1. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish tushunchasi va xususiyatlari


Ov qilish va baliq ovlashni huquqiy tartibga solish



Download 1,13 Mb.
bet3/3
Sana09.02.2022
Hajmi1,13 Mb.
#439008
1   2   3
Bog'liq
5.Hayvonlarni sistemaga solishni izohlab tushuntirish

Ov qilish va baliq ovlashni huquqiy tartibga solish.
Ov qilish - tabiiy erkin holatda yashaydigan yovvoyi hayvonlarni va qushlarni tutish maqsadida izlash, iziga tushish va quvlab borib tutishga harakat qilish yoki uni ushlab olish (otish, tutib olish)ga qaratilgan faoliyat tushuniladi.
Ta'kidlash lozimki, ov qilishda umumiy qoidaga ko`ra asosan umurtqali hayvonot olami obyektlari ovlanishi nazarda tutiladi. Ov sanoat, havaskorlik va sport maqsadida olib borilishi mumkin.
Baliq ovlash- baliq va umurtqasiz suv hayvonlarini tutish baliq ovlash deb hisoblanadi.
Ovchilik-baliq ovlash xo`jaligi xalq xo`jaligining tarmog`i bo`lib, yovvoyi hayvonlarni qo`riqlash va ko`paytirish, shuningdek, havaskorlik, sport ovchiligi va baliq ovlash yo`li bilan ulardan oqilona samarali foydalanish uning vazifasi hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi ovchilar va baliq ovlovchilar jamiyatlaridan birining a'zosi bo`lgan o`n sakkiz yoshga yetgan, joriy yil uchun belgilangan miqdorda a'zolik badallarini va davlat bojini to`lagan jismoniy shaxslar o`q otish va boshqa ovchilik qurol-yarog`i bilan ov qilish huquqiga egadir.
O`zbekiston Respublikasi suv havzalarida jismoniy va yuridik shaxslar sport va havaskorlik maqsadida shaxsiy iste'mol uchun belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda bepul baliq ovlashga ruxsat beriladi.
Shu o`rinda ta'kidlash lozimki, qo`riqxonalar, baliq pitomniklari, hovuz va boshqa madaniy baliqchilik xo`jaliklari bundan holi hisoblanadi.
Respublikamiz fuqarosi bo`lgan shaxslar yoki chet el fuqarolari yoxud fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga ham yo`llanmalar, belgilangan tartibda berilgan litsenziyalar (ruxsatnoma) bo`yicha ov qilish huquqi berilishi mumkinligi qonunchilikda mustahkamlangan.
Vazirlar Mahkamasining “Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O`zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish hamda ovchilik-baliq ovlash xo`jaligini yuritish tartibi to`g`risida”gi NIZOMga muvofiq, yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun O`zbekiston Respublikasiga keladigan xorijiy fuqarolarga foydalanish huquqi O`zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo`mitasining ruxsatnomasi asosida quyidagi tartibda beriladi:
ov qilish va baliq ovlash uchun xorijiy fuqarolarning O`zbekiston Respublikasiga kelishi, bu yerda bo`lishi va O`zbekiston Respublikasidan ketishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
«O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami», 2004 yil, 44-son, 459-modda.
ov qilish uchun buyurtmanoma, shuningdek havonot dunyosidan foydalanish uchun to`lov to`langanligi to`g`risidagi hujjat xorijiy fuqarolarga ruxsatnoma berish uchun asos hisoblanadi, xorijiy fuqaroning o`zi yoki uning manfaatlarini ifodalovchi shaxs tomonidan jo`natiladigan mazkur buyurtmanomada ovlanadigan hayvonlar turlari va ov qilish muddatlari ko`rsatiladi;
ovlash uchun ov qurolidan foydalanuvchi xorijiy fuqaro qurollar va o`q-dorilarni respublikaga olib kirish uchun O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ruxsatnomasini olishi zarur.
O`zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot dunyosi obyektlari ayrim turlarini, shu jumladan tuvdog` qushini ovlash uchun O`zbekiston Respublikasiga keladigan xorijiy fuqarolarga foydalanish huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida beriladi.
Ovlangan hayvonlarni, ularning qismlarini, o`ljalarni va shu kabilarni respublikadan olib chiqib ketishga ruxsatnoma hayvonot dunyosidan foydalanishga ruxsatnoma hamda tabiatni muhofaza qilish bo`yicha vakolatli davlat inspektori va ovchi tomonidan imzolangan ovlangan hayvonlar to`g`risidagi dalolatnoma asosida beriladi.
Ovchilik–baliq ovlash joylarida qurol-yarog`, ov qushlari, qopqonlar, to`r materiallari va ov qiladigan hamda baliq tutadigan boshqa asbob anjomlar bilan yoki ovlangan ov mahsuloti va tutilgan baliq bilan bo`lish, shuningdek, yig`ilgan qurol–yarog` bilan yo`llarda bo`lish ov qilish va baliq ovlash hisoblanadi.
Ov va baliq ovlash ilmiy, madaniy-ma'rifiy, xo`jalik, shuningdek, sport-havaskorlik maqsadlari uchun yovvoyi hayvonlarni ovlash O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi huzuridagi hayvonot va o`simlik olamini muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda bepul yoki qonun osti me'yoriy hujjatlarida ko`rsatilgan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi.
"Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunda ov qilish va baliq ovlash bilan bog`liq munosabatlar huquqiy jihatdan tartibga solingan. Ushbu qonunda ov qilish va baliq ovlashning man qilingan usullari ham yoritilgan.
Ov qilish va baliq ovlashda umumxavfli qurollar va usullarni qo`llash man etiladi.
Falokatga uchragan va o`zi uchun notabiiy sharoitda turgan hayvonlarni ov qilish man etiladi (20-modda).
Ta'qiqlangan muddatlarda ovchilik baliq ovlash mahsulotlarini sotish va sotib olish. Shuningdek, ruxsat berilmagan usulda portlatish qurilmalarni qo`llash yoki elektr toki va hokazo.
Adabiyotlar ro'yxati:

1. Karimov I. A. «O'zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» Toshkent. O’zbekiston, 1997.
2. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. T.Oqituvchi, 1991.
3. Biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiya va harakat rejasi. T.1998.
4. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. Qarshi. Nasaf, 2003.
5. To’xtayev A. Xamidov A. Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza qilish. T. O’qit. 1997.
6. www.ziyonet.uz
www.slayd.arxiv.uz
Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish