Shaharda yangi zamonaviy tipdagi Yoshlar markazini qurish
obyekt
1
5 000
-
-
5 000
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manba mablag‘lari hisobidan
Navoiy viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi
23. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 369-son qarori bilan tasdiqlangan Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tashkiliy ishchi guruhi tarkibiga quyidagi mazmundagi 11-band qo‘shilsin:
“11.
S.G‘. Ashurov
—
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari”
24. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2020-y., 25-son, 482-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandidagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” so‘zlari “Yoshlar ishlari agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomga quyidagi mazmundagi 171-band qo‘shilsin:
“171. Oliy ta’lim muassasalaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchisi bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlariga oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan mazkur nizomda belgilangan tartibda “Katta o‘qituvchi (ilmiy darajaga va ilmiy unvonga ega bo‘lgan)” bazaviy lavozim maoshining ellik foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi”.
26. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-sentabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risidagi nizomning 39 va 40-bandlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“39. Agentlikning markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari xodimlarining ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim maoshi, qo‘shimchalar, ustamalar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlardan tashkil topadi.
Agentlikning markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari xodimlariga uzoq muddat xizmati uchun har oyda quyidagi miqdorda ustama haq to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyent hisobida):
1 yildan 3 yilgacha — 0,5;
3 yildan 5 yilgacha — 0,8;
5 yildan 10 yilgacha — 1,0;
10 yildan 15 yilgacha — 1,2;
15 yildan ortiq — 1,5.
40. Agentlik markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining uzoq muddat xizmati uchun haq olish huquqini beruvchi ish staji, Agentlik tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi”.
27. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy viloyati tarkibida G‘ozg‘on shahar hokimligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-sentabrdagi 584-son qaroriga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“G‘ozg‘on shahridagi davlat organlari va tashkilotlarining bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining soni*