Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari - Bobur 1526-yilning 21-aprelida Dehli hukmdori Ibrohim Lo’diy qo’shinlarini tor-mor keltirdi. Bu g’alaba natijasida Bobur SHimoliy Hindistonni egalladi. 1526-yilning 27-aprelda Dehli shahrida Bobur podshoh nomiga xutba’ o’qildi. Shu tariqa, yangi saltanat Boburiylar saltanatiga asos solinadi.
Bobur xukumronligi - Bobur podshoh Hindistonda bir-biri bilan dushmanlik kayfiyatida bo’lgan mayda mustaqil rojalarni (hukmdorlarni) ham qilich, ham siyosat yo’li bilan birlashtiradi va 1530 yilgacha markazlashgan yirik saltanatini barpo etadi. Bu saltanat 332 yil (1526-1858-yillar), ya’ni Hindistonni Buyuk Britaniya to’liq bosib olgunga qadar hukm surdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |