39.Prokuror nazorati hujjatlariga qо‘yilgan talablarni tahlil qiling.О‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura tо‘g‘risida»gi (yangi tahriri) qonunida aniqlangan qonun buzilishlari yuzasidan ularni bartaraf qilishga qaratilgan prokuror nazorati hujjatlari turlarini belgilangan. Ular quyidagilardir: protest (38-modda), qaror (39-modda), taqdimnoma (40-modda), ariza (41-modda) va ogohlantiruv (42-modda). Protest–keltiriladi, qaror chiqariladi, taqdimnoma va ariza–kiritiladi. Prokuror nazorati hujjatlari har doim individual xarakterga ega: ular u yoki bu aniq organ yoki shaxslarga hamda muayyan faktlarga qaratilgan bо‘ladi. Prokurorlar qonunlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish natijalari bо‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vakolatlari doirasida qabul qilinadigan kо‘p marta qо‘llanishga yoki qat’iy talablar va man etishlarni belgilovchi hujjatlarni qabul qilishga haqli emas. Sanab о‘tilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat hujjatlari bevosita aniq qonun buzilishlarini, ularning kelib chikish sabab va shartsharoitlarini bartaraf etishga yо‘naltirilgan bо‘lishi kerak. Bu hujjatlarni qо‘llash nafaqat umumiy, shuningdek maxsus profilaktik ahamiyatga ega. Prokurorlik nazoratining samaradorligi nafaqat prokurorlar tomonidan о‘tkaziladigan qonunlar ijrosi ustidan nazorat tekshiruvining sifatiga, shuningdek kо‘proq prokurorlar ta’sir hujjatlarining о‘ziga ham bog‘liq. Prokuror nazorati amaliyoti prokuror hujjatlarning samaradorligi uchun zarur bо‘lgan shart-sharoitlarga katta e’tibor beradi. Bu shart-sharoitlarning asosiylari bо‘lib, prokuror ta’sir hujjatining о‘z vaqtida kiritilishi; unda kо‘rsatilgan faktlarning aniqligi va haqqoniyligi; hujjatda keltirilgan prokuror takliflarining huquqiy asos va dalili; hujjatni kiritish yо‘lining tо‘g‘ri tanlanganligi hisoblanadi. Qonunlar ijrosi ustidan nazorat hujjatlarining har bir turi uchun ularni qо‘llashning о‘ziga hos shart-sharoitlari mavjud. Misol uchun: taqdimnoma kiritish chog‘ida unda qonun buzilishi, uning kelib chiqishi va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlar о‘rtasidagi bog‘liklikning aniq ifoda qilinishiga hamda prokuror takliflarining yetarlicha aniq ifodalanishiga e’tibor berish zarur. Ma’muriy yoki intizomiy javobgarlik tо‘g‘risidagi ish yurituvi qо‘zg‘atish haqidagi qarorda sodir qilingan qonunsiz harakatlar, uni sodir qilgan shaxs aniq kо‘rsatilib, bu va boshqa harakatlar mazkur qarorni chiqarishga asos bо‘lganligi qayd qilinadi. Qonunlar ijrosi ustidan nazorat hujjatlari qisqa, lо‘nda, о‘ziga yarasha zarur rekvizitlarni ya’ni, prokuraturaning nomi, manzili, hujjatning tuzilgan joyi va vaqti, hujjatni chiqarayotgan prokurorning familiyasi, mansabi, darajali unvoniga oid ma’lumotlarni о‘z ichiga olgan bо‘lishi kerak. Hujjatning kirish qismida qonun buzilishining mazmuni, uning faktik va yuridik tavsifi, xulosa qismida esa prokurorning qonun buzilishini bartaraf etish yuzasidan talabi, ogohlantiruvi va imkoniyat doirasida, qonunbuzarliklarni bartaraf qilish va ularning oldini olish yuzasidan aniq choralar kо‘rish haqidagi tavsiyalari kо‘rsatilgan bо‘lishi kerak. Hujjat prokuror yoki uning о‘rinbosari tomonidan imzolanadi. Prokuror nazorati hujjatlarining maqsadi quyidagilarga qaratilgan: qonun buzilishining haqiqatan bartaraf etilishiga erishishga, buzilgan huquqlarning tiklanishi va qonunga zid bо‘lgan hujjatlarni bekor qilishga; aniqlangan qonun buzilishining mazmunini tushuntirishga, ularni bartaraf etish uslublari bо‘yicha aniq tavsiyalar berishga; aybdor shaxslar doirasini aniqlash va sodir etilgan qonunbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib chiqqan holda ularning javobgarlik (shu jumladan moddiy) masalasini belgilashga; profilaktik ta’sir о‘tkazish va jamoatchilik fikrini shakllantirishga yо‘naltirilgan bо‘lishi loziml.
Do'stlaringiz bilan baham: |