1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi


Kodeksning uchinchi qismi nimaga bag`ishlangan?



Download 1,42 Mb.
bet61/79
Sana20.04.2022
Hajmi1,42 Mb.
#566292
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   79
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA 2020.tayyor

10. Kodeksning uchinchi qismi nimaga bag`ishlangan?
A) Ijtimoiy xodimlarning o‘z hamkasblari oldida javobgarligiga bag‘ishlangan.
B) Ijtimoiy xodim xulq-atvorining umumiy masalalari va uning kasbiy vazifalariga bag‘ishlangan.
C) Ijtimoiy xodimlarning ish beruvchilar oldidagi axloqiy mas’uliyati muammolari muhokama etilgan.
D) Ijtimoiy xodimlarning mijozlar oldidagi axloqiy javobgarligi masalalari muhokama qilingan.


O‘zini o‘zi nazorat qilish uchun savollar va topshiriqlar:
1. Ijtimoiy ishning kasb sifatida vujudga kelishi qanday?
2. Ijtimoiy ishda axloqiy tamoyillarga misol keltiring.
3. Yevropada xotin-qizlar harakati asoschisi
4. Umumiy ijtimoiy ish qanday sohalarni nazarda tutadi?


11-MAVZU: AHOLIGA IJTIMOIY MADAD KO‘RSATISHNING ASOSIY MODELLARI
Режа:
1. Aholiga ijtimoiy madad ko‘rsatishning asosiy modellari.
2. Yevropa mamlakatlarida aholini ijtimoiy himoya qilish.
3. AQShda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi.


Tayanch iboralar: Ijtimoiy risklar, ijtimoiy himoya, ijtimoiy himoya obekti, faol va passiv ijtimoiy himoya, ijtimoiy tolov,ijtimoiy sugurta.
Mashg‘ulotning maqsadi:Talabalarni hozirgi davrda aholiga ijtimoiy madad korsatishning modellari va Evropa mamlakatlarida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi bilan tanishtirish.


1. Aholiga ijtimoiy madad ko‘rsatishning asosiy modellari.
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi ijtimoiy barqarorlikni va jamiyatning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish institutlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun mehnatga qobiliyatli aholini ijtimoiy risklardan himoya qilishning samarali mexanizmi zarur. Quyidagilar ijtimoiy risklar hisoblanadi: kasallik, nogironlik, boquvchisini yo‘qotish, jarohatlanish, ishsizlik, migratsiya, turar joysiz qolish, qarilik, qashshoqlik. Mazkur risklarga har qanday odam o‘z umri mobaynida duch kelishi mumkin.
Hozirgi vaqtda aholini ijtimoiy himoya qilish deganda aholi turli qatlamlarining, eng avvalo ijtimoiy nochor aholining hayotini quvvatlashga qaratilgan, qonun yo‘li bilan belgilangan iqtisodiy, ijtimoiy va yuridik kafolatlar hamda ularni amalga oshirishni ta’minlovchi ijtimoiy institutlar va muassasalar majmui tushuniladi.
Ijtimoiy himoya ob’yekti – Bunga aholining barcha guruhlari kirishi mumkin. Ammo bunda aholining iqtisodiy va ijtimoiy nochor qatlamlari, chunonchi: kam daromadli oilalar, nogironlar, qariyalar, yetim bolalar, yolg‘iz va ko‘p bolali ota-onalar, ekologik halokatlardan jabrlanganlarga alohida e’tibor qaratiladi.
Jahon amaliyotida aholini ijtimoiy himoya qilishning ikki tipi - faol va passiv ijtimoiy himoya farqlanadi. Faol ijtimoiy himoya jamiyatning mehnatga qobiliyatli a’zolariga qarab mo‘ljal oladi va kishilar o‘z-o‘zini himoya qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutadi. Bu eng avvalo mehnat bozoridagi faol harakatlar va ijtimoiy sug‘urtalashda ularning faol ishtiroki orqali amalga oshiriladi. Passiv ijtimoiy himoya aholining mehnatga qobiliyatsiz va ijtimoiy nochor qatlamlariga qarab mo‘ljal oladi va eng avvalo bevosita moddiy madad ko‘rsatishga asoslanadi.
Shu tufayli ham aholini ijtimoiy himoya qilishning mohiyatini tushunishga nisbatan ikki xil yondashuv mavjud:
1. Ijtimoiy himoya - fuqarolarni va ularning oila a’zolarini yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardan kelib chiqib ijtimoiy ta’minlash;
2. Aholini ijtimoiy himoya qilish - ayrim toifadagi kishilarga ko‘rsatiladigan adresli ijtimoiy yordam (ijtimoiy to‘lovlar, natural yordam, ijtimoiy xizmatlar).
Xalqaro mehnat tashkiloti ijtimoiy himoyaga ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy yordamni kiritadi. Mazkur tashkilot konvensiyalarida aholini ijtimoiy himoya qilishning asosiy tamoyillari ta’riflangan. Aholini ijtimoiy himoya qilish milliy tizimlari ayni shu konvensiyalarga muvofiq konkret mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda tarkib toptiriladi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi va professional ijtimoiy ish bir-biri bilan uzviy bog‘liq va bir-birini taqozo etadi. Professional faoliyat turi sifatida ijtimoiy ish zaruriy qonunchilik va normativ baza, rivojlangan infratuzilma, tayyorlangan kadrlar mavjudligini nazarda tutadi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda aholini ijtimoiy himoya qilishning rang-barang tashkiliy-huquqiy shakllari qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy yordam aholini ijtimoiy himoya qilishning ayniqsa keng tarqalgan shakllari hisoblanadi.
Yevropa qit’asida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining rivojlanishi uzoq tarixga ega. 1607 yilda qirolicha Yelizaveta barcha qonunlar va farmonlarni bitta “Qashshoqlar to‘g‘risida qonun”ga birlashtiradi. Bu qonun uzoq vaqt amal qiladi, ko‘p karra qayta ko‘riladi, vaqt o‘tishi bilan unga ko‘p sonli o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu o‘zgartirishlar ijtimoiy yordamga yanada insoniyroq tus beradi. Masalan, XIX asr o‘rtalaridayoq Angliyada konkret ijtimoiy guruhlarga yordam ko‘rsatish adresli dasturlari mavjud bo‘lgan. Ijtimoiy yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi tobora kengayib borgan.
1909 yildan Buyuk Britaniyada ko‘p sonli yangi qonunlar qabul qilinadi va ularda ommaviy ong va ijtimoiy siyosatda yuz bergan o‘zgarishlar aks etadi. 1911 yilda kasallik va ishsizlik holati uchun ehtiyot shart majburiy sug‘urtani joriy etuvchi milliy sug‘urta to‘g‘risida qonun qabul qilinadi. 1925 yilda qarilik nafaqasi to‘g‘risida, bevalar va yetimlarga nafaqalar to‘g‘risida qonunlar qabul qilinadi. 1929 yilda qabul qilingan mahalliy ma’muriyat to‘g‘risidagi qonunga muvofiq ijtimoiy yordam qo‘mitalari tashkil etiladi. Ular mahalliy ma’muriyatga (graflik kengashiga) bo‘ysunadi va joylarda ijtimoiy ishni amalga oshiradi. 1934 yilda ishsizlar to‘g‘risida qonun qabul qilinadi va unga muvofiq sug‘urtalanmagan shaxslarga yordam ko‘rsatiladi, nafaqaxo‘rlar va bevalarga qo‘shimcha nafaqalar to‘lanadi. Shunday qilib, XX asrning 30-yillarida Buyuk Britaniyada ishsizlar, bevalar, yetimlar va urush nogironlari markazlashtirilgan yordam olib turar dilar.
Yevropaning boshqa mamlakatlarida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimlari bu qadar uzoq tarixga ega emas. Ammo Germaniya, Shvesiya, Daniya, Finlyandiya kabi mamlakatlarda ijtimoiy himoya aholining barcha guruhlari uchun qonunchilik, iqtisodiy va ijtimoiy kafolatlar tizimi sifatida taxminan bir vaqtda - XIX asr oxirida shakllana boshlagan.
AQShda federal hukumat shifoxonalar, agentliklar tashkil etgan bo‘lsa-da, lekin aholini ijtimoiy himoya qilish siyosatini uzoq vaqtgacha belgilamagan. Tadqiqotchilar buni AQSh davlatining vujudga kelish xususiyatlari bilan bog‘laydilar. Qo‘shma Shtatlarda har bir inson o‘z baxtini o‘z qo‘li bilan yaratadi va davlat uning hayotiga aralashmasligi kerak, chunki har bir odamning taqdiri tangri tomonidan belgilanadi, deb hisoblangan. 1935 yilda prezident Ruzvelt ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risida qonun qabul qiladi. Bu qonunda qarilik bo‘yicha sug‘urta va ishsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash nazarda tutiladi. Tadqiqotchilar mazkur qonunning qabul qilishi bilan AQShda zamonaviy ijtimoiy ta’minot tizimiga asos solingan deb hisoblaydilar.
Chet el mamlakatlarida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimlarining rivojlanishiga “umumiy farovonlik davlati” konsepsiyasi kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu konsepsiyaning asosiy tamoyillarini ilk bor 1942 yilda taniqli ingliz iqtisodchisi U.Beverij ta’riflab bergan. Mazkur konsepsiyaning asosiy g‘oyasi shu bilan belgilanadiki, umumiy farovonlik davlati shunday bir davlatki, u barcha fuqarolarga muayyan turmush darajasini quvvatlash, sog‘liqni saqlash va ma’lumot olish huquqlarini kafolatlashi, mazkur dasturlarni moliyalashtirishda mamlakat aholisi ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratishi lozim.
70-yillarning o‘rtalarini tadqiqotchilar ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solishning rivojlanishida burilish yasagan davr deb hisoblaydilar. Iqtisodiy inqiroz G‘arbning ko‘pgina mamlakatlari konservativ siyosatga qaytishiga sabab bo‘ldi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari pasayishi natijasida byudjetga soliq tushumlari qisqara boshladi, bu esa ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish imkoniyatini toraytirdi. Turli mamlakatlarning hukumatlari ko‘rayotgan choralar ijtimoiy ta’minotga davlat mablag‘lari sarflanishi ustidan yanada qattiqroq nazorat o‘rnatishga qaratildi. Nodavlat pensiya jamg‘armalari tashkil etilishini rag‘batlantirish uchun soliq imtiyozlari berildi. Ilgari tekinga ko‘rsatilgan ayrim ijtimoiy xizmatlar pullik tus oldi. Ko‘pgina mamlakatlarda pensiya yoshini oshirish to‘g‘risidagi masala muhokama qilina boshladi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida o‘n yilliklar mobaynida to‘plangan tajriba bozor iqtisodiyoti mamlakatlarining ijtimoiy faoliyat amaliyotida umumiy va xususiy jihatlarni aniqlash imkoniyatini beradi. Chunonchi, deyarli barcha mamlakatlar qarilik, kasallik, nogironlik, ishsizlik holatlari uchun ehtiyot shart ijtimoiy sug‘urtalashdan foydalanadilar va aholining iqtisodiy nochor qatlamlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatadilar.



Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish