Individual yondashuv – ta’lim beruvchining guruxdagi har bir bolaning faol harakati va dam olish paytida barcha ehtiyojlarini e’tiborga olish zarurligini anglatadi. Bu guruxdagi barcha material va jihozlar, umuman o‘qitish muhiti har bir bolaning rivojlanishiga xizmat qilishni hamda mo‘ljallangan faoliyat turlari bolalar rivojlanishidagi farqini e’tiborga olishini bildiradi.
Ta’limning rivojlantiruvchi muhiti - bola rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar (o‘yinlar, o‘yin predmetlari va jihozlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, bolalarning turli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi uchun mo‘ljallangan uskunalar) o‘zaro bog‘liqligini belgilab beradigan hal qiluvchi ko‘rsatkichlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |