40.О‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bо‘linmalari.O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiyjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuziladi. Departamentga maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy Va transport xizmatiari ko‘rsatilishi bo‘yichaO‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosariga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan Va lavozimidan ozod etiladigan Departament boshlig‘i rahbarlik qiladi. Departament boshlig‘ining o‘rinbosarlari Departament boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi Va lavozimidan ozod etiladi. Departamentning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari Va hududiy boshqarmalari boshliqlari Departament boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi Va lavozimidan ozod etiladi. Departamentni Va uning joylardagi bo‘linmalarini tashkil etish hamda ularning faoliyati tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 6 iyundagi 291-sonli qarori bilan О‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bо‘linmalari tashkil etildi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 6 iyuldagi 291-sonli qarori bilan tasdiqlangan funksiyalarga qо‘shimcha ravishda, Departament va uning hududiy bо‘linmalariga valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish bо‘yicha quyidagi yangi vazifalar: xorijiy valyuta asosidagi operatsiyalarni amalga oshirishda qonunbuzilishlarni aniqlash, ularni bartaraf etish, oldini olish va profilaktika qilish; -xorijiy valyuta mablag‘larining chetga chiqib ketishi mexanizmlari va yо‘llarini, ularning noqonuniy aylanishini, xorijiy valyutani sotish majburiyatlaridan bosh tortish hollarini aniqlash bо‘yicha operativ-tahliliy, qidiruv ishlarini о‘tkazish; -respublika hududida rezedentlar va norezedentlar tomonidan xorijiy valyuta hisobida ish haqi tо‘lash va hisob-kitob qilish hollarini aniqlash va ularni bartaraf etish; -xorijiy valyuta asosidagi tо‘lovlar amalga oshirilishining qonuniyligini, valyuta operatsiyalari bо‘yicha hisob va hisobotlarning tо‘liqligi va obyektivligini takshirish; -normativ-huquqiy bazani, eng avvalo valyuta almashtirish operatsiyalari, shuningdek, valyuta mablag‘larini noqonuniy olib kelish va olib chiqib ketish sohasida qonunbuzilishlarining oldini olish va profilaktikasi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bо‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va takliflar tayyorlash; -amaldagi qonun hujjatlarini buzgan holda о‘tkazilayotgan xorijiy operatsiyalar tо‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, ular bilan ishlash va har tomonlama tahlil qilish; -valyuta sohasidagi qonunbuzilishlari va ularni sodir qilgan shaxslar tо‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona markazlashtirilgan hisobotini yuritish va ma’lumotlarning kompyuter bazasini yaratish; -xorijiy valyutani sotib olish va import-eksport hamda vositachilik operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq valyutaga oid qonunbuzilishlarni о‘rganish va tahlil qilish; -О‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan valyutani tartibga solish sohasida о‘zaro hamkorlik qilishni va axborotlar almashishni amalga oshirish, bunda jinoiy yо‘llar bilan olingan daromadlarning qonuniylashtirilishiga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor berish yuklatildi. Departament tashkil etilgandan keyingi о‘tgan 5 yillik faoliyat davomida soliq sohasidagi qonunbuzilishlarni aniqlash va ularga barham berish, korrupsiya, soliqlar, shuningdek, boshqa majburiy tо‘lovlarni tо‘lashdan bosh tortish, naqd pul va xorijiy valyuta mablag‘larining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bо‘yicha aniq maqsadga yо‘naltirilgan ijobiy ishlar olib borildi*. Iqtisodiy va moliyaviy sohalarda qonuniylikni ta’minlashda Departament muhim о‘rin egalladi.