I. Aholi bandligiga ko‘maklashish sohasida xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va bu borada normativ-huquqiy bazani mustahkamlash
|
1.
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vaz�rlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish:
a) “Ishga marhamat” monomarkazlarining:
davlat muassasasi hisoblanishi hamda kasb-hunar, tadbirkorlik, xorijiy tillar, kasbiy malakani baholash, ishga joylashtirish va ketishdan oldin tayyorgarlikdan o‘tkazish hamda moslashtirish yo‘nalishlarini o‘z ichiga olishi;
ishsiz va kambag‘al aholida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun olti oydan oshmagan o‘qitishni tashkil etishi hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish borasida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan hamkorlikda faoliyat olib borishi;
qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari buyurtmachisi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi hisoblanishi, shuningdek qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi;
o‘quv jarayonida foydalanish uchun asbob-uskuna va jihozlarni xarid qilish Ishchi kasblarni ommalashtirish va rivojlantirish assotsiatsiyasi (WorldSkills Uzbekistan) talablari asosida (WorldSkills standartlari asosida) belgilangan tartibda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshirilishi;
b) tuman (shahar)lardagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarining:
davlat muassasasi hisoblanishi hamda mehnat bozori ehtiyojidan kelib chiqib, ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyatini amalga oshirishi;
kasb-hunarga o‘qitish jarayonida aholini mahalliy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar�a, shuningdek tadbirkorlik va xorijiy tillarga olti oydan oshmagan o‘qitish bilan qamrab olishi;
tasdiqlangan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv jarayoni uchun asbob-uskuna va jihozlar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid qilinishi;
v) qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslarining:
o‘zi joylashgan muassasa huzurida uning rahbari buyrug‘i asosida tashkil etilishi hamda o‘quv-metodik faoliyati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilishi;
ular joylashgan tumanlarda ehtiyoj yuqori bo‘lgan ishchi kasblarga, ayniqsa, xizmat ko‘rsatish, qurilish, kommunal sohalar bo‘yicha qamrab olinishi;
o‘qitish muddati uch oygacha bo‘lib, kunduzgi, kechki yoki aholiga qulay bo‘lgan boshqa vaqtlarda ayrim kasblar bo‘yicha masofaviy shaklda o‘tkazilishi;
faoliyati mazkur qarorga 3-ilovaga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi belgilaydigan oliy ta’lim muassasalari va Toshkent shahri Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan doimiy nazorat qilib borilishi, kurslarda o‘qitish jarayoniga professional va oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari keng jalb qilinishi;
o‘qish jarayoniga jalb etilgan o‘qituvchilarning mehnatiga kasb-hunarga o‘qish uchun tushgan to‘lovlar hisobidan kasb-hunar kurslarini tashkil etgan muassasa tomonidan haq to‘lanishi;
moddiy-texnika bazasini ta’minlash, shu jumladan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan tegishli ta’lim muassasalariga zarur mablag‘ ajratilishi;
g) mahalla aholisini kasb-�unarga o‘qitish maskanlarining:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi o‘quv markazlarining filiallari (bo‘linmalari) sifatida tashkil etilishi. Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlarini tashkil etish uchun mazkur qarorga 4-ilovada keltirilgan ro‘yxatga muvofiq mahallalarda joylashgan mahalla guzarlari, o‘quv muassasalari yoki hududdagi boshqa muassasalar binolaridan alohida joy ajratilishini va zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanishini ta’minlashi;
kasb-hunarga o‘qitishning tikuvchilik, oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik, kompyuter savodxonligi, tadbirkorlik asoslari va boshqa murakkab asbob-uskunalar talab etilmaydigan yo‘nalishlar bo‘yicha uch oydan oshmagan qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etishi;
kasb-hunarga o‘qitadigan ishlab chiqarish ta’limi ustalari kasb-hunarga o‘qitish maskanlari joylashgan hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar yoki markazdagi ta’lim ustalari orasidan tanlab olinishi hamda kasb-hunarga o‘qitish markazlari bilan shartnoma asosida ish faoliyatini olib borishi;
kasb-hunarga o‘qitadigan ishlab chiqarish ta’limi ustalari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi o‘quv markazlari va ta’lim muassasalari tomonidan o‘qitilishi hamda ularning malakasi oshirilishi;
alohida yuridik shaxs tashkil etmasdan o‘qitish quvvati bir vaqtning o‘zida 15 kishidan oshmagan holda kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘rgatish faoliyati vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlariga kirishi hamda ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga ularning xohishiga binoan mehnat stajini hisoblash uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomalari rasmiylashtirib berilishi.
|
Vazirlar Mahkamasining qarori
|
Bir oy muddatda
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
|
2.
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining markaziy apparati huzurida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyatini videokuzatuv kameralari va“abkm.mehnat.uz“ tizimi orqali doimiy nazorat qilish imkonini beruvchi Situatsion tezkor markazni tashkil etish.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori
|
2020-yil sentyabr
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
|
3.
|
Davlat mehnat inspeksiyasi huzurida Birlashgan Arab Amirliklarining Mehnat resurslari va emiratlashtirish vazirligi hamkorligida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan va kollegial-maslahat organi hisoblangan “Mehnat sohasidagi murojaat va nizolarni o‘rganish va hal qilish markazi” tashkil etish, uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni belgilash:
Birlashgan Arab Amirliklarining Mehnat resurslari va emiratlashtirish vazirligi huzuridagi “TWA-FOOK” markazlari tajribasi asosida mehnat munosabatlari sohasidagi ishchilar va ish beruvchilarning murojaatlarini “bir darcha” tamoyili asosida tezkor ko‘rib chiqish hamda Davlat mehnat inspeksiyasi vakolatlari doirasida hal qilish tizimini yaratish;
mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish doirasida xodimlar va ish beruvchilarga metodik yordam berish, maslahat xizmatlari ko‘rsatish, mehnatni muhofaza qilish, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2020-yil oktyabr
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
|
4.
|
“Mehnat.uz” axborot-kompyuter markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatini “Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati etib qayta tashkil etish choralarini ko‘rish, uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni belgilash:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilab berilgan istiqbolli yo‘nalishlarda, jumladan, ishsizlikni kamaytirish, mehnat organlariga murojaat qilgan ishsizlarga sifatli xizmatlar ko‘rsatish, norasmiy ish bilan band bo‘lganlarning mehnat munosabatlarini qonuniylashtirish, ishsizlarni, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish;
bandlik va mehnat munosabatlari masalalari bo‘yicha axborot-ma’lumotnoma tizimlari va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish, yagona axborot texnologiyalari siyosatini olib borish yuzasidan asoslangan takliflar tayyorlash.
Bunda, “Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati binosini qurish va saqlash xarajatlari Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini belgilash.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi
|
2020-yil sentyabr
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
|
5.
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi “Ishga marhamat” band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Monomarkaz” mas’uliyati cheklangan jamiyatni band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — Monomarkaz) etib qayta tashkil etish choralarini ko‘rish. Bunda:
Monomarkaz bevosita Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga bo‘ysunishi, uning faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari, xo‘jalik faoliyatidan tushgan mablag‘lar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtirilishini;
ish bilan band bo‘lmagan aholini kasb-hunar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitishni tashkil etish, aholiga bandlik va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga oid xizmatlar ko‘rsatish hamda boshqa faoliyat yo‘nalishlarini joriy etish va amalga oshirishni;
Jahon bankining aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihasi doirasida hududiy kasb-hunarga o‘qitish markazlarida Monomarkaz namunasi asosida oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik va tikuvchilik kasblari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etishni;
Monomarkaz tarkibida kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishga qaratilgan umummilliy tizimning qisqa muddatli o‘quv kurslari uchun o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalari va metodik materiallarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi Metodik ta’minlash bo‘limi tashkil etilishini ta’minlashni nazarda tutish.
|
Ijrochilar qarorlari
|
2020-yil sentyabr
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
6.
|
“Ishga marhamat” monomarkazida ikki oy muddatda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi “Ishga marhamat” monomarkazlarida 2020-2021-yillarda ish qidiruvchi fuqarolar, tashkillashtirilgan tartibda xorijga mehnat migratsiyasiga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolar, nodavlat o‘quv markazlari bitiruvchilari va boshqa aholi toifalari uchun WorldSkills standartlari asosida Ishchi kasblar bo‘yicha kasbiy malakani baholashga doir tarkibiy bo‘linmalarni tashkil etish.
|
Ijrochilar qarorlari
|
2020-2021-yillar
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
|
7.
|
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda Yunusobod va Sergeli tumanlarida vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurolarining namunaviy loyihalar asosida qurilishini yakunlash.
|
Binolarni foydalanishga topshirish
|
2020-yil oktyabr
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Toshkent shahri hokimligi
|
8.
|
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan har bir ko‘rsatilayotgan xizmatning ma’muriy reglamentini aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, vaqti, xodimlarning mehnat va ijro intizomi, aholining xizmatlardan qanoatlanishi darajasini oshirish maqsadida qayta ko‘rib chiqish.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori
|
2020-yil sentyabr
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor
vazirlik va idoralar
|
9.
|
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida ishga joylashtirishga yo‘llanma berilayotgan ishsizlarning shaxsiy rezyumesini shakllantirish maqsadida ularni markazlarning o‘zida rasmga olish tizimini yo‘lga qo‘yish va mazkur markazlarni zarur moslamalar (raqamli fotokamera va planshet) bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori
|
2020-yil sentyabr
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor
vazirlik va idoralar
|
10.
|
Mehnat organlariga murojaat etayotgan, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar, qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini mehnat bozoriga moslashtirish (reintegratsiya qilish), jumladan, kasbga moslashtirish, ish beruvchi bilan suhbatga tayyorlash uchun autsorsing shartlarida psixolog mutaxassislarni jalb etish.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori
|
2020-yil sentyabr
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor
vazirlik va idoralar
|
11.
|
Respublika mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish kurslari faoliyatini tubdan takomillashtirish, shu jumladan mehnat organlari xodimlarining, tashkilotlardagi xodimlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim rahbarlari va mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, masofaviy ta’lim, o‘qitish va treninglarning interfaol uslublarini keng joriy etish orqali oshirish hamda mehnat organlariga ?shga qabul qilishda nomzodlarning samarali tanlovini o‘tkazishni ta’minlash.
|
Dastur ishlab chiqish va tasdiqlash
|
2020-yil 1-dekabr
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
|
12.
|
Ishchi kasblarni ommalashtirish va rivojlantirish WorldSkills Uzbekistan assotsiatsiyasining “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslari, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari va boshqa nodavlat ta’lim muassasalari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’lim ustalarining xalqaro standartlar asosida malakasini oshirish uchun nodavlat ta’lim muassasasi shaklidagi “WorldSkills Akademiyasi”ni ta’sis etish.
|
Ijrochilar qarorlari
|
2020-2021-yillar davomida
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi
|
13.
|
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari hamda kasb-hunarga o‘qitish markazlarida kasblarning asosiy xususiyatlari va kasb standartlarini ta’riflovchi multimedia vositalari bilan jihozlangan situatsion xonalarni tashkil etgan holda kasbga yo‘naltirish dasturini joriy etish.
|
Situatsion xonalarni tashkil etish va kasbga yo‘naltirish dasturini joriy etish.
|
2020-yil 1-dekabr
|
B�ndlik va mehnat munosabatlari vazirligi
|
14.
|
Kasb-hunar maktablari hamda ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarini nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalariga to‘liq boshqaruvga berishni nazarda tutuvchi tartibni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori
|
Uch oy muddatda
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi
|
15.
|
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan namunaviy loyihalar asosida ishsizlar soni yuqori bo‘lgan mahallalarda kamida 10 ta “Mehnat guzari” majmualarini qurish, ularda ishsiz aholi, birinchi navbatda yoshlar, xotin-qizlar, mehnat migrantlari va ularning oila a’zolariga xizmat ko‘rsatish
hamda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli ravishda (bepul foydalanish uchun) xona ajratish, kelgusida esa ularga ajratilgan binolarni bozor narxlarida xarid qilish imkonini yaratish.
|
Ijrochilar qarorlari
|
2021-2022-yillar
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimliklari
|
16.
|
“Ishga marhamat” monomarkazlarini va kasb-hunarga o‘qitish markazlarini saqlash, qayta ta’mirlash, asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 2020-yil uchun ajratiladigan mablag‘larga qo‘shimcha ravishda 150milliard so‘m mablag‘ ajratish.
|
Ijrochilar qarorlari
|
Bir oy muddatda
|
Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
|
17.
|
“Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” tanlovi g‘oliblarining loyihalarini moliyalashtirish uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 2020-yil uchun ajratiladigan mablag‘larga qo‘shimcha ravishda 50 milliard so‘m mablag‘ ajratish.
|
Ijrochilar qarorlari
|
Bir oy muddatda
|
Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
|
II. Bandlik sohasida uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish
|
18.
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli milliy strategiyani ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish:
mehnat bozori holatini chuqur o‘rganish, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishni har tomonlama tahlil qilish, sifatli va xolisona baholash orqali mehnat bozorida band aholi ulushini oshirishning ilg‘or mexanizmlarini joriy qilish;
bandlikni oshirishga yordam beradigan va har bir hududning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda ishsizlik darajasini kamaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
bandlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish va samarali siyosat olib borish orqali aholini doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash asosida ularning real daromadlarini oshirish;
bandlikni qo‘llab-quvvatlash sohasida amalga oshirilayotgan siyosatni va ishga joylashtirish jarayonlarini samarali boshqarishning asosiy ko‘rsatkichlarini baholash.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori
|
2020-yil 1-dekabr
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
19.
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mamlakatdagi inson kapitali darajasi va milliy ish kuchining raqobatbardoshligini oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
tashkilotlarda ilg‘or xorijiy tajriba asosida mehnat unumdorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
mamlakat ishchi kuchining inson kapitali darajasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, uni aniqlash va baholash indekslari metodikasini tarmoqlar va hududlar bo‘yicha yaratish;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha tashkilotlarida mehnatni me’yorlash mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish reja-jadvallarini tasdiqlash.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori
|
2020-yil 1-dekabr
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
20.
|
Ishsiz va band bo‘lmagan aholini, ayniqsa, uning kambag‘al qatlamini, xotin-qizlar va yoshlarni, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, “Ishga marhamat” monomarkazlarida qisqa muddatda kasb-hunarga o‘qitish tartibini belgilash va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori
|
2020-yil sentyabr
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
21.
|
Tadbirkorli� faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to‘lovi hamda hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish bo‘yicha yangi mexanizmlarini joriy etish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi
|
2020-yil sentyabr
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
|
III. Yaratilgan ish o‘rinlari va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha axborot almashinuvini tashkil etish
|
22.
|
Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda 2020-yilda yirik korxonalarni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishi, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga qaratilgan loyihalar hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar va ular hisobiga yaratilgan ish o‘rinlari �o‘g‘risidagi ma’lumotlarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etib borishi.
|
Yaratilgan ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish
|
Har oy yakuni bo‘yicha
|
Markaziy bank, tijorat banklari
|
23.
|
Koronavirus pandemiyasi ta’siri natijasida tarmoq va hududiy investitsiya dasturidagi bajarilmaslik xavfi bo‘lgan loyihalar ijro muddatlariga o‘zgartirish kiritish.
Koronavirus pandemiyasi davrida faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash va ularning xodimlarini o‘z ish joylariga qaytarish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
Korxonalar faoliyatini qayta tiklash
|
Zarurat bo‘lganda Har hafta
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
|
24.
|
Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Yagona milliy mehnat tizimiga kiritib borishi, shuningdek, tizim tashkilotlari bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib borishi.
|
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlarni tizimga kiritish
|
Doimiy
|
Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
|
25.
|
Koronavirus pandemiyasi davrida Toshkent shahri hududida faoliyat yuritayotgan korxonalardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlaridan kelib chiqib, ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj yuzasidan buyurtmanoma shakllantirgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taqdim etib borish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi ishsizlarni, shu jumladan xorijiy davlatlarga keta olmagan mehnat migrantlarini Toshkent shahri hokimligining buyurtmanomasiga asosan ishga joylashtirish uchun Toshkent shahriga tashkillashtirilgan holda yuborishni ta’minlash.
|
Buyurtmanoma taqdim etish Hududdagi ishsizlarni Toshkent shahriga ishga joylashtirish
|
Yil davomida
|
Toshkent shahri hokimligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
|