Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.
Odamlar tovar va xizmat turlaridan foydalanishni xohlashlari sir emas. Ammo bu tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun tabiiy resurslardan foydalanishni taqozo qiladi. Quyosh energiyasi, o’rmonlar va ba’zi dengiz jonivorlari singari tabiiy resurslar tiklanadigan resurslar hisoblanib, ulardan istagancha foydalanish mumkin. Neft, temir rudasi, va ko’mir kabi boshqa resurslar o’zgarmas taklif shaklida bo’lib (ya’ni narxning oshib borishi bilan taklif oshib bormaydigan holatdir), ulardan bir marotabagina foydalanish mumkin4.
Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak, boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo’ladi. Shunday ekan milliy boylik keng ma’noda o’z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne’matlar, yaratilgan san’at asarlari, intellektual salohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi. Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdoran, qiymat o’lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob’ektiv sabablariga ko’ra ancha qiyin, jumladan uning tabiat in’omlaridan iborat qismi inson mehnatining natijasi hisoblanmaydi va qiymat o’lchovlariga ega emas. Shu sababli iqtisodiy tahlil amaliyotida milliy boylikning tor ma’nodagi tushunchasidan foydalaniladi. Tor ma’noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo’ladi. Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo’ladi. U kishilarning ko’plab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi.
Aytilganlardan kelib chiqib, milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin: 1. Moddiy buyumlashgan boylik.
2. Nomoddiy boylik.
3. Tabiiy boylik.
Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarish-ning, unumli mehnatining natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish-da yaratilgan mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg’arish oqibatida vujudga keladi va o’sib boradi.
Ammo moddiy buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig’indisi sifatida tasavvur qilish noto’g’ri bo’lur edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o’rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy buyumlashgan boylik sifatida jamg’arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o’sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.
Milliy boylikning hajmini birinchi bor Angliyada 1664 yilda U. Petti hisoblagan. Bu kursatkich Fransiyada 1789 yilda, AQSHda 1805 yilda va Rossiyada 1864 yilda hisoblangan. O‘zbekiston Respulikasi milliy boyligining hajmi 1991 yil 1 sentyabrdan hisoblana boshlandi. Umuman, Evropada qo‘llanadigan MXT konsepsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi milliy boyligi quyidagilardan tashkil topadi.
1) Tabiiy resurslar.
2) Inson mehnati tufayli yig‘ilgan moddiy boyliklari.
3)Moliyaviy resurslar.
Xulosa Xulosa qilib aytganda, O’sish iqtisodiy maqsadni belgilab beradi. Umumiy mahsulotni aholiga nisbatan kengayishi ish-haqilarni o’sishiga olib keladi va shuning bilan birgalida aholining turmush darajasini ko’tarilishiga sababchi bo’ladi. Yuqori o’sish bilan rivojlanayotgan iqtisodiyot kishilar ehtiyojlarini yaxshiroq qondirishga va ijtimoiy hamda iqtisodiy muammolarni hal etishga imkoniyat yaratadi. O’z navbatida, ish haqilarni oshishi kishilarga ko’proq dam olish, shaxsiy kompyuterlarni sotib olish va oily ta’limda tahsil olish kabi imkoniyatlarni yaratib beradi. Tobora yuksalib borayotgan iqtisodiyot aholini kam ta’minlangan qatlamini ahvolini yaxshilash, san’atni rivojlantirish va atrof-muhitni himoya qilish kabi muammolarni hal etishda yordam beradi.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko’p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi