1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]



Download 28,52 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi28,52 Kb.
#330872
Bog'liq
362 26.10.2016




[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.15.00 Bir yo‘la bir necha kasbda ishlash;

2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.16.00 O‘rindoshlik]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Vazirlar Mahkamasining “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

Bir necha kasbda va lavozimda o‘rindoshlik asosida ishlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. Vazirlar Mahkamasining “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 75-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2016-yil 26-oktabr,

362-son

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-son qaroriga


ILOVA

Vazirlar Mahkamasining “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. Qarorda:



a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “ishlaydigan” so‘zidan keyin “yoki bir necha kasbda va lavozimda o‘rindoshlik asosida ishlash qo‘llanadigan” so‘zlari qo‘shilsin;

b) 3-bandning birinchi va uchinchi xatboshilardagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin;

2. O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasb va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:

a) 4-bandda:

uchinchi xatboshidagi “shaxsning” so‘zi “o‘rindoshlik asosida ishlovchining” so‘zlari bilan almashtirilsin:

to‘rtinchi xatboshidagi “xodimlari” so‘zidan keyin “(texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin;

b) 6-bandda:

uchinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin;

quyidagi tahrirdagi xatboshi qo‘shilsin:

“O‘rindoshlik asosida ishlashga qabul qilishda ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi”;

v) 7-bandda:

birinchi xatboshidagi “O‘rindoshlik” so‘zidan oldin “O‘rindoshlik asosida ishlashda” so‘zlari qo‘shilsin;

ikkinchi xatboshida:

“jamlab” so‘zi “jamlangan holda” so‘zlari bilan almashtirilsin;

“ishning” so‘zi “ishning (smenaning)” so‘zlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:

“Ichki o‘rindoshlik asosida ishlashda ish vaqtini hisobga olish asosiy ish bo‘yicha va o‘rindoshlik asosidagi ish bo‘yicha alohida-alohida yuritiladi”;

g) 9-bandning birinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin;

d) 15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“15. Agar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa mahalliy hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘rindoshlik asosida ishlovchilarga mehnat haqi, mukofot, qo‘shimcha haq, ustama, rag‘batlantirish to‘lovlari shakli va tizimi tashkilotning barcha xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;

e) 20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“20. Xodim tomonidan mehnat shartnomasida belgilangan o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda aynan shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan ish vaqti davomida boshqa kasb va lavozimdagi qo‘shimcha ishlarni bajarish kasb va lavozimda o‘rindoshlik asosida ishlash hisoblanadi.

Xodim tomonidan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda aynan shu tashkilotda qonun hujjatlarida belgilangan asosiy kasb va lavozim bo‘yicha ish vaqti davomida qo‘shimcha ishlarni bajarish xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirish, ishlar hajmini ko‘paytirish hisoblanadi.

Kasb va lavozimda o‘rindoshlik asosida ishlashga, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini ko‘paytirishga kasb va lavozimda o‘rindoshlik bo‘yicha bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lganda yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda xodim tomonidan vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan xodimning ishlarini bajarishda yo‘l qo‘yiladi.”;

j) 21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“21. Kasblar va lavozimlarda o‘rindoshlik asosida ishlashga, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini ko‘paytirishga, qoidaga ko‘ra, jumlasiga ushbu xodim kiradigan xodimlarning ana shu toifasi doirasida ruxsat etiladi.

Kasblar va lavozimlarda o‘rindoshlik asosida ishlash, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirish, budjet tashkiloti xodimlarining ish hajmini ko‘paytirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan kelishgan holda vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlangan kasblar va lavozimlarda o‘rindoshlik asosida ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq belgilanishi mumkin bo‘lgan kasblar va lavozimlar ro‘yxatiga muvofiq amalga oshiriladi”;

z) 22-banddagi “qo‘shimcha ishni” so‘zlaridan oldin “ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan” so‘zlari qo‘shilsin;

i) 23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“23. Kasblar va lavozimlarda o‘rindoshlik asosida ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi”;

k) 24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Kasblar va lavozimlarda o‘rindoshlik asosida ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash miqdori, agar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa ichki hujjatda o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tomonlarning kelishuvi bo‘yicha belgilanadi”;

l) 25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“25. Budjet tashkilotlarida kasblar va lavozimlarda o‘rindoshlik asosida ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lash miqdori o‘rindoshlik bo‘yicha ishlanayotgan lavozim bo‘yicha maoshning (tarif stavkasining) 30 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan holatlar bundan mustasno.

Budjet tashkilotlarida kasblar va lavozimlarda o‘rindoshlik asosida ishlayotganlik uchun qo‘shimcha haq o‘rindoshlik asosidagi ish asosiy ish bo‘yicha mehnat majburiyatlariga kiradigan holatlarda belgilanmaydi.

Kasb (lavozim) bo‘yicha o‘rindoshlik asosida bajariladigan ishlarni bir necha xodim o‘rtasida taqsimlashga yo‘l qo‘yiladi”;

m) 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“26. Quyidagi xodimlar toifalari uchun kasblar va lavozimlarda o‘rindoshlik asosida ishlashga, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini ko‘paytirishga yo‘l qo‘yilmaydi:

davlat boshqaruvi organlari xodimlari (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari);

davlat boshqaruvi organlari hisoblanmaydigan budjet tashkilotlarining rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek ushbu tashkilotlar tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno”;

n) 29-banddagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin;

o) Nizomga ilovada:

2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“2. Ular uchun mualliflik gonorari sifatida haq to‘lanadigan fan, adabiyot va san’at asarlari yaratish”;

6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“6. Quyidagilarning:

umumta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va boshqa pedagog xodimlari (rahbarlaridan tashqari) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari hamda mehnat haqi to‘lash bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari va mastyerlari, ta’lim muassasalaridagi konsertmeystyerlar va akkompaniatorlar, maktabgacha ta’lim muassasalari va Mehribonlik uylari pedagog xodimlarining (rahbarlaridan tashqari) aynan shu muassasada belgilangan mehnat normasidan ortiq bo‘lgan, lekin ushbu ish turi bo‘yicha ish vaqti normal davomiyligining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan ishi;

tibbiyot va farmatsevtika xodimlari, tibbiyot muassasalarining tibbiyot asbob-uskunalariga (apparaturalariga) xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislarining ish vaqti normasidan ortiqcha belgilangan lekin, ushbu ish turi bo‘yicha ish vaqti normal davomiyligining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan ishi”;

p) izoh quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Izoh: 2-bandda, 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarda, 4-5-bandlarda, 6-bandning uchinchi xatboshida, 7, 9 va 10-bandlarda ko‘rsatilgan ishlarni asosiy ish vaqtida bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ishlarning boshqa turlari, ishning xarakteriga ko‘ra, asosiy ish vaqtida ham, undan tashqari vaqtda ham amalga oshiriladi;

1 va 8-bandlarda ko‘rsatilgan ishlarni amalga oshirish joyi va rejimi, ilmiy va o‘qituvchilik faoliyati xarakterini hisobga olgan holda, shu jumladan masofadan ish olib borish shaklida, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha mehnat shartnomasiga muvofiq belgilanadi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 43-son, 504-modda)

Download 28,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish