1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi


Jamiyatning rivojlanishi va ijtimoiylashuv jarayonlari



Download 1,42 Mb.
bet30/79
Sana20.04.2022
Hajmi1,42 Mb.
#566292
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   79
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA 2020.tayyor

1.Jamiyatning rivojlanishi va ijtimoiylashuv jarayonlari.
Globallashuv – XX - asrning ikkinchi yarmi va XXI - asr boshida insoniyat mavjudligining muhim omiliga aylangan, kishilar hayot faoliyatining barcha tomonlarini qamrab oluvchi olamshumul jarayon.


Nufuzli olimlar fikriga ko‘ra, globallashuv - butun sayyora uchun yagona bo‘lgan tuzilmalar, aloqalar va jamiyat hayotining turli sohalaridagi munosabatlarning universallashuv jarayoni. U global makonning yaxlitligi, jahon xo‘jaligining yagonaligi, umumiy ekologik bog‘liqlik, global kommunikatsiyalar va hokazolar bilan tavsiflanadi 5.1-rasm.
Yuksak texnologiyalar va Internet olamidan “global iqtisodiyot”, “global ekologiya” tushunchalari o‘rin oladi, “Internet” tushunchasining o‘zi esa informatsion-kommunikativ munosabatlarning globallashuvidan darak beradi.
Yuz berayotgan globallashuv jarayoniga turli xil nuqtai nazarlar mavjud: kimdir bu jarayonni muqarrar deb hisoblaydi va unga moslashishga harakat qiladi, kimdir mavjud ijtimoiy tartibni himoya qilishga chaqiradi. Yangi ijtimoiy kuch - “aksilglobalistlar” paydo bo‘ldi. Har qanday hodisa kabi, globallashuv ham o‘z kamchiliklari va afzalliklariga ega.
Globallashuvning iqtisodiy jihati axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tarqalishi bilan bog‘lanadi. Ushbu omillar masofa, makon va vaqt haqidagi odatdagi tasavvurlarda tub o‘zgarishlar yasaydi, odamlar, mamlakatlar va xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Bularning barchasi mintaqalarda iqtisodiyot tuzilmasi, aholining ijtimoiy va kasbiy strukturasi, madaniy, ma’rifiy va maishiy ehtiyojlari, hayot qadriyatlari va mo‘ljallari o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bu innovatsiyalar, tovar va xizmatlar sifatini yuksaltirishga asoslangan dunyo miqyosidagi raqobatdir.
Globallashuv ta’lim sohasini, uning tarixiy-pedagogik jihatlarini, qiyosiy-pedagogik tadqiqotlarni, ta’lim metodlarini va ta’limning mazmunini ham chetlab o‘tgani yo‘q. XXI-asrda “global ta’lim” tushunchasi paydo bo‘ldi. Global ta’lim deganda shunday bir alohida megatizim tushuniladiki, unda milliy va jahon ta’lim siyosatining maqsadlari qo‘yiladi va amalga oshiriladi, davlatlar va ularning ta’lim tizimlari o‘rtasida shaxsni kamol toptirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan alohida aloqalar va munosabatlar amal qiladi.
Bilim, ta’lim, axborot xalqaro tijoratda xom ashyoning yangi turlariga, hokimiyat manbalariga, individual va korporativ boylikning muhim tarkibiy qismlariga aylanadi.
Olamshumul o‘zgarishlar muqarrar tarzda ta’limning klassik andozalarga muvofiq bo‘lgan joriy paradigmasi o‘zgarishiga ham sabab bo‘ladi. O‘zgarishlar jarayoni klassik ta’lim ideallarini qamrab oladi, ular ta’limning globallashuvi mazmunini belgilaydi. Jahon ta’limni nazorat qilish va rivojlantirish uyushmasi global ta’limning afzalligini shunda ko‘radiki, u milliy chegaralar doirasidan tashqariga chiquvchi muammolarni o‘rganishni nazarda tutadi va qo‘shnilarning madaniyatini tushunishga ko‘maklashadi, dunyoni o‘zgalar aqli va idroki bilan ko‘rishni o‘rgatadi.
5.2-rasm.
Aholi barcha guruhlarining o‘quv faoliyati rivojlanishning asosiy vositasiga aylanadi. Ta’limga, ayniqsa oliy ta’limga bo‘lgan talab sezilarli darajada kuchayadi. Ochiq va distansion ta’lim rivojlanadi. Globallashuv ta’limga marketing kirib kelishiga sabab bo‘ladi. Ta’lim tadbirkorlik, mablag‘larni investitsiyalash, pullik xizmatlar ko‘rsatish sohasi sifatida qarala boshlaydi.
Ammo ta’limning globallashuvi jarayonlari mazmuni murakkab xususiyat kasb etadi. Globallashuv ta’limning maqsad va vazifalariga aniq talablar qo‘yadi. Aniqroq aytganda, ta’lim tizimi informatika, menejment, yangi texnologiyalar, marketing sohasida o‘ta professional mutaxassislarni, ya’ni global iqtisodiyot, postindustrial sivilizatsiya va axborot jamiyati talablariga javob berishga qodir bo‘lgan funksionerlarni tayyorlashi talab etiladi. Ta’lim muammosiga globalistik yondashuv ayni shu omil bilan belgilanadi - u global jamiyat umumiy tizimida funksional tuzilma bo‘lishi lozim.
Ta’limni modernizatsiya qilish - davr talabi, hozirgi hayot omili. Ushbu maqsadni ko‘zlamaydigan har qanday milliy ta’lim tizimi istiqbolsiz. Aksariyat davlatlar o‘z ta’lim tizimining sifati milliy farovonlikni belgilovchi asosiy omil hisoblanishini tan olgani tasodifiy bir hol emas.
Ta’lim haqida so‘z yuritilgan barcha hollarda eng avvalo bilimli insonni voyaga yetkazish nazarda tutiladi.
Globallashuv muammolarni ilgari surish bilan vaqtda hamjamiyat uchun oliy ta’limning keng imkoniyatlarini ham taklif qiladi va shu tariqa kelajakni yaratishda ulkan rol o‘ynaydi.
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasi - globallashuv jarayonining muhim yo‘nalishi. Bu yashovchan infratuzilma makon va vaqtni o‘z ichiga oladi hamda iqtisodiy, siyosiy va madaniy yutuqlarga erishishni yengillashtiradi. Oliy ta’lim sohasida bu texnologiyalar kurslar va kutubxona materiallari onlayn muhitiga joylashtirilishi natijasida bir talabaga qilinadigan xarajatlarni qisqartirish uchun imkoniyat yaratadi. Ushbu strategiya transmilliy ta’lim olish imkoniyatlarini hamda yangi provayderlarning eski infratuzilmadan foydalanmasdan ta’lim berish imkoniyatlarini ham oshiradi.
Oliy ta’limda sifat muammosi - ko‘p sonli darajalarda muhokama qilinadigan masala. Universitetlar amaliyotida professor-o‘qituvchilar tarkibining kasbiy mahorati birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. E.M.Korotkov fikriga ko‘ra, ta’limning sifati - bu mutaxassisning kasbiy faoliyatni iqtisodiyotning hozirgi talablariga muvofiq samarali amalga oshirishga qodirligini belgilovchi professional ong tavsiflari majmuidir.
Bizningcha, oliy ta’limning sifati (natija sifatidagi) oliy ta’limning rang-barang ehtiyojlar, maqsadlar, talablar va me’yorlarga muvofiqligidir.
Hozirgi vaqtda ta’limning sifati o‘quv yurti va mamlakat oliy maktabining raqobatbardoshlik darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biridir. Muayyan oliy o‘quv yurtida ta’limning sifati buyurtmachiga taklif qilinuvchi ta’lim xizmatlari majmuini ham o‘z ichiga oladi.
Ta’limning sifati boshqariladigan jarayon bo‘lishi lozim. Oliy o‘quv yurti uch sub’yekt - ta’lim jarayoni buyurtmachilari: ta’lim oluvchi shaxs, malakali kadrlarga muhtoj ishlab chiqarish va ta’lim jarayonining kafolatchisi sanalgan avlodga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadi.
O’zbekistonda ta’limni global rivojlantirish hozirgi zamon pedagogik nazariyasi va amaliyotining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. U jadal sur’atlarda o‘zgarayotgan dunyo sharoitlarida insonni hayotga tayyorlash zaruriyatiga asoslanadi. Global ta’lim konsepsiyasi ta’limning mazmuniga nisbatan umumiy yondashuvni o‘z ichiga oladi: u dunyo haqida o‘z mamlakati madaniyati nuqtai nazaridan tasavvur hosil qilish va o‘z madaniyatining noyobligini global jarayonlar kontekstida idrok etish ko‘nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O’zgacha qarashlar, odatlar va dinlarga sabr-toqatlilik, o‘z madaniyatining xususiyatlarini boshqa xalqlar madaniyatlari va jahon madaniyati kontekstida ko‘ra bilish, dunyoni murakkab o‘zaro aloqalar majmui sifatida idrok etish ko‘nikmalari global ta’limning muhim omillari hisoblanadi.



Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish