1. Ichki va tashqi taqsimot logistikasining vazifalari nimalardan iborat?



Download 16,62 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi16,62 Kb.
#220129
Bog'liq
logistika fanidan oraliq nazorati


6-Variant

1.Ichki va tashqi taqsimot logistikasining vazifalari nimalardan iborat?

2.Logistika o’zining faoliyatida qaysi bo’limlar bilan bog’liq?

3.Logistik autsorsing tizimi faoliyati nimadan iborat?

Javoblar

1. Taqsimot logistikasi tushunchasi. Taqsimot logistikasi — bu turli ulgurii xaridorlar o‘rtasida materiallar oqimini taqsimlash jarayonida, ya’ni tovarlarni ulgurji sotish jarayonida amalga oshiriladigan bir-biri bilan bog'liq faoliyatlar majmuasidir.

Taqsimot logistikasining asosiy maqsadi kam xarajatlar bilan kerakli tovarlarni kerakli vaqtda kerakli joyga yetkazilishini ta’minlash. Talablarni aniqlash va ularga qiziqtiradigan omil topish bilan shug'ullanadigan marketingdan farqli ravishda taqsimlovchi logistika kam xarajatlar bilan marketing tomonidan shakllangan talabni qondirishga xizmat qiladi. Bunda iste’molchining asosiy mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda quyidagi vazifalardan kelib chiqish lozim: tovarni o‘z vaqtida yetkazib berish, buyurtmachining favqulotda talablarini qondirishga qodirlik, tovar ortish-tushirish ishlarida ehtiyotkorlik ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchining nuqsonli mahsulotlarni tez almashtirib berishga hamda tovar-moddiy zahirani ma’lum darajada ushlab turishga tayyor turishi.

Demak, taqsimot deganda mahsulotni o‘rash, ekspeditsiya qilish, sotuvni boshqarish, mol yetkazib beruvchining omborida tayyor mahsulotni saqlash, tayyor mahsulot uchun ombor xo‘jaligini, ombordan tayyor mahsulotni jo‘natish uchun transport xo‘jaligi tushuniladi.

Taqsimot sohasida logistika strategik, tashkiliy, moliyaviy va hoshqa o'zaro bog‘langan moddiy, axborot, moliyaviy noishlab chiqarish davridagi oqimlarning egiluvchan boshqaruv tizimidan iborat. Taqsimot logistikasining o‘rganish obyekti deb yetkazib beruvchidan iste’molchigacha moddiy oqim harakatining bosqichlariga aytiladi. Tovarning iste’molchiga jismoniy yetib borish jarayoni taqsimlash logistikasining o‘rganish predmetidir.

Taqsimot logistikasining asosiy funksiyalari quyidagilardir:



  1. Xaridorlar talabini aniqlab, unga javob berish (qondirish)ni tashkil etish.

  2. Tovar yetkazib berish, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish bo'yicha xo‘jalik aloqalarini o'rnatish.

  3. Taqsimot kanallarining tashkiliy tizimini qurish.

  4. Tayyor mahsulot zaxiralarini to‘plash (yig‘ish), saralash va joylash.

  5. Tayyor mahsulot, bo'sh idishlar, chiqindilarni transportirovka qilish.

  6. Zaxiralarni boshqarish, tovarlarni konsolidatsiya (birlashuvi) qilish va tarqatish.

  7. Fovar o‘tishi (harakati)ning muqobil shakllarini tanlash va savdoni tashkil etish.

  8. Tayyor mahsulot va logistik servis sifat standartini qo‘llash.

  9. Taqsimotni monitoring qilish va axborot bilan ta’minlash.

Taqsimot logistikasi vazifalarining tarkibi ikki darajaga: ichki va tashqi vazifalarga bo‘linadi. Ichki taqsimot logistikasi korxona darajasida quvidagi masalalarni hal etadi:

  • Buyurtma qabul qilib, uni bajaradi.

  • Sotuv jarayonini rejalashtiradi.

  • 0‘ram turini tanlaydi, komplektlash bo'yicha qaror qabul qiladi, shuningdek, jo‘natishdan avval bajarilishi zarur bo‘lgan ishlarni tashkil etadi.

  • Mahsulotni jo‘natishni tashkil etadi.

  • Yetkazib berish va transport orqali jo‘natish nazoratini tashkil qiladi.

  • Sotilgandan keyingi xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.

Tashqi taqsimot logistikasi vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • Taqsimot kanali arxitekturasini (me’morchiligini) tanlash.

  • Taqsimot kanali ishtirokchilari bilan ishni tashkil qilish (savdo vositachilari).

  • Tаууог mahsulotning taqsimot strategiyasini tanlash.

  • Baho belgilash strategiyasini tanlash.

  • Mahsulotni bozorga olib kirish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish.

  • Korxona mahsulotining bozordagi holatini nazorat qilish va maqsadli segmentlardagi mahsulot pozitsiyasining tahlili.

  • Mijozlar bilan ishlash va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish.

Download 16,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish