1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi



Download 1,41 Mb.
bet25/79
Sana03.07.2022
Hajmi1,41 Mb.
#737468
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   79
Bog'liq
1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy p

4.Ijtimoiylashuv jarayonida inson.
Har bir inson, ayniqsa bolaligida ijtimoiylashuv ob’yekti hisoblanadi. Inson erkak va ayol rollarini samarali o‘zlashtirishi, mustahkam oila qurishi (oilaviy ijtimoiylashuv), hayotda faol ishtirok etishi (kasbiy ijtimoiylashuv), qonunga bo‘ysunuvchi fuqaro bo‘lishi (siyosiy ijtimoiylashuv) va hokazolardan jamiyat manfaatdor ekanligi ham buni tasdiqlaydi.
Shuni e’tiborga olish lozimki, insonga jamiyatgina emas, balki konkret guruhlar va tashkilotlar ham talablar qo‘yadi. Talablar mazmuni ular kimga qo‘yilayotgan bo‘lsa, ayni shu shaxsning yoshi va ijtimoiy maqomi bilan belgilanadi.
Chet el pedagogik adabiyotlarida ham tarbiya tushunchasini tavsiflashga nisbatan umum e’tirof etilgan yondashuv mavjud emas.
E.Dyurkgeym o‘z vaqtida bergan ta’rifning asosiy g‘oyasiga Yevropalik va amerikalik pedagoglarning aksariyati XX-asr o‘rtalarigacha qo‘shilib kelganlar (ayrimlar uchun u hozir ham o‘ziga xos dasturilamal hisoblanadi): “Tarbiya katta avlodlar tomonidan ijtimoiy hayotga yetilmagan avlodlarga ko‘rsatiladigan ta’sir demak”. Fransuz sotsiologi E.Dyurkgeym har bir jamiyat insonni unda mavjud bo‘lgan axloqiy, intellektual va jismoniy idellarga muvofiq kamol toptirishga harakat qilishini ta’kidlagan. “Jamiyat uning a’zolari qarashlari o‘rtasida jiddiy hamohanglik mavjud bo‘lgan holdagina yashab qolishi mumkin”, deb yozgan u.
E.Dyurkgeym g‘oyalari amerikalik sotsiolog T.Parsons ishlab chiqqan jamiyat faoliyati nazariyasi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Ushbu nazariyada insonning ijtimoiy tizimga qo‘shilish jarayoniga tavsif beriladi.
T.Parsons fikriga ko‘ra, ijtimoiylashuvning universal vazifasi jamiyatga qo‘shilayotgan yangi a’zolarda tizimga nisbatan sodiqlik hissini shakllantirishdan iborat. Shu tariqa mazkur jarayonda inson o‘zi mansub bo‘lgan jamiyat a’zosi sifatida shakllanadi.
Inson jamiyatning to‘laqonli a’zosiga aylanadi, ya’ni u ijtimoiylashuvning ob’yekti sifatidagina emas, balki sub’yekti sifatida ham kamol topadi. Inson o‘zining butun hayoti mobaynida har bir yosh bosqichida ijtimoiylashuvning sub’yektiga aylanadi. Har bir yosh bosqichi uchun shartli ravishda vazifalarning uch guruhini ajratish mumkin. Bular - tabiiy-madaniy, ijtimoiy-madaniy va ijtimoiy- psixologik vazifalar.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish