1.Insoniyat jamiyatining taraqqiyoti hech qachon va hechqayerda
oson, beto‘siq kechmagan. Har doim va hamma davrlarda jamiyat
oldida muayyan muammolar ko‘ndalang bo‘lib turgan. Bular, bir
tomondan, tabiat ofatlarining natijasi o‘laroq namoyon bo‘ladigan
yer silkinishlari, suv toshqinlari, qurg'oqchilik, quyosh radiatsiyasi
o‘zgarishi bilan bog‘liq turli epidemik kasaliiklar va hokazolar bo‘lsa,
ikkinchi tomondan, inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan ijtimoiyiqtisodiy,
siyosiy-madaniy hayotga oid bo'lgan antropogen
muammolardir.
Jahon miqyosida yuz bergan jarayonlaritahlili shuni ko‘rsatadiki,
hozirgi vaqtda, insoniyat uchun o‘tkir, dolzarb bo‘lib turgan
global muammolar quyidagilardan iborat: ■
a) Yer yuzida tinchlikni ta’minlash va yalpi qirg‘in urushlarining
oldini olish (urush va tinchlik muammosi);
* b) atrof- muhitni samarali muhofaza qUish (ekologik muammo);
d) aholi sonining orta borishi bilan ishlab chiqarish rivojlanishi
mutanosibligiga erishish (demografik muammo);
e) Yer yuzi aholisini zarur oziq-ovqat va energiya manbalari
bilan ishonchli ta’minlash;
f) ochlik,- qashshoqlik va qoloqlikni tugatish uchun yuksak
rivojlangan va ulardan keyinda qolgan mamlkatlar o‘rtasidagikeskin
farqni bartaraf etish;
g) xavfli kasalliklarni tugatish;
h) inson ma’naviy-axloqiy muhiti sofligini ta’minlash (etikologiya
muammosi) va boshqalar.
Bu muammolaming har biri u yoki bu darajada ijtimoiysiyosiy,
iqtisodiy, huquqiy nuqtayi nazardan ilmiy tahlil etilgan.
Ayni vaqtda, davrimizning umumbashariy muammolarining
falsafiy talqini ham ilmiy adabiyotlarda o‘z ifodasini topmoqda.
Global muammolarni falsafa nuqtayi nazaridan o‘rganishda,
dastawal ularning mohiyati, kelib chiqish sabablari, bartaraf etish
yoilarini, umummetodologik jihatlarini tadqiq etishga e’tibor
berilmoqda. Buning uchun bu muammolarni tahlil qilishda
falsafaning tarixiylik, mantiqiylik, tizimiylik kabi tamoyillariga
suyanilmoqda. Global muammolar insoniyat rivojlanishining
natijasi hisoblansa-da, hozirgi zamon sharoitida yuzaga kelgan
ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning ham oqibatidir.
Kelib chiqishi, chuqurlashib borishi, ko‘lami va hal etilishining
murakkabligi jihatlariga ko'ra, ularni uch guruhga ajratish mumkin:
Birinchisi, mavjud ijtimoiy tuzumning tabiati, turli mintaqa
davlatlarining xilma-xil manfaatlari Шап taqozo etilgan-muammolar.
Ikkinchi guruhi,- „inson
kelib chiqadigan muammolar. >
Uchinchisi, „jamiyat-tabiat“ tizimi doirasidagi munosabatlardan
kelib chiqadigan muammolar.
Global muammolarning turlari o‘zaro qanchalik farqlansada,;
bu sohalardagi umumiylik, dastawal, butun insoniyatning
hayoti shart-sharoitlari, imkoniyatlari va istiqboli masalalaridir.
Ikkinchi tomondan, ular , u yoki bu damjada hozirgi davrning
bosh omili — fan-texnika inqilobi bilan aloqadordir, ya’ni uning
oqibatidir. Bizning davrimizda fanning rivojlanish sur’atlari g‘oyat
kattadir. Fanda erishilgan kashfiyotlar tezda yangi texnika vositalari
yaratishni ta’minlasa, o‘z navbatida, texnika rivojlanishi ham fanda
yangi o‘zgarishlar sodir etishga jiddiy turtki bermoqda. Bulaming
natijasi o‘laroq, erishilgan kashfiyotlar muayyan maqsadlarga
xizmat qilmoqda. Bu esa global muammolarning yanada o‘tkir,
dolzarb bo‘lib turishiga olib kelmoqd^J^
Jamiyat ichki ziddiyatlari tiig‘dirgan global muammolar
Insoniyat o'zining bir hayot tarzidan ikkinchisiga, masalan,
ko'chmanchi chorvachilikdan dehqoncMlikka o‘tishi jarayonida
tayyor mahsulotlarni iste’mol qilishdan, ulami qayta tayyorlash
va ekin ekib, yetishtirishga o‘tishi bilan ijtimoiy munosabatlar
rivojlanib ketdi. Xususiy mulkchilik munosabatlarining qaror
topishi bilan kishilik jamiyatida hukm surgan sodda ko‘rinishdagi
ijtimoiy tenglik barham topib, uning o‘rniga mahsulot olish bilan
bogMiq bo‘lgan munosabatlar yuzaga keladi. Kishilar ijtimoiy
hayotining tashkil etilganligi jamiyat ilgarilama harakatida notekislik
va mavjud muammolarni hal etishda urushlardan vosita sifatida
foydalanish zaruriyatini keltirib chiqardi. Hozirgi vaqtda eng katta
global muammo bo‘lgan urush va tinchlik muammosini ana shu
tarzda jamiyat ichki rivojlanishi jarayonlari maydonga keltirgan.
Ma’lumki, urush va tinchlik muammosi mamlakat ichida yoki
uning tashqarisida, mamlakatlar o'rtasidagi munozarali masalalami
hal ctishda siyosiy zo'ravonlik ishlatish, yoxud uni istisno etishni
bildiradi. Tinchlik — xalqlaming xohish-irodasi, orzu-umidi bo'lsa,
urush esa, aksincha, hukmron kuchlarning siyosati oqibatidir.
Yozma yodgorjiklarning guvohlik berishicha, so'nggi 6 ming yil
davomida, yer yuzida 15 mingdan ziyod urushlar sodir bo'lgan.
Shu davr ichida atigi 300 yilgina urushsiz kechgan.
Amerikalik olim R. Klarkning „Urush ilmi va tinchlik" kitobida
keltirilgan ma’lumotlarga ko'ra, turli davrlarda yuz bergan urushlar
tahlili shuni ko'rsatadiki, 1820— 1859-yillarda yer yuzida 1 mlrd
aholi yashagan, 92 urushda 800 ming kishi halok bo'lgan, 1860—
1899-yillarda 106 urushda 1,3 mln., 1900— 1949-yillarda esa 117
ta urushda 142,5mln odam qirilib ketgan.
Bizning davrimizda ham mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlar
sohalarida zo'ravonlikka intilish, buning uchun yalpi qirg'in
qurollarini ko'plab ishlab chiqish bilan harbiy ustunlikka erishish
u yoki bu davlatlar tashqi siyosatining muhim yo'nalishi bo'lib
qolmoqda. Shunday bir vaziyatda,termoyadro urushiga yo'l
qo'yilgudek bo'lsa, jahon miqyosida shunday halokat yuz beradiki,
uning natijasini hisob-kitob qiladigan mavjudotning o'zi bo'lmay
qoladi. 1945-yil 6- va 9- avgustida ikkita kam quwatli atom
bombasining amerikaliklar tomonidan Yaponiyaning Xirosima va
Nagasaki shaharlari ustida portlatilganligi oqibatlari ham buni yaqqol
ko'rsatgan edi.
Insoniyatga 50 yildan ko'proq vaqtdan beri xavf solib turgan
atom dahshati oqibatlarini matematikaning hozirgi yutuqlari
asosida modellashtirish shuni ko'rsatdiki, bizning davrimizda
to'plangan 50 mingdan ortiq yadro zaryadlarini 100—150
megatonna (Xirosimaga tashlanganidan 10—15 marta katta)
quwatga ega bo'lgan qismi (bitta atom suv osti kemasidagi portlovchi
modda 200 megatonna) portlatilsa, Amerika, Yevropa va
Osiyodagi asosiy shaharlar yong'in ostida qolib ketishi, bir oydan
so'ng yer ustidagi atmosfera harorati 15—20°C, ayrim mintaqalarda
esa 40—45°C pasayib, uning aylanishi (sirkulatsiyasi) mutlaqo
o'zgarishi, Shimoliy yarim shardan janubga qarab tarqalgan
nur o'tkazmaydigan qora qatlam butun sayyorani qoplab olishi
yuz beradi. Chuchuk suvning barcha manbalari muzlaydi, barcha
ekologik aloqalar uziladi, hosil nobud bo'ladi. Yer ustidagi hayot
tugaydi.
2.Global muammo sifatida tinchlikni ta’minlash harbiy xarajatlami
keskin kamaytirishni ham taqozo etadi. Negaki, 1900- yildan
bed harbiy ishga ajratilgan mablag'lar 30 martadan ko'proq oshib,
90-yillar boshida 500 mlrd dollardan ham yuqori bo‘ldi. Harbiy
yoki u bilan bog‘liq ishlab chiqarish sohalarida 60 mln kishi faoliyat
ko'rsatgan. Jumladan, muntazam qo'shinlarda 25 mln dan ortiq
shaxsiy tarkib, 10 mln yarim harbiy qo‘shilma, harbiy
muassasalarda ishlovchi 5 mln fuqaroviy kasb egasi bor.
Hozirgi vaqtda oddiy qurol-yarog‘laming vayronlik keltiruvchi
kuchi ham yadro quroli darajasiga yaqinlashib qolmoqda.
Global muammolardan yana bin — ochlik, qashshoqlik va
savodsizlikning oldini olish uchun rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyatlaming oldini olishdan iborat.
Rivojlanayotgan mamlakatlar turlicha tarzda va turlicha
muddatlarda kechgan kurashlardan so'ng siyosiy mustaqillikka
erishgach, yangidan yaratilgan siyosiy tizimlar asosida o‘z
iqtisodiyotini, davlat tizimini Ьафо etishga kirishdilar. Ularning
ichidagi bir qancha mamlakatlar sobiq sotsialistik tuzum davlatlari
bilan g‘oyaviy, savdo-iqtisodiy va harbiy-siyosiy sohalarda keng
hamkorlik qilgan edi. Lekin, bularda ham, boshqalarida ham
iqtisodiyotda, uning bilan taqozo etilgan ijtimoiy hayotning barcha
sohalarida qoloqlik davom etaverdi. Buning eng asosiy sabablari va
umumiyjihatlari tashqi va ichki omillarga borib taqaladi.
Tashqi omil — ilgari mustamlaka yoki qaram bo'lgan
xalqlarning o‘tmishi bilan bog'liqdir. 0 ‘tmishda ularning xo'jalik
hayoti zo'rlik bilan o‘zgartirilgan, ko‘pincha turg'un holda bo'lgan
qoloq siyosiy munosabatlar saqlab qolingan edi. Milliy mustaqillik
qoMga kiritilgandan keyin ham sobiq mustamlakalarda metropoliyalar
yirik markazlarining iqtisodiy ta’siri saqlab qolindi.
Ijtimoiy-iqtisodiy qoloqlikning davom etishi, ularning xo‘jalik
taraqqiyoti yo‘nalishi ustuvor darajada sobiq metropoliya bilan
mavjud aloqalarni davom ettirishga qaratildi. Natijada, xalqaro
monopolistik guruhlarning qoloq mamlakatlar ustidan xo‘jayinlik
qilishi davom etaverdi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan
olinayotgan foyda zayom va qarzlarni foizli qaytarish hamda
keltirilgan mahsulotlarga belgilangan monopol bahodan foydalanish
tufayli,ularning iqtisodiyotiga sarf etilgan kapital mablag‘
lardan bir necha marta ko‘p bo‘lmoqda. Masalan, Yer yuzida
eng kam rivojlangan mintaqa bo'lgan Afrikada (Janubiy Afrika
Respublikasini qo'shmaganda) o‘lim, umrning qisqaligi, savod-
sizlik, qashshoqlik dunyo bo‘yicha birinchi o.£rindaligiga qaramay,
bu yerdan faqatgina AQSH olgan daromad 1950-yildan 1975-
yilgacha 5436 mln dollar bo‘ldi (foyda 200 % dan ortiq). Keyingi
15 yilda ham bu ko‘rsatkich saqlab qolindi.
Aksariyat rivojlangan davlatlar „uchinchi dunyo “ mamlakatlariga
xomashyo manbayi, sarmoya bozoriga kapital chiqarish
uchun qulay soha sifatida qaraydilar. Pirovardida, rivojlanayotgan
mamlakatlarning ijtimoiy rivojlanishi tashqi omillarga bog‘liq bo‘lib
qolmoqda.
Ichki omil — sobiq mustamlaka mamlakatlari iqtisodiyotining
ko‘p ukladliligi, uning ichida belgilovchi mavqeyi — mayda tovar
islilab chiqarishga asoslanganligidadir. Ma’lumki, bu uklad ijtimoiyiqtisodiy
rivojlanishni jadallashtirishga xizmat qilsa ham raqobatga
bardoshi nuqtayi nazaridan nochor hisoblanadi.
Iqtisodiyotning ko‘p ukladliligidan jiddiy ijtimoiy oqibatlar
kelib chiqadi. Jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda shunday
ijtimoiyTmadaniy muhit mavjudki, unda turli-tuman ijtimoiy
kuchlar, guruhlar, qatlamlar va hokazolar o‘zaro juda murakkab
munosabatda bo‘lib, ularni boshqarish qiyin.
Rivojlanayotgan mamlakatlar o‘z ilgarilama harakatida keyinda
qolishning ijtimoiy sabablaridan yana biri — bu sobiq metropoliyada
tayyorlangan mutaxassislarning o‘z mamlakatlaridan ketishidir.
Buning sababi muayyan darajada ishsizlik bilan bogliq bo‘lsa-da,
lekin, asosan, metropoliya madaniyati va hokazolar tufaylidir.
Yuksak rivojlangan mamlakatlar sobiq mustamlakalardan kelayotgan
mutaxassislar, hisobiga salmoqli foyda olmoqda. Masalan,
AQSH da bulardan foydalanish natijasida yangidan mutaxassislar
tayyorlashda ancha mablag1 tejalmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlar ijtimoiy qoloqligining kolami
keng, uning omillari shunday tabiatga egaki, bu qoloqlik hech
qachon o‘z-o‘zidan bartaraf etilmaydi, aksincha, chuqurlashib
borish mayliga ega. Aholining ko‘pchilik qismi qashshoqligi ortib
borayotganligi ijtimoiy ofatga aylanib qolmoqda. Mamlakat
miqyosidagi iqtisodiy qiyinchiliklar u yoki bu tarzdagi umumdavlat
dasturini amalga oshirish imkonini bermayotir.
Bunday katta xavfning mavjudligi taraqqiyparvar; kuchlarni
o'ylantirib qo‘ymasligi mumkin emas. Ularning tashabbusi bilan
rivojlanayotgan mamlakatlarning muammolari BMT darajasida bir
necha marta muhokama obyekti bo‘ldi. Bu muammolar hozir ham
bu tashkilot diqqat markazidadir. ,
3.Hozirgi vaqtda insoniyat ma’naviyati sofligini saqlab, uni
ma’naviy tanazzuldan asrash ham umumbashariy muammoga
aylanib bormoqda. Gap shundaki, zo'ravonlik va nafrat kishilar
o‘rtasidagi munosabatlarda chuqur ildiz otib, ma’naviy muhitni
tobora zaharlamoqda. Buni to‘xtatib qolish va keskin kamaytirishga
erishish vazifalari insoniyatning dunyo miqyosida kuch-g‘ayratlarini
birlashtirishni taqozo etmoqda. Aibatta, ,,etikoxavf“, ,ptikofalokat“
nomi bilan qayd etilayotgan hodisalar, u yoki bu darajada,
insoniyat rivojlanishining octmishida ham uchragan va sivilizatsiyaning
yo‘ldoshi bo‘lib kelgan. Bir tomondan, madaniyat rivojlanib,
boyib, tobora umuminsoniy tus olib borsa, ikkinchi
tomondan,turli-tuman manfurlik va og‘u timsoli bo'lgan jinoyatchilik,
bangilik, fahsh, terrorchilik, ichkilikbozlik kabi illatlar
ham kuchayib bordi.
Yaqin vaqtlargacha ma’naviy muhitni global darajada buzuvchi
yuqoridagi illatlaming tabiatini izohlashda marksistik va ,,buijuacha“
deb atalgan qarashlar mavjud edi. Chunonchi, birinchi riuqtayi
nazarga ko'ra, bulami faqat antagonistik jamiyatlar tug‘diradi. Bu
jamiyatlar o'rniga sotsializmni barpo etish bilan ulaming ijtimoiy
ildizlari yo‘qotiladi, deb hisoblanilardi. Lekin, ijtimoiy amaliyot
bunday qarashlarning xayoliy ekanligini ko‘rsatdi. Dunyoning
barcha qismida, shu jumladan, sobiq sotsialistik tizim mamlakatlarida,
etikoxavfning, mohiyatiga ko‘ra, umumiy ekanligi ma’lum
bo‘ldi. Bundagi asosiy farq esa, xavfli illatlaming namoyon bo‘lishi,
turlari va tarqalganligi darajasini ifodalaydi, xolos. Chunonchi,
AQSH bo£yicha shunday ma’lumotlar ma’lum: mamlakatda
(1970—1980-yillarda)jinoyatchilik 3 marta, uning o‘sish sur’atlari
esa 10 baravar ortdi. Bundan o‘n yilcha oldin AQSH Prezidenti
R.Reygan shunday degan edi: )yMamlakatda har 30 soniyttda
qasddan odam о ‘Idirish, har 10 soniyada — nomusga tegish, har
10 soniyada — hayotga xavf soladigan hujum, har 30 soniyada
— avtomobil o ‘g (irlash va hokazolar sodir bo 'lmoqda4 .
Bunga o‘xshagan ahvolni boshqa ko£pgina mamlakatlarda ham
ko‘rish mumkin. Jahondagi ko‘pgina mamlakatlarda iqtisodiy
jinoyatehilik soni oshib bormoqda.
Etikologik rttuammolar tizimida kormpsiya — amaldor
shaxslami sotib olish orqasida yuz berayotgan jinoyatlar salmog'i
tobora ortib bormoqda. Bunday jinoyatning subyekti ishlab
chiqaruvchilar bilan siyosatchilar, harbiylar, parlament a’zolari,
ma’muriy va boshqa boshqaruv bo‘g‘inlaridagi ko'pgina
amaldorlardir.
Jinoyatning bu ko'rinishi jamiyat rivojlanishining o'tish davri,
deb atalgan bosqichlarida, ayniqsa, yalpi tus oladi. Chunonchi,
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga kirgan mamlakatlar hozirgi
sharoitda bu hodisa bilan to‘qnash kelib turibdi1.
Ma’naviy muhitni bulg‘ashda keyingi vaqtlarda, ayniqsa,
ichkilikbozlik va bangilikning o‘mi katta bo‘lmoqda. Ko‘pgina
mamlakatlarda (masalan, Eron Islom Respublikasida, 0 ‘zbekiston,
Fransiyada, AQSH va boshqa mamlakatlarda) narkotik moddalami
tarqatganlik uchun og‘ir jazo choralari belgilangan. BMT darajasida
ham zarur tashkilotlar tuzilib, bu ijtimoiy illatga qarshi kurashilmoqda.
Lekin, bangivor moddalar tayyorlash va sotishdan g‘oyat
katta foyda olayotgan korchalonlar bu og‘udan o‘layotganlar soni
yildan yilga oshib borayotganligiga qaramay, barcha imkoniyatlardan
foydalanmoqdalar.
Etikologiyaviy muammo tarkibida terrorchilikning o‘mi alohidadir.
Terrorchilik ijtimoiy antogonizm bilan bir vaqtda, uning
shakllaridan biri sifatida kelib chiqqan. Uning xillari tobora ko‘payib
bormoqda. Hozirgi vaqtda siyosiy terrorchilikdan tashqari, iqtisodiyot
bilan bog‘liq terrorchilik ham kuchayib bormoqda.
Chunonchi, havo qaroqchiligi yo‘li bilan tayyoralami olib qochish,
odamlami garovga olish va evaziga pul olishga urinishlar tez-tez
ro‘y berishini axborot vositalari tarqatib turibdi.Terrorchilik o‘zining
bir qator belgilariga ko‘ra uyushgan tus olmoqda. Pomografiya,
islovatxonalar, so'ngra bangivor moddalarni tarqatish maqsadida
davlat tizimidagi amaldorlami sotib olishga erishib, o‘z faoliyatini
davom ettirayotgan mafiya buning yaqqol timsolidir.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, Yerdagi hayotni saqlab qolishning
asosiy sharti — yalpi qirg‘in urushlarining oldini olish hamda
sayyoramizning bir qancha mintaqalari xalqlari qoloqligini tugatib,
insoniyat jamiyati mutanosib rivojlanishiga erishish va ma’naviy
muhitni sog‘lomlashtirish uchun insoniyat kuch-g'ayratlarini
birlashtirish lozim bo‘ladi.
4.Agar iqtisodiy ahvol jamiyat rivojlanishi ichki qonuniyatlari bilan
taqozolangan bo‘Isa, ,{lemografiyaviy portlash “ insonning xohishirodasi,
mavjud an’analarga sodiqligi, madaniy darajasi, turmush
mezonlari va hokazolar bilan belgilanadigan jarayondir.
Yer sathida ilk paleolit davri boshida 100—200 ming, so'ng
paleolit boshida — 1 mln, neolit boshida — 10 mln, oxirida 50
mln, eramiz boshlarida — 230 mln odam yashagan. Sayyoramizdagi
aholining soni hozirgi vaqtda, 6,5 mlrd dan ortdi. Bu raqamlarda
aholining soni o‘sib borganligi qayd qilingani ko‘rinadi. Aslida esa,
bu raqamlar odamlarni tegishli moddiy vositalar (oziq-ovqat,
kiyim-kechak, turar joy va h.k.) bilan ta’minlash, zarur ma’lumot
darajasi, tibbiy va huquqiy xizmat, tegishli ijtimoiy muhofaza,
yosh avlod tarbiyasi masalasini ham kun tartibiga qo‘yadi.
Olimlar aholining o ‘sishi bilan bog‘liq masalalarga XVIII
asrdayoqe’tiborberishgan. Xususan, ingliz iqtisodchisi R.T.Maltus
bundan 200 yil awal shunday yozgan edi: ,/lgar past tabaqa
sinflar nodonligi va buzuqligiga qaramasdan ко ‘payib boraversa,
и holda m a ’rifatli sinflar o ‘zlarining yaqinlariga bo'lgan
nasroniylarcha muhabbati bilan hech nima qila olmaydilar“. ,,Otaonasi
farzandining yashashini ta ’minlash uchun zarur kapitalga
ega bo ‘Imasa, bu farzandning yashashga qanday haqqi bor? Bunday
farzand faqat xayr-ehsonga ко ‘z tikishi mumkin ". ,J3oshqa kishilar
tomonidan egallangan dunyoga kelgan odam... bu dunyoda mutlaqo
ortiqchadir“.
Maltusning bu qarashlari bilan hozirgi davrda ilgari surilgan
nuqtayi nazarlar umumiyday ko'rinadi. Masalan, Rim klubining
taniqli vakili, matematik J.Forreyster modeli bo'yicha va Massachusets
texnologiya instituti (AQSH professori Denis Medouz va
uning xodimlari tomonidan tayyorlangan ,,0 ‘sish chegaralari“
kitobida insoniyat rivojlanishining beshta parametrlaridan bin bo‘lgan
,4emografik portlash “ haqida gap boradi. Uning fikricha, agar
aholining o'sishi hozirgi sur’atlar bilan borsa, 2000-yilga kelib,
tez orada hamma unumdor yerlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi
doirasiga tortilib bo'ladi. Nounumdor, sahro yerlarni o‘zlashtirish,
dengiz suvini chuchuklashtirish, sun’iy oziq-ovqat yaratish va
hokazolar esa juda katta xarajatni talab etadi. 2100-yilga kelib esa,
bu resurslar tugaydi, ishlab chiqarish qisqaradi, o‘lim ko'payadi
Do'stlaringiz bilan baham: |