1 hisoblash eksperimenti


) Eksprimentni rejalashtirishdagi asosiy tushuncha va modellar



Download 0,99 Mb.
bet3/3
Sana10.07.2022
Hajmi0,99 Mb.
#769851
1   2   3
Bog'liq
1 hisoblash eksperimenti

3) Eksprimentni rejalashtirishdagi asosiy tushuncha va modellar Eksperimentni rejalashtirish matematik modeli «qora quti» tarzidagi
kibernetik modelga asoslangan (7.1-rasmga q.). Shunday kibernetik siste-malarni ko‘rib chiqishda nazorat ostida boshqariladigan kirish parametrlari x1, x2, ..., xk faktorlar deyiladi, chiqish parametrlari y1, y2, ..., ym optimal-lashtirish parametri (mezoni) deyiladi.
Faktorlar miqdoriy va sifatli bo‘lishi mumkin. Birinchisiga kirish para-metrlari taalluqli bo‘lib, ularni miqdoriy baholash — o‘lchash, tortish va h.k. bo‘lishi mumkin. Sifat faktorlariga miqdoriylardan farqli o‘laroq,
raqamli shkala mos kelmaydi. Biroq ular uchun ham shartli tartibli shkala qurish mumkin, u sifat faktori tenglamalari va natural sonlar qatori o‘rtasidagi mutanosiblik o‘rnatadi.
Faktorlar boshqariladigan bo‘lishi va texnikaviy obyektga bevosita ta’sir etish talabiga javob berishi kerak. Faktorning boshqariluvchanligi deyilganda butun tajriba davomida faktor tanlangan kerakli darajasini doimiy yoki belgilangan programma bo‘yicha uning o‘zgarishini ta’minlash va saqlab turish imkoni tushuniladi. Bevosita ta’sir talabi deyilganda faktorning boshqa faktorlarga funksional bog‘liqligi istisno ekanligi tushuniladi, chunki bunday bog‘liqlik mavjud bo‘lsa, ularni boshqarish qiyin.
T ajriba o‘tkazishda har bir faktor bir necha qiymatlardan birini, tenglama deb ataluvchini qabul qilish mumkin. Faktorlarning qayd etilgan tenglamalar to‘plami kibernetik sistema ehtimoliy holatlaridan birini aniqlaydi. Bu qayd etilgan tenglamalar to‘plamiga faktor fazosi atalmish faktorlar fazosidagi ko‘p o‘lchamli muayyan nuqta mos keladi.
Tajriba faktor fazosidagi barcha nuqtalarda amalga oshirilmaydi, faqat faktor fazosi sohasidagi ruxsat etiladiganiga taalluqli nuqgalardagina amalga oshiriladi. 7.2-rasmda misol tariqasida ikki faktor – õ1 va õ2 uchun ruxsat etilgan soha G ko‘rsatilgan.
Kibernetik sistema faktorlar qayd etilgan har bir daraja to‘plamiga turlicha munosabat ko‘rsatadi. Biroq faktorlar tenglamalari va aks munosabat (javob) o‘rtasida muayyan aloqa mavjud. Bu aks munosabat javob funksiyasi, uning geometrik obrazi javob yuzasi deb ataladi.
Javob funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega:

yl = yl (x1, x2, ..., xk) (l = 1, 2, ..., m).


Tabiiyki, tadqiqotchiga bog‘liqkik turi y oldindan ma’lum emas. U rejalashtirilayotgan eksperiment ma’lumotlari bo‘yicha quyidagiga yaqin tenglama hosil bo‘ladi:
ye = ye (x1,x2,...x,e ) .
Bu eksperimentni shunday amalga oshirish kerakki, tajribalarning eng
kam sonida, maxsus ifodalangan qoidalar bo‘yicha faktorlar darajasini turlicha qo‘rinishlarida matematik model olish mumkin bo‘lsin va kibernetik sistema kirish parametrlari optimal qiymatini topish mumkin bo‘lsin.
Javob funksiyasini yetarlicha aniqlikda k o‘zgaruvchandan d darajadagi polinom ko‘rinishida tasavvur etish mumkin.






2) Grafik - bu raqamli ma'lumotlarning grafik ko'rinishi. "Excel Processor" yorlig'ida siz har xil turdagi diagrammalarni olishingiz mumkin, masalan, gistogrammalar va grafiklar. Gistogrammada raqamli ma'lumotlar chiziqchalarda (yoki doiraviy diagramma tuzilgan bo'lsa, maydonlarda), grafikda raqamli ma'lumotlar bir-biriga bog'langan nuqtalar (yoki boshqa grafik primitivlar) sifatida ko'rsatiladi.
Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish