8.“Прокурор назорати” – фанининг умумий тушунчаси. Prokuratura deganda nazoratni amalga oshiruvchi davlat organi yoki bunga vakolat berilgan mansabdor shaxs tushuniladi. Lotin tilida «Procuratio (Procuro)» sо‘zi «g‘amxо‘rlik qilish, boshqarish», «Procurator (Procuro)» sо‘zi «boshqaruvchi, idora qiluvchi, rais, ishonchli vakil, vakolatli, boshqaruvchi degan ma’nolarni anglatadi. Prokuratura huquqni muhofaza qilish funksiyasini amalga oshirishga mо‘ljallangan davlat organlaridan biridir. Prokuraturaga davlat hokimiyatidagi uch tarmoqning hech biriga kirmaydigan mustaqil davlat organi sifatida qarash zarur. Bu esa prokuratura organlari samarali ishlashining asosiy shartidir. «Prokuratura» sо‘zining ikki xil ma’nosi haqida fikr yuritish mumkin. YA’ni, bu sо‘zni keng ma’noda nazoratni amalga oshiruvchi davlat organi yoki mansabdor shaxs yoxud davlat organining alohida turi sifatida tushunish mumkin. Tor ma’noda esa boshqa hokimiyat tarmoqlariga kirmaydigan, nazorat faoliyatini amalga oshirishga mо‘ljallangan maxsus davlat organlari tizimi tushuniladi.
9.“Прокурор назорати”фанининг – кенг тармоқли ҳуқуқий фанлар ичида тутган ўрни. «Prokuror nazorati» yuridik fan sifatida prokuratura organlari tizimi va strukturasini tartibga soladigan huquqiy normalardan tarkib topgan. Bu fanni о‘qitishdan maqsad talabalarni prokuratura faoliyatini tashkil etishning tarixiy bosqichlari, prokuratura organlarining amaliy faoliyati, bu faoliyatni amalga oshirish usullari bilan tanishtirish va boshqa qonunlarni chuqur о‘zlashtirishga erishishdan iborat. Prokuror nazorati fani boshqa yuridik fanlar bilan aloqador bо‘lib, davlat va huquq nazariyasida prokuratura qonuniylikni mastahkamlovchi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, davlat va jamiyatning qonun bilan qо‘riqlanadigan manfaatlarini, О‘zbekiston Respublikasi konstitusiyaviy tuzumini himoya qiluvchi, huquqbuzarliklarning oldini oluvchi va profilaktika qiluvchi davlat faoliyatining bir turi sifatida qaraladi, konstitusiyaviy huquqda esa, prokuraturani tashkil etuvchi, uning huquqiy maqomini belgilovchi asosiy holatlar, О‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga buysinuvchi prokurorlarni lavozimlariga tayinlash tartibi hamda boshqa davlat organlari tizimida prokuraturaning tutgan о‘rni va о‘zaro aloqasi о‘tganiladi. Jinoyat protsessi fanida jinoyat ishi qо‘zg‘atishdan tortib, sud qarorlarini ijro etish bosqichiga qadar prokurorning protsessual holati, fuqarolak protsessi va xо‘jalik protsessi fanlarida prokurorning suddagi vakolatlari yoritilgan. Ma’muriy huquq fanida prokurorning qonuniy talablarini bajarilmasligi natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlari о‘rganiladi. Jinoyat ijroiya huquqi fanida esa, mahkum va mahbuslarning saqlash joylarida, jinoyat huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarning aniq va bir hilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirilishi yuzasidan prokurorning huquq va majburiyatlari belgilangan. Prokuror nazorati fani jinoyat huquqi, fuqarolik huquqi, tadbirkorlik huquqi, xо‘jalik huquqi, yer huquqi, ekologiya huquqi va boshqa yuridik fanlar bilan ham bevosita bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |