqich

Ijrochi

O‘lchash vositalari reyestrda ro‘yxatga olingandan keyin reyestr uchun O‘lchash vositalari ta’rifini rasmiylashtiradi va metrologik attestatsiya sertifikatini beradi.

Ikki ish kuni mobaynida

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalariga
2-ILOVA
Standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Standart namunani metrologik attestatsiyadan o‘tkazish uchun ariza va zarur hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Ijrochiga ariza va hujjatlarni beradi.

Zarur bo‘lgan hollarda




2-bosqich

Ijrochi

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi:
standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazishga ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi;
metrologik attestatsiyadan o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda — ariza beruvchiga metrologik attestatsiyadan o‘tkazishni rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xat yuboradi.

Bir ish kuni
mobaynida




3-bosqich

Ijrochi

Texnik topshiriqni metrologik ekspertizadan o‘tkazadi:
standart namuna hujjatlarining metrologik ekspertizasi natijalari ijobiy bo‘lganda ekspert xulosani rasmiylashtiradi va texnik topshiriqni kelishadi;
standart namuna hujjatlarining metrologik ekspertizasi natijalari salbiy bo‘lganda nomuvofiqlik sabablarini ko‘rsatgan holda dalolatnomani rasmiylashtiradi va uni ariza beruvchiga taqdim etadi.

Besh ish kuni mobaynida




Ariza beruvchi

Metrologik ekspertiza natijalari salbiy bo‘lganda — nomuvofiqliklarni bartaraf etadi va xujjatlarni �ayta ishlangan texnik topshiriqni ekspertiza qilish uchun taqdim etadi.

O‘ttiz ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda




Ijrochi

Texnik topshiriqni qayta metrologik ekspertizadan o‘tkazadi va standart namuna hujjatlarining qayta metrologik ekspertizasi natijalari ijobiy bo‘lganda ekspert xulosani rasmiylashtiradi va texnik topshiriqni kelishadi.

Uch ish kuni mobaynida




4-bosqich

Ariza beruvchi

Texnik topshiriq kelishilgandan so‘ng:
texnik topshiriqqa muvofiq metrologik va texnik tavsiflarni aniqlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va ilmiy-tajriba ishlarini o‘tkazadi;
texnik hisobot tuzadi va metrologik ekspertiza o‘tkazish uchun ijrochiga taqdim etadi.

Zarur bo‘lgan hollarda




5-bosqich

Ijrochi

Texnik hisobotni metrologik ekspertizasini o‘tkazadi:
standart namunani metrologik ekspertizadan o‘tkazish natijalari ijobiy bo‘lganda hujjatlarni “O‘zstandart” agentligiga yuboradi;
standart namuna hujjatlarini metrologik ekspertiza o‘tkazish natijalari salbiy bo‘lganda nomuvofiqlik sabablari ko‘rsatilgan holda dalolatnomani rasmiylashtiradi va uni ariza beruvchiga taqdim etadi.

Uch ish kuni mobaynida




6-bosqich

“O‘zstandart” agentligi

Standart namunani reyestrda ro‘yxatga oladi.

Bir ish kuni mobaynida




7-bosqich

Ijrochi

Standart namunaning metrologik attestatsiya sertifikatini rasmiylashtiradi.

Bir ish kuni mobaynida

O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalariga
3-ILOVA

O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalariga
4-ILOVA


O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalariga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash
TIZIMI

O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalariga
6-ILOVA
Standart namunalarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish uchun
ARIZA

O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalariga
7-ILOVA


Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga
3-ILOVA
O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohalarda foydalaniladigan o‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Ushbu Qoidalar tegishli ma’muriy reglamentlarga binoan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlariga asosan amalga oshiriladigan tabiiy gaz, elektr energiyasi, suv iste’molini hisobga olish priborlarini (hisoblagichlarni) davriy qiyoslashdan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohada qo‘llanadigan, O‘zbekiston Respublikasi o‘lchash vositalari davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda reyestr deb ataladi) kiritilgan o‘lchash vositalari qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim.
3. Quyidagi sohalarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim:
sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof muhitni muhofaza qilish;
moddiy boyliklarni va yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish;
soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya;
zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilish;
umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va xizmatlar ko‘rsatish;
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yong‘in xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini ta’minlash;
sanoat xavfsizligini ta’minlash;
davlat mudofaasini ta’minlash;
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash;
sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish;
o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazish;
mahsulotlar va xizmatlar muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlarni bajarish.
4. O‘quv (namoyish qilish) maqsadlari uchun qo‘llanadigan hamda kattaliklarning o‘zgarishini, ularning qiymatlarini baholamasdan kuzatish uchun qo‘llanadigan, idikatorlar turkumiga kiritilgan texnik vositalar qiyoslashdan o‘tkazilmaydi.
5. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:

Download 355,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish