Bog'liq 1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari
7- Buxgalteriya hisobining usullari va uning elementlari Buxgalteriya hisobi o‘z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, oldidagi vazifalarni to‘la-to‘kis yechib berish uchun maxsus usullarni o‘z ichiga oladi va bu usullar yordamida buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida o‘rganiladi. Buxgalteriya hisobida, asosan, quyidagi usullardan foydalaniladi:
— hujjatlashtirish;
— inventarizatsiya;
— baholash va kalkulatsiya;
— ikki yoqlama yozuv va schotlar;
— balans va hisobot.
Hujjatlashtirish — bu buxgalteriya hisobida mablag‘lar harakatini belgilovchi, unga qonuniy kuch beruvchi jarayondir. Hujjatlashtirish yordamida amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini tartibga solish uchun asos yaratiladi. Hujjatlarga asosan mablag‘lar harakatini tasdiqlovchi huquqiy asos yaratadi. Inventarizatsiya —(yo‘qlama) qilish yordamida tegishli moddiy boyliklarning to‘liqligi nazorat qilinadi. Moddiy javobgar shaxs belgilangan muddatlarda korxona buxgalteriyasiga o‘z hisobotini topshiradi, unda hisobot davrida tovar va moddiy boyliklar holatidagi o‘zgarishlar o‘z ifodasini topadi. Inventarizatsiya o‘tkazish tartibi natijalarini aniqlash me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solingandir. Baholash va kalkulatsiya — korxona va tashkilotlardagi mavjud mablag‘lar harakati buxgalteriya hisobida ifodalanadi, mahsulot ishlab chiqarishda sarf qilingan xarajatlar o‘rganiladi, baholash va kalkulatsiya alohida ahamiyatlidir. Mablag‘lar harakatini o‘rganish, asosan, pul o‘lchov birligida yuritilishini hisobga olgan holda baholash pul ifodasida yuritiladi. Ikki yoqlama yozuv va schotlar — buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari tegishli schotlarda ikki yoqlama yozuv bilan ko‘rsatiladi. Har bir amalga oshiriladigan xo‘jalik operatsiyasidan birining ko‘payishi ikkinchisining ozayishiga olib keladi. Korxona mablag‘larining holatini o‘rganishda u yoki bu mablag‘ga bo‘lgan talabni aniqlashda schot ko‘rsatkichlari asos uchun o‘rganiladi. Amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini tegishli schotlarda ikki yoqlama yozuv bilan rasmiylashtirish hujjatlarga asoslangan holda olib boriladi. Buxgalteriya hisobi schotlarini yuritishdan asosiy maqsad, hujjatlardan kerakli joyda umumlashtirilgan ma’lumotlarni tayyor holda olish mumkin. O‘z navbatida, schotlar ikki guruhga, ya’ni xo‘jalik mablag‘larining joylanishini ko‘rsatuvchi schotlarga va xo‘jalik mablag‘larining manbalarini hisobga oluvchi schotlarga bo‘linadi. Balans va hisobot. Korxona va tashkilotlar mulk shaklidan qat’i nazar, mavjud asosiy va aylanma mablag‘lari holatini doimo nazorat qilib borishlari kerak. Buxgalteriya balansida xo‘jalik mablag‘lari joylanishi va tashkil topish manbalari ma’lum muddatga pul ifodasida ko‘rsatiladi. Xo‘jalik mablag‘lari balansda aks ettirish nuqtayi nazaridan ikkiga bo‘linadi:
1. Xo‘jalik mablag‘larining joylanishini ko‘rsatuvchi tomon (balansning «aktiv» tomoni).
2. Xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish manbalarini ko‘rsatuvchi tomon (balansning «passiv» tomoni).
Buxgalteriya balansining aktiv va passiv tomonlari ham, o‘z navbatida, belgilangan bo‘limlardan iboratdir. Hozirgi xalq xo‘jaligi tarmoqlarida joriy qilingan korxona balansi tuzilishi quyidagicha:
KORXONA BALANSI
_______200...________yilga
Aktiv tomon
bo‘limlari
Summa
Passiv tomon
bo‘limlari
Summa
Uzoq muddatli
aktivlar
2. Oborot aktivlar
O‘z mablag‘lari
manbalari
2. Majburiyatlar
BALANSI BALANSI
Buxgalteriya balansining aktiv va passiv tomoni, o‘z navbatida, ikki bo‘limdan tashkil topgan. Har bir bo‘lim o‘z ichiga tegishli balans moddalarini oladi. Balans yordamida korxona mablag‘larining holati, ularning joylanish va tashkil topish manbalari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi. Buxgalteriya balansini tuzish tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Har bir korxona va tashkilotlardagi mablag‘lar holati ma’lum bir ishlab chiqarish jarayonida pullik bir shakldan ikkinchi bir shaklga o‘tsa, ikkinchi bir mablag‘ o‘z qiymatini asta-sekinlik bilan ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga o‘tkazib beradi. Misol uchun asosiy vositalarni olaylik, ular uzoq vaqt takror ishlab chiqarish, ishlab chiqarishda ishtirok etib, o‘zining boshlang‘ich qiymatini asta-sekin eskirishini hisoblash yo‘li bilan mahsulot tannarxiga o‘tkazib boradi. Aylanma mablag‘lar esa bir ishlab chiqarish jarayonida o‘z qiymatini yangidan yaratilgan mahsulotga to‘liq o‘tkazib boradi. Korxona mablag‘larining o‘zgarishiga, birinchidan, mablag‘ bilan ta’minlash darajasi ta’sir qilsa, ikkinchidan, uning tashkiliy tuzilishi ta’sir qiladi. Mablag‘lar holatidagi o‘zgarish, o‘z navbatida, xo‘jalik mablag‘larining joylanishiga va ularning tashkil topish manbalariga ham bog‘liqdir. Buxgalteriya hisobida korxonaga taalluqli bo‘lgan mablag‘lar holati ularning turlari bo‘yicha natural va pul o‘lchov birliklarida hisob-kitob qilinadi. Buning uchun buxgalteriya hisobi schotlaridan foydalaniladi. Har bir schotda bir turli mablag‘lar harakati hisobga olinadi. Misol uchun: «Kassa» schotini olaylik, bu schotda faqat kassadagi pul mablag‘larining harakati, ya’ni kirim-chiqim hisobga olinadi. Boshqa pul mablag‘larining harakati «Kassa» schotida ko‘rsatilmaydi. Har bir schot ikki tomondan tashkil topgan. Schotning tuzilishi quyidagicha: