5.1. Tarmoqlardagi ilmiy faoliyatning institutsional asoslarini takomillashtirish
61.
|
Kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishga xalqaro standartlarni joriy etish.
|
1. Kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishga xalqaro standartlarni joriy etish yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish.
|
2021-yil 1-mart
|
-
|
“O‘zstandart” agentligi (Sattarov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2. Kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishga xalqaro standartlarni joriy etish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2021-yil 1-aprel
|
62.
|
Original dori vositalari, substansiyalar va dori shakllarini ishlab chiqaruvchilar nomidan ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilash.
|
Tartibni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
2020-yil 20-noyabr
|
-
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov),
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev)
|
5.2. Tarmoqlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini dasturiy asosda strategik rivojlantirish
|
63.
|
2030-yilgacha kimyo texnologiyalarini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
|
1. Tegishli mutaxassislardan iborat bo‘lgan idoralararo ishchi guruhini shakllantirish.
|
2021-yil 1-aprel
|
-
|
“O‘zkimyosanoat” AJ (Mirzamaxmudov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Abdurazakov)
|
2. Manfaatdor idoralar bilan kimyo texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan taklif ishlab chiqish va Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashiga kiritish.
|
2021-yil 1-may
|
64.
|
Farmatsevtika va veterinariya sohasida kimyo va kimyo texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
|
1. Tegishli mutaxassislardan iborat bo‘lgan idoralararo ishchi guruhini shakllantirish.
|
2020-yil 1-noyabr
|
-
|
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Norqobilov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2. Farmatsevtika va veterinariya sohasida kimyo va kimyo texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2020-yil 15 dekabr
|
65.
|
Mavjud kimyo ishlab chiqarish korxonalaridagi tovarlarni diversifikatsiya qilish va mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash va eksportga yo‘naltirilgan yangi turdagi kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish (sintetik tolalar, melamin, karbamid-formaldegidli saqichlar, etilatsetat, ozuqa tuzi, xlor-sirka kislotasi, trinatriy fosfat, nitrotsellyuloza, metallurgiya, neftgaz va to‘qimachilik sanoatlari uchun reagentlar, katalizatorlar va kimyoviy qo‘shilmalar).
|
1. Kimyo ishlab chiqarish korxonalaridagi yangi turdagi kimyoviy mahsulotlar ro‘yxatini shakllantirish.
2. Eksportga yo‘naltirilgan yangi turdagi kimyoviy mahsulotlar hajmini kengaytirish.
|
2021-yildan boshlab
|
-
|
“O‘zkimyosanoat” AJ (Mirzamaxmudov)
|
66.
|
Kichik tonnajli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni joriy etish va iqtisodiyot tarmoqlarini kimyoviy mahsulotga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash (tiomochevina, quruq tsian tuzlar, to‘qimachilik kordlari, texnik uglerod, vodorod peroksidi).
|
1. Kichik tonnajli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar soni hamda ishlab chiqarish salohiyatini oshirish.
|
2021-yil 1-yanvar
|
-
|
“O‘zkimyosanoat” AJ (Mirzamaxmudov)
|
2. Kichik tonnajli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni joriy etish.
|
2021-yil 1-mart
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |