3-§. Davlat kadastrlari palatasining boshqa davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi
39. Davlat kadastrlari palatasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda boshqa davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
8-bob. Davlat kadastrlari palatasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
40. Davlat kadastrlari palatasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanib boriladi.
41. Davlat kadastrlari palatasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat kadastrlari palatasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
42. Davlat kadastrlari palatasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
Davlat kadastrlari palatasi rahbarlari va xodimlariga nisbatan rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Davlat kadastrlari palatasi faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
Davlat kadastrlari palatasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va usuli Kadastr agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, ularni ijtimoiy himoya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
43. Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, ilmiy darajalar, uzoq muddat xizmati uchun ustama haqlar, dam olish uchun to‘lovlar va bayram kunlari uchun mukofotlar, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalardan, rag‘batlantirish to‘lovlaridan, qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘lovlaridan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
44. Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qo‘shiladigan rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha haqlar va ustamalar Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq to‘lanadi.
45. Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari faoliyati quyidagi manbalar hisobiga moliyalashtiriladi:
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan tushgan mablag‘lar;
kadastr yig‘majildini tayyorlashdan tushgan mablag‘lar;
Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga asosan pullik xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandda nazarda tutilgan manbalar va ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlardan tushadigan mablag‘lar Davlat kadastrlari palatasi tomonidan taqsimot qilinishi, shu jumladan uning hududiy boshqarmalari o‘rtasida qayta taqsimot qilinishi mumkin hamda ushbu mablag‘lar hisobidan Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan belgilangan miqdorda Davlat kadastrlari palatasiga ajratmalar o‘tkaziladi.
(45-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
46. Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha — ushbu Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarining moddiy-texnik bazasini shakllantirish va mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va Davlat kadastrlari palatasi xodimlarini ijtimoiy himoya qilish — ushbu Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda Davlat kadastrlari palatasining mablag‘lari yetarli bo‘lmaganda Kadastr agentligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
47. Ushbu Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan manbalari hisobidan:
Davlat kadastrlari palatasini, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash;
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarining binolarini qurish hamda binolar va asbob-uskunalarni ta’mirlash va qayta ta’mirlash;
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarining xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish (xodimlar uchun uy-joy qurish, sanatoriy-kurortda davolanish va tibbiy xizmat ko‘rsatish, mukofotlar to‘lash, ustamalar belgilash, moddiy yordam va boshqalar);
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari xodimlarining lavozim maoshlarini aniqlashda Yagona tarif setkasi bo‘yicha 1,7 baravar miqdorigacha koeffitsiyent qo‘llanilgandagi xarajatlar;
Davlat kadastrlari palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) filiallarining rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlari xarajatlari, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlari xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari xodimlariga ustamalar, martaba darajalari va uzoq muddat xizmati uchun qo‘shimcha haq to‘lash;
(47-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
oy, chorak, yarim yillik ish yakunlari bo‘yicha mukofotlash;
xodimlarning lavozim maoshiga ish uchastkasining murakkabligi va muhimligi hamda mehnatda yuqori natijalarga erishganligi uchun ustamalar to‘lash;
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari faoliyati samaradorligini baholash mezonlariga asosan va erishilgan yakuniy natijalardan kelib chiqib mukofotlash;
xizmat vazifalarini bajarish chog‘idagi alohida xizmatlari uchun va pensiyaga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlash;
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari xodimlarining lavozim maoshlariga ularning funksional vazifalarni bajarishlarini, bilimlari darajasini, ish olib borish kasbiy qobiliyatlarini har yili test sinovlaridan o‘tkazish asosida belgilanadigan maxsus rag‘batlantiruvchi ustamalar;
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari xodimlarining malakasini oshirish, ularni o‘qitish va stajirovkadan o‘tashini, shu jumladan, ularning xorijiy mamlakatlarga tashriflarini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan konferensiya, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi;
Davlat kadastrlari palatasi faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish;
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarining kommunal-foydalanish hamda boshqa joriy xarajatlari;
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarining qo‘shimcha shtat birliklarini saqlab turish;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar kadastrini hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish hamda Davlat xizmatlarini ko‘rsatishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish, yuritish va texnik qo‘llab-quvvatlash;
Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarining faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi.
48. Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallarining xodimlariga har oyda ushbu Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan manbalar hisobiga umumiy ish staji uchun xodimning lavozim maoshiga belgilangan razryad tarif stavkasiga (lavozim maoshiga nisbatan rag‘batlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) nisbatan quyidagi foizlarda hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |