4-§. Agentlikning kengash, maslahat va ekspert organlari
34. Agentlikda uning asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi direktorning birinchi o‘rinbosari (kengash raisi), Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislaridan iborat Tarmoq ilmiy-texnik kengashi Agentlik direktorining buyrug‘i bilan tashkil etiladi.
35. Tarmoq ilmiy-texnik kengashi nizomi va uning shaxsiy tarkibi Agentlik direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
36. Agentlikda direktor buyrug‘i bilan kengash, maslahat va ekspert organlari tuzilishi mumkin.
Agentlikda tuziladigan kengash, maslahat va ekspert organlari tarkibi va ular to‘g‘risidagi nizomlar Agentlik direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |