1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi


Bolalar xulq-atvorida agressivlikning sabablari



Download 1,42 Mb.
bet67/79
Sana20.04.2022
Hajmi1,42 Mb.
#566292
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA 2020.tayyor

2. Bolalar xulq-atvorida agressivlikning sabablari.
Bolaning agressiv harakatlarini ilk bolalik davridan boshlab kuzatish mumkin. Hayotning dastlabki yillarida ular impulsiv tarzda namoyon bo‘ladi. Bola o‘sishi bilan hayotning ikkinchi yilidayoq uning xulq- atvorida mustaqillik ortadi. Uch yoshga to‘lganda bola ko‘proq o‘jarlik qila boshlaydi va bu hol ota-ona shikoyatlariga sabab bo‘ladi. Bu yerda ota-onaning javob reaksiyasi tarzida jiddiy holat kuzatiladi. Ilgari bolaning o‘jarligi, erkaliklari ota-onada yon berish tarzida javob reaksiyasini uyg‘otgan bo‘lsa, endi bola taqiqqa duch keladi. Uning qiziqishlari va ota-onaning taqiqi konfliktli vaziyatga sabab bo‘ladi. Kattalarning bola xulq-atvorini “to‘g‘ri yo‘lga solish” borasidagi harakatlari bolada o‘ta salbiy munosabat uyg‘otadi.
Amerikalik psixolog Karen Xorni fikriga ko‘ra, ota-ona bilan munosabatlarda bolada xavfsizlik hissini buzuvchi barcha omillar amalda bazal tahlikaga olib keladi. Bazal tahlika - dunyoda o‘zini yolg‘iz his qilish, umuman dunyoga dushmanlik ko‘zi bilan qarash. Bolalikka ikki xil ehtiyoj xos: o‘z ehtiyojlari qondirilishiga bo‘lgan ehtiyoj va xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyoj. Birinchi ehtiyoj barcha biologik omillar - ovqatlanish, issiqlik va uyquga bo‘lgan ehtiyojlarni qamrab oladi. Ammo birinchi o‘rinda xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyoj turadi. Lo‘nda qilib aytganda, bola o‘zini yaxshi ko‘rishlarini va himoya qilishlarini istaydi. Bu yerda bola to‘laligicha ota-onasiga qarab bo‘ladi. Agar ular bolaga mehr-muhabbat ko‘rsatsalar, pirovardida sog‘lom shaxs shakllanadi. Aks holda shaxsning patologik rivojlanishi yuz berishi mumkin. Bazal dushmanlik - bolada o‘zini rad etuvchilarga, o‘zi bilan yomon muomalada bo‘luvchilarga (shu jumladan ota-onasiga) nisbatan dushmanlik hissi. Bu holda bolaning xatti- harakatlari qo‘rquv, ojizlik hislari bilan belgilanadi. Keyinchalik bazal dushmanlik va tahlika negizida nevrozlar paydo bo‘lishi mumkin.
Sotsiologik tadqiqotlar o‘smirlarning deviant xulq-atvori sabablari ko‘p sonli ekanligini ko‘rsatadi. So‘rovdan o‘tkazilgan o‘smirlarning 25% o‘zaro janjallar uchun jiddiy sabab sifatida hasad, xusumat, darg‘azablik, xiyonat, surbetlik, qo‘rslikni ko‘rsatganlar. O‘smirlarning 29% biron-bir sabab tufayli emas, balki bekorchilikdan janjallashishlarini tan olganlar. O‘smirlarning 19% o‘z kuchini ko‘rsatish, obro‘-e’tibor orttirish uchun janjallashadi.
Tadqiqotlar o‘smirlarning aksariyati (51%) o‘zi qiziqqan ish bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega emasliklarini ko‘rsatadi. Bolalar o‘z bo‘sh vaqtlarini ko‘pincha televizor ko‘rib, kompyuter o‘ynab, ko‘chada tengdoshlari bilan sayr qilib, musiqa eshitib o‘tkazadilar. Kamdan-kam hollarda o‘smirlar badiiy adabiyotlar mutolaa qiladilar (18%), sport bilan shug‘ullanadilar (24%). O‘smirlarning ko‘pchiligi (30%) konsertlar, ko‘rgazmalarga hech qachon bormaganlar.
So‘rov natijalarining tahlili aksariyat o‘smirlar (60%)ning shaxslararo muloqot doirasi ancha keng degan xulosaga kelish imkoniyatini beradi. O‘smirlarning oz qismi (taxminan 20%) do‘stlari ozligi yoki bittaligini tan oladilar. Bundan tashqari, o‘smirlarning 14% do‘stlari emas, balki tanishlari, oshna-og‘aynilari borligini qayd etadilar. Ayrim o‘smirlar o‘zlarini yolg‘iz his qiladilar. Do‘st topishga intilish o‘smir doim ham ijobiy yo‘nalishda bo‘lavermaydigan noformal guruhga qo‘shilishiga turtki beruvchi omillardan biriga aylanishi mumkin.
Shunday qilib, tarbiyasi og‘ir o‘smirlar paydo bo‘lishining bosh sabablaridan biri - bolaga psixologik madadning yetishmasligidir.



Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish