Ona-tili
1. Iboraning noo'rin qo'llanishi qaysi gapda uchraydi?
A) Avvaliga bu ishga yuragi dovlamay kirishdi, keyinchalik ishning ancha hadisini oldi va shu muvaffaqiyatIarga erishdi,
B) Tag'in ham bu ayolning yuragi keng ekan, shuncha dardga uncha-muncha odam bardosh berolmaydi. C)Shundan keyin uzoq yashay olmadi, chunki bechoraning yuragi bu g'amni ko'tara olmadi
D) Bugun Zebixonning yuragiga qil sig'maydi, hamma narsa, hamma odamga o'z quvonchini aytgisi, hamma bilan raqs tushgisi keladi.
2. Berilgan so‘zlarining ma’nosini o`z muqobili bilan moslashtiring?
1) sayyor; 2) tegishmoq; 3) ahmoq; 4) karomat; 5) evaz; 6) bashara
a) sayr qiluvchi, sayohatchi; b) tegajoqlik qilmoq; c) bilib turib xato qiladigan kishi; d) mo‘jizasimon holat; e) o‘rniga, badaliga to‘lanadigan yoki olinadigan haq, narsa; badal; f) xunuk ko‘rinishli, yoqimsiz qiyofa. A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d, 5-e, 6-f B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e, 6-f C)1-a, 2-b, 3-e, 4-d, 5-c, 6-f D) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a, 5-e, 6-f
3. Qaysi javobdagi ajratib ko`rsatilgan so`zda sinekdoxa usuli orqali ma`no ko`chishi yuz bergan? A) Kemtik oy choqqilar orasidan mo`ralaydi. B) Maysa ham uyg`onar qayta qish o`tib… C) Inshoolloh, mehribon qo`llar sizni qo`llab yuborar. D) Bozor oyoqqa turdi, shovqin-suron yer-ko`kni tutdi.
4. Qaysi gapda bosh harflarni qo'llash bilan bog'liq imloviy xatolik uchraydi?
A) Bulung'ur tuman hokimligi B) Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi C) Sog'liqni saqlash vazirligi D) Temuriylar Tarixi Davlat muzeyi
5. Qaysi javobda berilgan so'zlar ot so'z turkumiga mansub?
A) barcha, katta, dim, ko'p B) musicha, ko'ylak, boda, shoir Q) bobo, qarmoq, nima, kun D) tog'a, hamma, Shirin, tepa
6, Yurtim, senga she'r bitdim bu kun, Qiyosingni, topmadim aslo. Ushbu she'riy parchada ajratib ko'rsatilgan so’zning ma’nodoshi xato berilgan javobni toping.
A) yozdim B) qoraladim C) tanladim D) to'qidim
7. Qaysi javobda berilgan gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so'z ishtirok etgan?
A) Er kishiga zeb u ziynat hikmat va donishdir.
B) Hulkarning och jigarrang yuzlarida ajib bir qizillik o'ynaydi.
C) Sahnaga ko’zi tushdi-yu yuragi orqasiga tortib ketdi.
D) Jiydakapa do'ppidek keladigan pastak bir tepalik ekan.
8. Qaysi gap bir xil so'z turkumidan tashkil topgan?
A) Tarbiyasiz odam jamiyatga jinoyatchidatt ko'proq zarar keltiradi.
B) Odamlarga unim bor bunim bor deb maqtanmangki. So’rab bezor qilishadi.
C) Ma'naviyat insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir .
D) Gunoh qanchalik katta bo'lmasin, kechirishning savobi undan ham kattadir.
9. Berilgan qaysi so'zlar qatori imloviy jihatdan xato yozilgan?
A) qurulma, supra B) tafsiya, taasuf C) zahil, immunitet D) juz'iy, zahm
10. Qaysi gapda suzmoq so'zi ko'chma ma'noda qo'llangan?
A) U suvda qo'l va oyoqlari charchaguncha uzoq suzdi.
B) Ko'k yuzida suzib yurgan bir parcha bulut quyoshni har ko'yga solar edi.
C) Onaxon qozonda qaynab turgan kosalarga sutni suzib, dasturxonga qo'ydi.
D) U kishi sho'rvani pishiradi, lekin moyini suzib ichadi, go'shtini yeydi, quruch suvini va suyak beradi biz bechoraLarga
11. Kesimi ibora bilan ifodalangan gapni toping.
A) Hasanboy mohir charm qo'lqop ustasidir.
B) Dadam juda qo'li ochiq edilar.
C) Hovlining eshigi yopiq edi.
D) Aytilgan so'z - otilgan o'q.
12, Temur tig'i yetmagan joyni qalam bilan oldi, ALisher. Ushbu gapda yordamchi so'z turkumiga oid qanday birlik(lar) ishtirok etgan?
A) ko'makchi B) yuklama C) bog'lovchi D) bog' lovchi, ko'makchi
13. Qaysi gap tarkibidagi lavozim bildiruvchi so’z bugungi tilimizda ham qo'llaniladi?
A) Toshkent hokimi bo'lgan Azizbek Qo’qonga qarshi bosh ko'targan.
B) Otabek qaytadan Mirzakarim qutidorni ko'zdan kechirdi.
C) Qo'rboshi darbozaning o'ng tarafiga qarab yurdi.
D) O'tabboy qushbegi hozirgina ichkari o'rdadan qaytib chiqqan edi.
14. O`zbekiston mustaqillikka erishdi. U o`z bayrog`iga ega bo`ldi. O`z gerbini tastiqladi. Birlashgan Millatlar tashkiloti oldida mustaqil davlatlar qatori uning bayrog`i ham xilpirab turibdi. O`zbekiston qadimiy va xamisha novqiron diyordir. Ushbu parchada necha o`rinda imloviy xatolikka yo`l qo`yilgan?
A) 6 B) 3 C) 5 D) 4
15. Qaysi javobda berilgan gapda imloviy jihatdan noto'g'ri yozilgan so’z ishtirok etgan?
A) Ertalab o'rningdan quvonch bilan tur, kechqurun kulgi bilan uxlashga yot.
B) Agar shu topshiriqni bajarmasa, obro’i bir pul bo'ladi. C) Xalq seniki emas, sen xalqnikisan. D) Ma'naviyat insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir.
Tarix
1. Unsoniyat ijtimoiy taraqqiyoti bosqichlari to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang:
1) urug’ jamoasi;2) urug’3) qabilalar ittifoqi; 4) hududiy qo’shnichilik jamoasi; 5) qabila; 6) davlat.
A) 2,1,3,5,4,6 B) 2,1,3,4,5,6 C) 2,1,5,4,3,6 D) 2,1,4,5,3,6
2. Amir Haydar davrida qaysi hududlar aholisi qo‘zg‘olon ko‘targan?
1) Marv; 2) Hirot; 3) Miyonqo‘1; 4) Ko‘lob; 5) Balx.
A) 4, 5 B) 1, 2, 4, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 3
3. . O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi uchinchi bosqichida egallangan shaharlarni to‘g‘ri belgilang. 1) Xiva; 2) Namangan; 3) Jizzax; 4) Mang‘it; 5) Kattaqo‘rg‘on; 6) Qo‘ng‘irot; 7) Andijon; 8) Xo‘jand; 9) Kushka. A) 1,2,3,6,7 В) 1,2,4,6,7 C) 1,3,5,6,8 D) 2,4,6,7,9
4. Quyidagi qaysi inshoat Xudoyorxon saroyi qurib bitkazilgan yilda barpo etilgan?
A) Hazrati Kalon Sohibzoda madrasasi B) Sulton Murodbek madrasasi C) Hokim Oyim madrasasi D) Muhammad Rahimxon madrasasi
5.Amir Temur davlatining poytaxti bo‘lgan shaharni toping.
A) Samarqand B) Buxoro C) Kesh D) Shosh
6.To‘g‘ri ma’lumot berilgan javobni toping.
A)2005-yildan boshlab Oliy Majlis ikki palatali tizimda faoliyat yurita boshladi.
B)1993-yil O‘zbekiston Respublikasida hokimlik lavozimi ta’sis etilgan.
C)O‘zbekiston Respublikasida hokimlarning vakolat muddati 4 yil etib belgilangan.
D)Oliy Majlisning yuqori palatasi − Senat 150 nafar senatordan iborat.
7.Quyidagi qo‘zg‘olonlardan qaysi biri Somonxudotning nabiralari tomonidan bostirilgan?
A)Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo‘zg‘olon B)“Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni C)Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olon D)G‘urak va Divashtich boshchiligidagi qo‘zg‘olon
8. XIV asrda Chig‘atoy xonlaridan kim birinchi bo‘lib o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chirgan?
A) Kebek B) Munke C) Tug‘luq Temur D) Abulxayrxon
O‘zbekiston hududidagi qaysi manzilgohda ilk shahar alomatlari ko‘zga tashlanadi?
A) Jarqo‘ton B) Obishir C) Selengur D) Ko‘lbuloq
9. Toshkent shahri kim boshchiligidagi podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan egallangan? (1865-yil)
A) M.Chernyayev B) M.Skobelov C) F.Romanovskiy D) fon Kaufman
10.Rossiya imperiyasi tarkibidagi Turkiston general-gubernatorligi nechanchi yilda tashkil etilgan?
A) 1867-yilda B) 1875-yilda C) 1856-yilda D) 1881-yilda
11. Sovetlar boshqaruvi davrida o‘zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarish jarayoni qanday nom ostida o‘tkazilgan?
A) “Hujum” harakati B) “Bosmachilik” harakati C) “Ozodlik” harakati D) “Kolxozchilar” harakati
12. Qaysi daryo qadimda Yaksart deb atalgan?
A) Sirdaryo B) Amudaryo C) Zarafshon D) Qashqadaryo
13. O‘zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyat hisoblanadigan organni toping.
A) Vazirlar Mahkamasi B) Oliy Majlis C) Oliy Sud D) Konstitutsiyaviy sud
14. Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonning qaysi shahrida metallurgiya zavodi bunyod etilgan?
A) Bekobod B) Qo‘qon C) Buxoro D) Navoiy
15. VI-VII asrlarda O‘rta Osiyo aholisining asosiy qismi qaysi dinga e’tiqod qilgan?
A) zardushtiylik B) moniylik C) nasroniylik D) buddaviylik
Do'stlaringiz bilan baham: |