1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi


Ijtimoiylashuvning asosiy elementlari



Download 1,42 Mb.
bet24/79
Sana20.04.2022
Hajmi1,42 Mb.
#566292
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA 2020.tayyor

3.Ijtimoiylashuvning asosiy elementlari.
Umuman olganda ijtimoiylashuv jarayonini shartli ravishda to‘rt element birikmasi sifatida tavsiflash mumkin (4.1- jadval):

Ijtimoiylashuv

stixiyali

nisbatan
yo‘naltiriladigan

nisbatan ijtimoiy boshqariladigan (tarbiyaviy)

Insonning o‘z-o‘zini o‘zgartirishi

- jamiyat hayotining ob’yektiv sharoitlari ta’sirida insonning stixiyali ijtimoiylashuvi. Bunda mazkur jarayon mazmuni, xususiyati va natijalari ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy sharoitlar bilan belgilanadi;


- nisbatan yo‘naltiriladigan ijtimoiylashuv. Bunda davlat o‘z vazifalarini hal qilish uchun muayyan iqtisodiy, qonunchilik va tashkiliy choralar ko‘radi (masalan, ta’limning majburiy minimumini, uning boshlanish yoshini, armiyada xizmat qilish muddatlarini belgilaydi) va ular rivojlanish imkoniyatlari va xususiyatini o‘zgartirishga, u yoki bu ijtimoiy-kasbiy, etnomadaniy va yosh guruhlarining hayot yo‘liga ta’sir ko‘rsatadi;
- nisbatan ijtimoiy boshqariladigan (tarbiyaviy) ijtimoiylashuv;
- jamiyat va davlat inson kamol topishi uchun huquqiy, tashkiliy, moddiy va ma’naviy sharoitlar yaratishi;
- insonning ozmi-ko‘pmi ongli ravishda o‘z-o‘zini o‘zgartirishi. Bu individual resurslarga muvofiq va hayotning ob’yektiv sharoitlariga muvofiq yoki ularga zid ravishda yuz beradi va aksilijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘ladi.
Tarbiya ijtimoiylashuv jarayonida har bir konkret jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichida nisbatan mustaqil tus oladi. Bunda u shu darajada murakkablashadiki, yosh avlodni sotsiumda yashashga tayyorlash borasidagi maxsus faoliyatga zaruriyat paydo bo‘ladi.
Tarbiya nisbatan ijtimoiy boshqariladigan ijtimoiylashuv sifatida stixiyali va nisbatan yo‘naltiriladigan ijtimoiylashuvdan shu bilan farq qiladiki, uning zamirida ijtimoiy harakat yotadi.
Ijtimoiy harakat tushunchani muomalaga kiritgan nemis olimi Maks Veber uni muammolarni yechishga qaratilgan harakat sifatida; sheriklarning javob harakatiga qarab mo‘ljal oluvchi maxsus harakat sifatida; inson o‘zaro munosabatlarga kirishuvchi kishilar xulq-atvorining ehtimol tutilgan variantlarini sub’yektiv anglab yetishni nazarda tutuvchi harakat sifatida tavsiflagan.
Bundan tashqari, ijtimoiylashuv - uzluksiz jarayon, chunki inson sotsium bilan muntazam ravishda o‘zaro aloqa qiladi.
Tarbiya - pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri. Shunga qaramay ushbu tushunchaning umum e’tirof etilgan ta’rifi mavjud emas. Buning sabablaridan biri - uning ko‘p ma’noliligi. Masalan, tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida, faoliyat sifatida, qadriyat sifatida, tizim sifatida, ta’sir ko‘rsatish sifatida, o‘zaro aloqa sifatida qaralishi mumkin. Bu ma’nolarning har biri o‘rinlidir, lekin ularning birortasi ham tarbiyaga umumiy tavsif berish imkoniyatini bermaydi.
Quyida taklif qilinayotgan ta’rifda nisbatan ijtimoiy boshqariladigan ijtimoiylashuv jarayoni sifatidagi tarbiyaga xos bo‘lgan umumiy jihatni aks ettirishga harakat qilingan.
Tarbiya - insonni nisbatan ongli ravishda va izchil kamol toptirish jarayoni bo‘lib, u insonning jamiyatga moslashuviga ozmi-ko‘pmi izchil ko‘maklashadi.
Tarbiyaning mazmuniga tavsif berar ekanlar, ayrim tadqiqotchilar aqliy, mehnatga doir va jismoniy tarbiyani, ba’zilar - ma’naviy, mehnatga doir, estetik, jismoniy tarbiyani ajratadilar, yana bir guruh mualliflar esa bunga huquqiy, iqtisodiy tarbiyani qo‘shimcha qiladilar.
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari munosabatlarining xususiyati nuqtai nazaridan mazkur tushuncha katta avlod vakillarining kichik avlod vakillariga izchil ta’sir ko‘rsatishi sifatida, kattalar va kichiklarning o‘zaro aloqasi va bunda kattalar rahbarlik rolini o‘ynashi bilan bog‘liq jarayon sifatida, u va bu turdagi munosabatlar birikmasi sifatida tavsiflanadi.
Yetakchi tamoyillarga hamda tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar munosabatlarining uslubiga ko‘ra avtoritar, liberal, demokratik tarbiyani ajratadilar.



Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish