1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim


T/r Amalga oshiriladigan tadbirlar



Download 0,96 Mb.
bet20/51
Sana04.10.2022
Hajmi0,96 Mb.
#851334
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51
Bog'liq
PQ-4805 12.08.2020

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Umumta’lim muassasalarida kimyo va biologiya fanlarini o‘qitish sifatini oshirish

Bunda, umumta’lim muassasalarida kimyo va biologiya fanlarini o‘qitish sifatini oshirish, darsliklarni sodda va tushunarli tilda tayyorlash, hududlarda kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini samarali tashkil e�ish va yoshlarni xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish agentligi direktori S.N. Babaxodjayev shaxsan mas’ul hisoblanadi.

1. 1. Kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tahlil qilish, kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish, ixtisoslashtirilgan maktablarga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish

1.

Kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini rivojlantirish.

1. Mavjud kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tanqidiy o‘rganish va faoliyatini davom ettiradigan maktablarni aniqlash.

2020-yil 1-noyabr

Ushbu maqsadlarga ko‘zda tutilgan Davlat budjeti mablag‘lari doirasida,
hududlardagi maxsus jamg‘armal�r mablag‘lari, homiylar mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish agentligi (Babaxodjayev),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Qo‘chqorov),
Moliya vazirligi (Ishmetov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov)
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Kudratov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. O‘rganish natijasi bo‘yicha:
Ixtisoslashtirilgan maktablarning bino-inshootlarini joriy ta’mirlash;
Ixtisoslashtirilgan maktablarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, kompyuter sinfi, masofaviy tarzda onlayn dars o‘tish asbob-uskunlari bilan jihozlash, o‘quv-metodik, shu jumladan elektron darslik va multimedia materiallari bilan ta’minlash;
Ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnik va o‘quv-metodik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha hisob-kitob qilish va moliyalashtirish manbalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-dekabr

2.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga iqtidorli yoshlarni va o‘qituvchilarni saralashni ta’minlash, ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish agentligi tasarrufidagi maktablarga yoshlarni saralash tajribasidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablarga iqtidorli yoshlarni saralash tartibini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2020-yil 1-noyabr

-

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish agentligi (Babaxodjayev),
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),
Davlat test markazi (Karimov)
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish agentligi (Babaxod�ayev),
Moliya vazirligi (Ishmetov)

2. Ixtisoslashtirilgan maktablarning nizomlarini, mazkur maktablarda kimyo va biologiya fani o‘qituvchilarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil 1-noyabr

3.

Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini takomillashtirish.

1. Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tahlil qilish.

2020-yil 1-oktabr

Ushbu maqsadlarga ko‘zda tutilgan
Davlat budjeti mablag‘lari doirasida

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish agentligi (Babaxodjayev),
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Norqulov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish agentligi (Babaxodjayev)
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish agentligi (Babaxodjayev)
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish agentligi (Babaxodjayev)

2. Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatini yuqori malakali o‘qituvchilar bilan to‘ldirish.

2020-2021-yillar davomida

3. Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ilg‘or pedagogik texnologiyalarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida foydalanishini ta’�inlash.

Tahlil natijalariga muvofiq

Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonida Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha zamonaviy multimedia materiallaridan keng foydalanilishini yo‘lga qo‘yish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

1.2. Kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quv-metodik bazasi holatini yaxshilash, o‘qitish jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, joriy etish

4.

Kimyo va biologiya fanlarini o‘qitishni takomillashtirish.

1. Kimyo va biologiya fanlari o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Ishchi guruh shakllantirish.

2020-yil 1-sentabr

-

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish agentligi (Babaxodjayev),
Moliya vazirligi (Ishmetov),
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Abdurazakov)
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

2. Ishchi guruh tomonidan kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quv-metodik bazasi holatini tahlil qilish va fan dasturlarini qayta ko‘rib chiqish.
Milliy o‘quv dasturida Ishchi guruh xulosalarini inobatga olish.

2020-yil 1-noyabr

3. Umumta’lim maktablari uchun kimyo va biologiya fanlarini o‘qitish bo‘yicha zamonaviy metodik qo‘llanmalar tayyorlash.

2021-yil 1-fevral

4. Tabiiy, iqtisodiy, aniq hamda texnologiya fanlari darsliklarida uzviylikni ta’minlash.

Nashr rejasiga muvofiq

5. Kimyo va biologiya fanlaridan to‘garaklar tashkil qilish.
6. Umumta’lim maktablarining kutubxona fondini O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi bilan boyitish.

2020-2021-yillar davomida

7. Xalqaro tajriba, zamonaviy innovatsion texnologik jarayonlar va olimlarning fikrlaridan kelib chiqib, maktablarda tabiiy fanlarni o‘qitish uchun laboratoriya jihozlari bo‘yicha yangi talablar yuzasidan takliflarni ishlab chiqish.

2021-yil 1-fevral

5.

Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha variativ o‘quv rejalarni joriy qilish.

1. Variativ o‘quv-rejalarni ishlab chiqish.
2. Variativ o‘quv-rejalarni joriy qilish.

2020/2021 o‘quv yilidan

-

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)

6.

1 — 6 sinflarda atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, geografiya, biologiya, fizika fanlari o‘rniga tabiiy fan (science)ni yagona fan sifatida tajriba-sinov tariqasida o‘qitishni bosqichma-bosqich joriy etish.

1. Milliy o‘quv dasturi va o‘quvrejaga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.

2020-yil 1-oktabr

Ushbu maqsadlar uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)

2. Tabiiy fan (Science) fani uchun darsliklarni yaratish guruhini shakllantirish.

2020-yil 1-oktabr

3. Tabiiy fan (Science) fani uchun darsliklarni yaratish.

2021-yil 1-aprel

4. O‘qituvchilarning yagona fan bo‘yicha bili�larini hamda uslubiy ko‘nikmalarini yaxshilash bo‘yicha malakasini oshirish.

2021-yil may-iyun

5. Tabiiy fan (Science) fanini bosqichma-bosqich joriy etish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

1.3. Kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablarning mutaxassislik fanlaridan pedagog kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan choralar ko‘rish, ularni kasbiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish

7.

Kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarni tanlab olish.

1. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarga o‘tkazilgan o‘qituvchilar tanlovidan kelib chiqib, tayanch maktablarga barcha pedagoglarni, tarmoq maktablarga esa tabiiy fanlar bo‘yicha o‘qi�uvchilarni tanlab olish tartibini ishlab chiqish.

2020-yil 1-noyabr

-

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish agentligi (Babaxodjayev)

2. Tanlovni o‘tkazish.

2021/2022 o‘quv yildan boshlab

8.

Kimyo va biologiya fanlaridan dars berayotgan o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish.

1. Kimyo va biologiya fanlaridan o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish.

2020-yil 1-noyabr

Ushbu maqsadlarga ko‘zda tutilgan
Davlat budjeti mablag‘lari doirasida

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov)

2. Malaka oshirish kurslari uchun videodarslar va interaktiv dasturni yaratish.

2021-yil yanvardan

3. Qayta ishlangan o‘quv dasturlarini malaka oshirish kurslariga joriy etish.

2021-yil 1-fevral


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish