Asarning nomi: “Ko’klam”
Janri: Lapar (Mavsum qo’shig’i)
Hajmi: 1 bet
Aytuvchi: Nishonova Charos Halimboyevna
Manzili: Parkent tumani Xisarak qishlog’I Yuksalish ko’ch 91-uy
Aytuvchining Yoshi: 32 yosh (1986-yil tug’ilgan)
Ustozlari:Akbarov Mirxoji, Umarova Mahfuza
Yozib oluvchi:Sultonova Nozima Qulmat qizi
Yozib olingan joyi va vaqti: Xisarak qishlog’I Madaniyat uyi, soat 9:50
Ko’klam kelib, yomg’ir yog’ar,
Ko’k maysalar quloch ochar,
Ayyom bo’lar bug’doy dala,
Majnuntol ham sochin yoyar.
Yangilanish davri keldi,
Bahorjon ham yetib keldi,
Gul atrini taratibon,
Navro’zjon ham yetib keldi.
Navro’zjon ham yetib keldi.
Navro’zjon ham yetib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |