Reja;
1.Ideal gaz aralashmalari.Dalton qonuni
2.Aralashma tarkibini berilish usullari
3.Aralashmaning asosiy ko’rsatgichlari
Gazlar aralashmasi *Ish jismi ko‘pincha bir necha gazlarning aralashmasidan iborat bo‘ladi. Masalan, ichki yonuv dvigatellarida tarkibiga vodorod, kislorod, uglerod (II) – oksid, azot, karbonat angidrid va suv bug‘lari kiradigan yonish maxsulotlari ish jismi hisoblanadi.
*Gazlar aralashmasining barcha tarkibiy qismlari bir xil temperatura va bir xil hajmga ega, deb faraz qilaylik. Agar gazlar aralashmasi tarkibiga kiruvchi har qaysi komponent, barcha aralashma kabi, ideal gazning holat tenglamasiga bo‘ysunadi deb hisoblasak, aralashmadagi ayrim-ayrim komponentlarning bosimlari Dalton qonuniga bo‘ysunadi. *Dalton qonunga ko‘ra gazlar aralashmasining bosimi ayrim komponentlar partsial bosimlarining yig‘indisiga teng.
P=P+P+….P *Bunda p1, p2….pn – aralashma komponentlarining partsial bosimlari.
*Gazlar aralashmasidagi biror komponent aralashma temperaturasida bo‘lib, bir o‘zi shu aralashma egallagan hajmni to‘ldirganda ko‘rsatayotgan bosim ayni komponentning partsial bosimi deyiladi. Dalton qonuni ideal gazlar uchungina to‘g‘ri keladi.
Aralashma tarkibini ifodalash usullari. *Gazlar ish aralashmasining tarkibi shu aralashma tarkibiga kiruvchi har qaysi komponentning miqdori bilan aniqlanadi. Aralashmaning tarkibi odatda massaviy, hajmiy va molyar ulushlar bilan ifodalanadi.
*Agar massasi m bo‘lgan aralashma n komponentdan tarkib topgan bo‘lsa, u holda aralashmadagi ayrim komponentlarning massaviy ulushlari quyidagiga teng bo‘ladi:
q= q= ……q=
bu yerda m1, m2….mn - aralashmani hosil qiluvchi ayrim komponentlarning massalari
*Ma’lumki, gazlar aralashmasidagi ayrim komponentlar massalarining yig‘indisi barcha aralashmaning massasiga teng bo‘ladi:
* m1+m2+….+mn=m
Bu tenglik gazlar aralashmasi massaviy tarkibining tenglamasi deyiladi va tenglamalardan ko‘rinib turibdiki, gazlar aralashmasidagi ayrim komponentlar massaviy ulushlarining yig‘indisi 1 ga teng.
*q1+q2+….qn=1
*Agar n komponentdan tarkib topgan aralashmaning hajmi V bo‘lsa, u holda aralashmadagi komponentlarning hajmiy ulushlari quyidagi tenglamalar bilan aniqlanadi:
r= r= r=
*Bu yerda V1, V2….Vn – aralashma tarkibiga kiruvchi komponentlarning partsial hajmlari. Aralashma tarkibiga kiruvchi komponentning shu aralashmaning temperaturasidagi va bosimidagi hajmi uning partsial hajmi deyiladi. Aralashma hajmiy tarkibining tenglamasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.
* V1+V2+V3+…..Vn=V Gazlar aralashmasidagi komponentlar hajmiy ulushlarining yig‘indisi birga teng: *r1+r2+r3+….+rn=1
*Bazi hollarda aralashma tarkibini mol ulushlari vositasida aniqlash qulay bo‘ladi. Komponentning aralashmadagi mol ulushi deb, ko‘rib chiqilayotgan komponentning mollari miqdorining aralashma mollarining miqdoriga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Aralashma birinchi komponentning n1 mollaridan, ikkinchi komponentning n2 mollaridan va hokazolardan tarkib topgan bo‘lsin.
* Aralashma mollarining soni n=n1+n2+….+nn va komponentlarning mol ulushlari quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: x1=n1/n; x2=n2/n;….xn=nn/n, bundan x1+x2+…..xn=1 yoki
*Massaviy va hajmiy ulushlar orasidagi quyidagidek bog‘lanishlar mavjud.
Avagadro qonuniga asosan va
Aralashmaning zichligi:
*Aralashmaning solishtirma hajmi:
V=
* Gaz dommiysi:
R=
* Tuyulma molekulyar massa: r=
Xulosa;
Men shu mustql ishni bajarib ideal gaz va uning aralashmalari,ularni aynan qaysi qonunga bo’ysunib ishlashi va parametrlarini o’rgandm
Do'stlaringiz bilan baham: |