1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi


Kim bolada eng avvalo marifatli insonni tarbiyalash kerak deb hisoblagan?



Download 1,42 Mb.
bet16/79
Sana20.04.2022
Hajmi1,42 Mb.
#566292
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA 2020.tayyor

8. Kim bolada eng avvalo marifatli insonni tarbiyalash kerak deb hisoblagan?
A) M.Monten.
B) Tomas Mor.
C) Suqrot.
D) Disterveg.
9. “Insonning pedagogika”, “Pedagogik simfoniya” kabi asarlar muallifi kim?
A) Sh.A.Amonashvili. B) Ya.Korchak.
C) M.Monten. D) T.Mor.
10.Jamiyat va inson muammolari, jamiyatda odamlar o‘rtasidagi munosabatlarga doir muammolar haqidagi fan?
A) Ijtimoiy falsafa.
B) Madaniyatshunoslik.
C) Ijtimoiy pedagogika.
D) Tarix.


O‘zini o‘zi nazorat qilish uchun savollar va topshiriqlar:
1. Ijtimoiy pedagogika tamoyillarining rivojlanishi qaysi tarixiy omillar bilan belgilanadi?
2. Pedagogik tamoyillar va ijtimoiy pedagogika tamoyillarining o‘zaro aloqasiga tavsif bering.
3. Ijtimoiy pedagogikaning tabiatga muvofiqlik tamoyiliga tavsif bering.
4. Madaniyatga muvofiqlik tamoyilining xususiyatlari va uning ijtimoiy pedagogika uchun ahamiyati.
5. Insonparvarlik tamoyilining mohiyati nimada?
3-MAVZU: JAMIYATDA SHAXSNING IJTIMOIY KAMOL TOPISHINI BELGILOVCHI ASOSIY OMILLAR
Reja:
1.Globallashuv jarayonlari va yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish muammolari.
2. Shaxsning o‘sishi va kamol topishi.
3. Shaxsning yoshga doir ijtimoiylashuvi va oziga xos xususiyatlari.


Tayanch iboralar: Globallashuv, ta’lim muammolari, shaxsning o‘sishi, shaxsning kamol topishi, yoshga doir ijtimoiylashuv.
Mashg‘ulotning maqsadi: Globallashuv jarayonining asosiy muammolari va afzalliklari, shaxsning o‘sish va kamol topish bosqichlari, yoshga doir ijtimoiylashuv haqida tasavvurni shakllantirish.


1.Globallashuv jarayonlari va yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish muammolari.
Ta’lim jarayoni ijtimoiy institut bo’lmish, jamiyatning ijtimoiy tuzilmalaridan mazmunli tomonlarini ochib beradi. Ta’limning mazmuni jamiyatning holatini, uning bir holatdan boshqa holatga o‘tishini aks ettiradi. Hozirgi vaqtda bu industrial jamiyatdan XXI-asr axborot jamiyatiga o‘tish holatidir.
Ta’lim - ajdodlar to‘plagan bilim va madaniy qadriyatlarni avlodlarga berish jarayonidir. Ta’limning mazmuni madaniyat va fan merosidan, shuningdek, inson hayoti va amaliyoti bilan to‘ldiriladi. Ya’ni ta’lim ijtimoiy va madaniy fenomen hisoblanadi. Shu tufayli ham ta’lim ayrim sohalar (iqtisodiyot, siyosat, madaniyat) va butun jamiyat rivojlanishining muhim omiliga aylanadi.
Quyidagilar hozirgi zamon ta’limining asosiy ijtimoiy va madaniy funksiyalari hisoblanadi:
1.Ta’lim - insonni fan va madaniyat dunyosiga kiritishning samarali usullaridan biri.
2.Ta’lim insonning ijtimoiylashuv amaliyoti va vorisiylik omili sifatida turli tarixiy sharoitlarda ta’lim yangi ijtimoiy tasavvurlar va o‘tgan avlodlarning qarashlari o‘rtasida bog‘lovchi omil sifatida gavdalanadi.
Aynan paytda ta’lim jarayonida inson madaniy qadriyatlarni o‘zlashtiradi. Bugungi kunda dunyo ta’lim sohasida o‘z kuch-g‘ayratini birlashtirmoqda. Ayni shu sababli jahon hamjamiyatida ta’limning yashash joyi, ma’lumot olish turi va darajasidan qat’iy nazar, insonga ta’lim berish global strategiyasi amalga oshirilmoqda. Maktab yoki oliy o‘quv yurtidagi ta’lim berish muhiti insonning ijtimoiy guruhda o‘zini tutish va muloqot qilish qoidalari va usullarini tanlashiga ta’sir ko‘rsatadi. Ta’limning bosh vazifalaridan biri yosh avlodni mustaqil hayotga tayyorlash hisoblanadi. Mustaqil hayotga tayyorlashning mohiyati jamiyatda qabul qilingan turmush tarzini shakllantirish, faoliyatning turli xil shakllarini o‘zlashtirish, ijod uchun insonning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish bilan belgilanadi.
Shu sababli jamiyat rivojlanishining har bir madaniy-tarixiy bosqichiga o‘z ta’lim tizimi, xalqqa esa - o‘z tarbiya tizimi xosdir. Ta’limning gumanistik qimmati insonning ma’rifiy va ma’naviy ehtiyojlarini rivojlantirish imkoniyati bilan belgilanadi.
Jahonda oliy ta’lim tizimida olamshumul o‘zgarishlar yuz berayapti. Ta’lim sohasida davlat monopoliyasidan voz kechilishi, tijorat ta’limining yaratilishi, ijtimoiy hayot ukladining o‘zgarishi ta’lim xizmatlari bozori paydo bo‘lishiga olib keldi. U axborot bozori va mehnat bozori bilan bir qatorda ta’lim sohasiga faol ta’sir ko‘rsatmoqda.
Iqtisodiyot va jamiyatdagi axborotlashtirish jarayonlari, davlat, xususiy korxona va tashkilotlar faoliyati sharoitlarining o‘zgarishi ta’lim xizmatlariga talabning oshishiga olib keldi.
Ta’limga bo‘lgan ehtiyoj muayyan kasbni o‘zlashtirish, ma’lum lavozimni egallash, konkret darajada ma’lumot olish, qo‘shimcha malakaga ega bo‘lish, jamiyatda muayyan o‘rinni egallash, mansab pillapoyalaridan ko‘tarilish niyati bilan belgilanadi.
Hozirgi dunyoda ta’lim yuksak maqomga erishish omili sifatidagina emas, balki hozirgi hayotda yashab qolish vositasi sifatida ham qaraladi. Ta’lim inson kapitalini o‘stirish vositasi sifatida ham qaralishi mumkin. “Inson kapitali” tushunchasini birinchilardan bo‘lib A.Smit fanga kiritgan va unga “Jamiyat a’zolarining ularga daromad olish huquqini beruvchi to‘plagan bilimlari va ko‘nikmalari”, deb tavsif bergan.
Ta’limning ichki samaradorligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • ta’limga doir ehtiyojlarning qondirilishida;

  • ma’naviy va madaniy darajaning yuksalishida;

  • aqliy qobiliyatlarning o‘sishida;

  • texnika va iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarga moslashuvchanlikning shakllanishida; ta’lim muassasalarining o‘zida ilmiy bilimlar hajmining o‘sishida va sh.k.

Mamlakatda ta’lim darajasi uning mehnat resursi, iqtisodiy salohiyati, xavfsizligi va rivojlanish istiqbollarini belgilaydi. Bu yerda gap aholi ta’lim darajasining o‘sishidan butun jamiyat uchun qo‘shimcha effektlar haqida boradi. Lo‘nda qilib aytganda, inson o‘z ma’lumot darajasini oshirar ekan, bundan o‘zi manfaat ko‘ribgina qolmasdan, jamiyatga ham foyda keltiradi. Ayni hol davlat ta’lim tizimini byudjetdan qo‘llab-quvvatlashi lozimligini belgilaydi.
Ta’lim muassasalari bozorda taklifni shakllantiruvchi, ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi va ularni sotuvchi sub’yektlar sifatida ish ko‘radilar. Eng avvalo oliy va o‘rta ta’lim muassasalariga to‘xtalamiz.
Bizga ma’lumki, O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi yaratilgan. Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi quyidagi turdagi oliy o‘quv yurtlarini o’z ichiga qamrab oladi: universitet, akademiya, institut, kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim kabilar.
Universitetlar ta’lim, fan va madaniyatni, ayniqsa keng yo‘nalishlarda fundamental ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning barcha darajalarida ta’lim berish yo‘li bilan rivojlantiradilar. Ular ta’limni rivojlantirishning yetakchi markazlaridir.
Akademiyalar asosan fan, texnika va madaniyat sohalaridan birida ish ko‘radilar, o‘z faoliyat sohasida yetakchi ilmiy-uslubiy markazlar hisoblanadilar. Ular oliy malakali mutaxassislar tayyorlaydilar va muayyan tarmoq (tarmoqlar guruhi)ning rahbar kadrlarini qayta tayyorlaydilar.
Institutlar mustaqil o‘quv yurtlari sifatida yoki universitetlar, akademiyalar, institutlarning tarkibiy bo‘linmalari sifatida fan, texnika va madaniyatning bir qancha yo‘nalishlarida bazaviy ta’limdan past bo‘lmagan darajada kasb-hunar ta’limi dasturlarini amalga oshiradilar va ilmiy tadqiqotlar olib boradilar.
Ta’lim sohasida davlat boshqa sub’yektlar zarur ko‘lamda bajarishga qodir bo‘lmagan alohida funksiyalarni amalga oshiradi. Rivojlangan mamlakatlarda (masalan, AQShda) federal ta’lim organlarining bosh vazifasi ijtimoiy ta’lim institutlarining ijobiy imijini, ular xususida jamoatchilikning ijobiy fikrini, shu jumladan aholi o‘rtasida ham, ish beruvchilar orasida ham quvvatlash va mustahkamlashdan iborat.
Butun dunyoda davlat ta’limni moliyalashtiradi (eng avvalo uni fundamentallashtirish va insonparvarlashtirish yo‘nalishida) va boshqa sub’yektlarning ushbu sohaga uzoq muddatli investitsiyalari uchun kafolatlar beradi, ustuvor ixtisosliklarni, mutaxassislar tayyorlash shakllari va usullarini, ta’limning rivojlanishini ta’minlash maqsadida soliq imtiyozlarini va bozorni tartibga solishning boshqacha shakllarini qo‘llaydi. Davlat ta’lim bilan quvvatlanuvchi kasblar va ixtisosliklarning ro‘yxatlarini belgilaydi, ta’lim xizmatlari assortimentining bazaviy jihatlarini shakllantiradi. U ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishni amalga oshiradi, ta’lim xizmatlari sifatining, uning ta’lim standartlariga muvofiqligining kafili hisoblanadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga ta’lim tizimi uchun pedagogik va boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tashkil etish vazifasi ham yuklatilgan.
Jamiyatning qashshoqligi va ta’lim tizimining ojizligi bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ta’lim sohasiga investitsiyalar eng samarali investitsiyalardan biri hisoblanishi rivojlangan mamlakatlarda shak-shubhasiz bir hol sifatida qaraladi. Amerikalik ekspertlarning baholashlaricha, ta’lim tizimida 1 dollar xarajat 3-6 dollar miqdorida daromad olish imkoniyatini beradi.
Ta’lim, ayniqsa oliy ta’lim madaniyat bilan uzviy bog‘liq. Ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talab madaniyat darajasi bilan bevosita bog‘liq, bunda madaniyat darajasi qancha yuqori bo‘lsa, yangi bilimlar va qo‘shimcha ta’limga ehtiyoj shuncha kuchli bo‘ladi. Madaniy darajaning o‘sishiga muvofiq ravishda iste’molchi o‘zining ta’lim sohasidagi ehtiyojlarini qondirishga ongli ravishda yo‘naltiruvchi byudjetdagi xarajatlar ulushi ham ko‘payib boradi.
Shunday qilib, ta’limning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy mohiyati mavjudligi haqida gapirish mumkin. Bunda ta’limning iqtisodiy tabiati insonda ta’lim kapitali shakllanishida namoyon bo‘ladi. Bu kapital unga kelajakda o‘z mehnatini yaxshi pulga sotish, jamiyatga esa mehnat unumdorligini oshirish va kishilarning bilim va ko‘nikmalaridan foydalanish hisobiga yanada ko‘proq mahsulot olish imkoniyatini beradi. Ta’lim iqtisodiy mohiyatining mazkur talqini u investitsion tovar sifatida tushunilishiga zid kelmaydi, chunki u kelajakda o‘zini oqlaydigan qo‘yilmalarni talab qiladi.
Ta’limning ijtimoiy mohiyati odamlarda ijtimoiy o‘zaro aloqa ko‘nikmalari tarbiyalanishida, shaxsning samarali ijtimoiylashuvida, o‘z maqsadlariga, jamiyat maqsadlariga ziyon yetkazmasdan erishish, individual, kollektiv va jamoat manfaatlarini muvofiqlashtirish ko‘nikmalari shakllantirilishida namoyon bo‘ladi.
Nihoyat, ta’limning madaniy mohiyati shaxs va jamiyat ma’naviy qadriyatlarining shakllanishida, kishilarda hayot faoliyatining ma’naviy tamoyillari, ma’naviy pozitsiya rivojlanishida namoyon bo‘ladi. (Kasb ta’limi xizmatining mohiyati 3.1-chizma).

Ta’lim - shaxs qimmatini oshirish

Bevosita ta’lim-tarbiya olish

Kasbiy salohiyat, Ijtimoiy salohiyat, shaxs ma’naviy salohiyati

Millatning


inson
kapitali


Boshqacha qilib aytganda, ta’lim o‘zaro bog‘langan uch jarayon — ta’lim (bilim berish va kasbiy malakani shakllantirish), tarbiya va maorifning birligi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, ta’lim xizmati tushunchasini aholiga ta’lim va tarbiya berish hamda ma’rifat tarqatish bilan bog‘liq xizmatlar majmui sifatida tavsiflash mumkin. Ta’lim xizmatining bunday talqini oliy kasb-hunar ta’limi doirasida amalga oshiriladi. Bu yerda ta’lim oluvchining kasbiy malakasini shakllantirish bilan, tarbiya - ijtimoiylashuv ko‘nikmalariga ega bo‘lishi bilan, maorif - shaxsning ma’naviy o‘zlikni anglash hissi qo‘sishi bilan bog‘liq. Ta’limning bu uch yo‘nalishi milliy boylik sifatidagi inson kapitali shakllanishiga ko‘maklashadi (3.1-rasm).



Inson kapitalini rivojlantirish konsepsiyasining qabul qilinishi aksariyat rivojlangan mamlakatlar uchun yangi jamiyat shakllanishi va bilimlar iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni bilan muvofiq keldi.
Shaxs - bu o‘z ijtimoiy aloqalari va o‘zaro ijtimoiy munosabatlarga ega bo‘lgan inson, ijtimoiy muhit ta’sirini o‘zida his etuvchi jamiyat a’zosi. Shaxsning kamol topish jarayoni u voyaga yetganidan so‘ng ham to‘xtamaydi, chunki ijtimoiy voqelik, shaxsning jamiyatdagi holati o‘zgaradi.



Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish