Asarning “Uchqur bola”
Janri: Qo’shiq
Hajmi: 2 bet
Aytuvchi: “Orzu” bolalar folklor dastasi
Manzili: Parkent tumani Xisarak qishlog’I Madaniyat uyi
Aytuvchining Yoshi: 1992-yilda tuzilgan
Ustozlari:Akbarov Mirxoji,Nishonova Charos
Yozib oluvchi:Sultonova Nozima Qulmat qizi
Yozib olingan joyi va vaqti: Xisarak qishlog’I Madaniyat uyi.
Uchqur bola, chopqir bola,
Onajoning yetolmas,
Uchqur bola, chopqir bola,
Onajoning yetolmas.
Balandroq uch, quyoshni quch.,
Seni hech kim tutolmas,
Balandroq uch, quyoshni quch.,
Seni hech kim tutolmas,
O’ynab -o’ynab yugurasan,
Qo’llaringda kulcha non.
Barchasiga ulgurasan,
Shoshilib uch bolajon.
Uchqur bola, chopqir bola,
Onajoning yetolmas,
Uchqur bola, chopqir bola,
Onajoning yetolmas.
Balandroq uch, quyoshni quch.,
Seni hech kim tutolmas,
Balandroq uch, quyoshni quch.,
Seni hech kim tutolmas.
Do'stlaringiz bilan baham: |