Axborot tizimlari va texnologiyalari
XXI asrda bilimdon, savodli bo’lish uchun axborot tizimlari va texnologiyalarini mukammal ishlata bilish kerak. Turli sohalardagi odamlarning ish faoliyati ko’pincha ularning ma’lumotlardan samarali foydalana olish qobiliyatiga bog’liq. Zamonaviy mutaxassis kompyuterlar, telekommunikatsiya va boshqa aloqa vositalari yordamida ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash va foydalanishni bilish kerak.
Hozirgi kunda axborot tizimlari va texnologiyalari odamlarning ish faoliyati va ishlab chiqarish samarasini oshirish vositasi hisoblanadi.
Shuning uchun ham mazkur mavzuni o’rganish "Informatika" kursining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Huquqiy ta’minot – bu axborot ta’minotidan foydalanishning yuridik statusni aniqlovchi huquqiy normalar yig’indisi. Axborot sohasidagi faoliyatda bozor munosabatlarining rivojlanishi axborot himoyasini, intellektual, shaxsiy ob’ekt va unga mulkiy huquq kabi qarashga imkon yaratadi. Huquqiy ta’minotining eng asosiy maqsadi axborot ishlab chiqarish sohasida qonuniylikni mustahkamlashdir.
O’zbekiston Respublikasida 1992 yil 8 dekabrda Axborotlashtirish Markazi tashkil qilindi. (Fan va texnika davlat qo’mitasi qoshida). Uning maqsadi jamiyatni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish bo’yicha hujjatlar yig’ishdan iborat edi. Shuning bilan bir qator quyidagi qonunlar va farmoyishlar ham qabul qilingan: «Axborotlashtirish haqida qonun» (may, 1993y), (yangi taxrirdagi ushbu qonun 2003 yil 11 dekabrda Oliy Majlisning 2-chaqiriq 13-sessiyasida qabul qilindi), “EHM dasturlari va ma’lumotlar bazalarining himoyasi haqida” (may, 1994y), «Elektron raqamli imzo to’g’risidagi»(dekabr,2003 y.), «Elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi», «Elektron tijorat to’g’risidagi»( 2004 y.) qonunlar.
1994 yilda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasini axborotlash konsepsiyasi»da quyidagi strategik masalalar qo’yilgan:
- milliy kompyuter tarmog’ini tashkil qilish;
- axborotni mahsulot sifatida huquqiy asosini tashkil qilish;
- mamlakatimiz axborot industriyasini mahkamlash.
Shu konsepsiya asosida O’zbekiston Respublikasini axborotlashtirish dasturi ishlab chiqildi. Shuningdek 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dastur»ida mazkur masalaga katta e’tibor qaratilgan.
Shunday qilib, axborot tizimini apparat, dasturiy, axborot, tashkiliy va huquqiy ta’minotlarining majmuasi sifatida ko’rishimiz mumkin.
O’qituvchi mashg’ulotni «BESH DAQIQALIK ESSE» interaktiv o’qitish texnologiyasidan foydalanib yakunlashi mumkin.
Bunda o’qvchilardan quyidagi vazifalarni bajarishlari so’raladi:
Mazkur mavzuda ularga nima yoqdi?
O’zlari javob topolmagan birorta savolni yozib berish.
O’qituvchi ishlarni yig’ib oladi va ulardan keyingi darslarni rejalashtirishda foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |