1. Identifikasiya



Download 37,96 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi37,96 Kb.
#90796
Bog'liq
2-top


2-topshiriq

1.  Identifikasiyaga ta’rif bering;

2.  Autentifikasiyaga ta’rif bering;

3.  Autentifikasiyada parolning o’rni;

4.  Paroldan foydalangan holda oddiy autentifikasiyalash.

1. Identifikasiya (Identification) - foydalanuvchini uning identifikatori (nomi) bo’yicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga uringanida birinchi galda bajariladigan funksiyadir. Foydalanuvchi tizimga uning so’rovi bo’yicha o’zining identifikatorini bildiradi, tizim esa o’zining ma’lumotlar bazasida uning borligini tekshiradi.

2. Autentifikasiya (Authentication) – ma’lum qilingan foydalanuvchi, jarayon yoki qurilmaning haqiqiy ekanligini tekshirish muolajasi. Bu tekshirish foydalanuvchi (jarayon yoki qurilma) haqiqatan aynan o’zi ekanligiga ishonch hosil qilishiga imkon beradi. Autentifikasiya o’tqazishda tekshiruvchi taraf tekshiriluvchi tarafning haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishi bilan bir qatorda tekshiriluvchi taraf ham axborot almashinuv jarayonida faol qatnashadi. Odatda foydalanuvchi tizimga o’z hususidagi noyob, boshqalarga ma’lum bo’lmagan axborotni (masalan, parol yoki sertifikat) kiritishi orqali identifikasiyani tasdiqlaydi.

3. Identifikasiya va autentifikasiya subyektlarning (foydalanuvchilarning) haqiqiy ekanligini aniqlash va tekshirishning o’zaro bog’langan jarayonidir. Muayyan foydalanuvchi yoki jarayonning tizim resurslaridan foydalanishiga tizimning ruxsati aynan shularga bog’liq. Subyektni identifikasiyalash va autentifikasiyalashdan so’ng uni avtorizasiyalash boshlanadi.

Autentifikasiya protokollarini taqqoslashda va tanlashda quyidagi xarakteristikalarni hisobga olish zarur:



  • o’zaro autentifikasiyaning mavjudligi. Ushbu xususiyat autentifikasion almashinuv taraflari o’rtasida ikkiyoqlama autentifikasiyaning zarurligini aks ettiradi;

  • hisoblash samaradorligi. Protokolni bajarishda zarur bo’lgan amallar soni;

  • kommunikasion samaradorlik. Ushbu xususiyat autentifikasiyani bajarish uchun zarur bo’lgan xabar soni va uzunligini aks ettiradi;

  • uchinchi tarafning mavjudligi. Uchinchi tarafga misol tariqasida simmetrik kalitlarni taqsimlovchi ishonchli serverni yoki ochiq kalitlarni taqsimlash uchun sertifikatlar daraxtini amalga oshiruvchi serverni ko’rsatish mumkin;

  • xavfsizlik kafolati asosi. Misol sifatida nollik bilim bilan isbotlash xususiyatiga ega bo’lgan protokollarni ko’rsatish mumkin;

  • sirni saqlash. Jiddiy kalitli axborotni saqlash usuli ko’zda tutiladi.

4. Autentifikasiyaning keng tarqalgan sxemalaridan biri oddiy autentifikasiyalash bo’lib, u an’anaviy ko’p martali parollarni ishlatishga asoslangan. Tarmoqdagi foydalanuvchini oddiy autentifikasiyalash muolajasini quyidagicha tasavvur etish mumkin. Tarmoqdan foydalanishga uringan foydalanuvchi kompyuter klaviaturasida o’zining identifikatori va parolini teradi. Bu ma’lumotlar autentifikasiya serveriga ishlanish uchun tushadi. Autentifikasiya serverida saqlanayotgan foydalanuvchi identifikatori bo’yicha ma’lumotlar bazasidan mos yozuv topiladi, undan parolni topib foydalanuvchi kiritgan parol bilan taqqoslanadi. Agar ular mos kelsa, autentifikasiya muvaffaqiyatli o’tgan hisoblanadi va foydalanuvchi legal (qonuniy) maqomini va avtorizasiya tizimi orqali uning maqomi uchun aniqlangan huquqlarni va tarmoq resurslaridan foydalanishga ruxsatni oladi.

Paroldan foydalangan holda oddiy autentifikasiyalash sxemasi 3.1.–rasmda keltirilgan.



Ravshanki, foydalanuvchining parolini shifrlamasdan uzatish orqali autentifikasiyalash varianti xavfsizlikning hatto minimal darajasini kafolatlamaydi. Parolni himoyalash uchun uni himoyalanmagan kanal orqali uzatishdan oldin shifrlash zarur. Buning uchun sxemaga shifrlash Ek va rasshifrovka qilish Dk vositalari kiritilgan.




Bu vositalar bo’linuvchi maxfiy kalit K orqali boshqariladi. Foydalanuvchining haqiqiyligini tekshirish foydalanuvchi yuborgan parol PA bilan autentifikasiya serverida saqlanuvchi dastlabki qiymat PA ni taqqoslashga asoslangan. Agar PA va R1A qiymatlar mos kelsa, parol PA haqiqiy, foydalanuvchi A esa qonuniy hisoblanadi.
Download 37,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish