26 ). Smitning iqtisodiy talimoti
А.Smitning iqtisodiy qarashlari asosida shunday gʼoya yotadiki, unga koʼra jamiyat boyligi ishlab chiqarish jarayonida mehnat tufayli paydo boʼladi (merkantilistlardan keskin farqi bor). Eslang, fiziokratlar va ilk klassik maktab vakillari mehnat faqat qishloq xoʼjaligidagina samarali boʼladi, desalar, А.Smit mehnatni barcha sohalarda (sanoat, qishloq xoʼjaligi va hizmat koʼrsatish sohalari ) boylikning asosi deb bildi. U kapitalistik ishlab chiqarishnig manufaktura bosqichini tahlil qilish asosida iqtisodiy progressning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keldi va buni oʼz tadqiqotlarining boshlangʼich punkti deb qabul qildi.
А.Smit oʼz tadqiqotida nina-toʼgʼnogʼich manufakturasidagi koʼpchilikka maʼlum boʼlgan mehnat taqsimotini misol qilib keltirdi, u yerdagi ishchilarning ixtisoslashuvi va mehnat taqsimoti ishlab chiqarishni va mehnat unumdorligini koʼp marta oshirish imkonini berdi. Mehnat taqsimoti boʼlmagan holatda har bir ishchi oʼrtacha 20 ta toʼgʼnogʼich yasashi mumkin ekan. Oʼn kishi ishlaydigan ustaxonada mehnat taqsimoti oʼrnatiladi: biri simni tortadi, 2-si toʼgʼrilaydi, 3-si kesadi, 4-si uchini oʼtkirlaydi va hokozo. Bu kuniga 4800 ta toʼgʼnogʼich yasash imkonini beradi, demak, mehnat unumdorligi 240 marta oshgan. Mehnat taqsimotining ahamiyati toʼgʼrisidagi bu misol klassik boʼlib ketgan va hamma yerda ishlatiladi. Mehnat unumdorligi uch usul bilan amalga oshiriladi:
1. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim ishchilarning chaqqonligi va mohirligi oshadi;
2. Bir turdagi ishdan boshqasiga oʼtish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi (dastgohdan dastgohga borish vaqti va yangi turdagi ishga psixologik moslashish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi);
3. Mehnat taqsimoti mashinalar ixtiro qilishga imkon tugʼdiradi, yaʼni takrorlanadigan jarayonlar mashina qoʼllashga qulaylik yaratadi. Undan tashqari ishchilarning bir xil ishni doim takrorlashi tufayli mahsulotning sifati ham yaxshilanishi kerak, bu esa tovarning bahosi, raqobat quvvatini oshiradi.А.Smit qiymatning mehnat nazariyasini V.Pettiga nisbatan ancha chuqur va toʼlaroq ishlab chiqdi (shuni taʼkidlab oʼtish kerakki, keyingi Farb tadqiqotlarida qiymat oʼrniga qimmat tushunchasi koʼproq koʼllanilmoqda, marjinalizm nazariyasida ham shunday). U tovarning bozor va tabiiy yoki haqiqiy baholarini farqlaydi, haqiqiy bahoni qiymat bilan aynan bir deb tushunadi. «Qiymat» soʼzi uningcha ikki xil mazmunga ega. Bu soʼz bilan buyumning foydaliligi (balki qimmati) hamda uni boshqa buyumga almashish qobiliyati belgilanadi. Demak, u isteʼmol va almashuv qiymatlarini farqlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |