Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug'bek davridagi iqtisodiy islohotlar
A.Tmir vafotidan keyin Shohruh va
Ulug‘bek (1394-1449) podsholigi (1409-1449) davrida iqtisodiyot yaxshi rivojlandi. Ayniqsa, qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari o‘sdi. Bu Movarounnahrda (arabcha «daiyo ortidagi» (mamlakat) degani) 1428-yilda Ulug‘bek tomonidan o‘tkazilgan pul M.uiug'bek (1394-1449) jsiohoti bilan bog‘liq. Jamiyatda pulning ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning qadr- qimmatini oshirish uchun harakat qilingan.
O‘sha davrda muomaladagi lulusiy chaqa pullar yengil vaznda bo‘lib, savdo rivojiga to‘siqlik qilgan. Ulug‘bek yengil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan barcha chaqa pullami man etdi. Eski chaqalami yangisiga almashtirib, ichki savdoning mayda mis pullarga bo‘lgan talabini qondirish uchun u bir vaqtning o‘zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruhiya va Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqli fuluslami zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Eski chaqalar qisqa vaqt davomida yangi pullarga almashtirilib olingach, mis pullar zarbini markazlashtirish maqsadida boshqa shaharlardagi zarbxonalarga barham berildi. Faqat Buxoro zarbxonasi (poytaxt Samarqandda emas) saqlab qolindi. Xalq orasida «fulusi adliya», ya’ni adolatli chaqa nomi bilan shuhrat qozongan bu yangi mis fuluslar mamlakatning barcha shahar va qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini to‘la ta’minlay boshladi. Ichki chakana savdo-pul munosabatlaridagi tanqislikni fulusning vazni va qiymatini oshirish bilan hal etilishi o‘rta asrlar sharoitida nodir va favqulodda voqea bo‘lsa-da, har holda Ulug‘bekning bunday islohoti mamlakatda hunarmandchilik buyumlarining ichki chakana savdosi uchun keng yo‘l ochib berdi. Ayni vaqtda tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida «tamg‘a» boji ham birmuncha oshirildi, ya’ni hozirgi til bilan aytilganda proteksionizm siyosatidan foydalanildi.
Ulug‘bek (1394-1449) tarixda ko‘proq davlat arbobi sifatida emas, bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida mashhurdir. Uning dong‘i dunyoga ketgan, astronomiya, tarix ilmlariga oid asarlari mavjud. Bu yerda biz Ulug‘bekning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatiga alohida e'tibor bermoqchimiz. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida qunt qilinadi, busiz rivojlanish bo‘lmasligini hokimlar yaxshi tushunishgan. Sug‘orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg‘ot, navo, chig‘ir, charxpalak, qaynama, sharshara, osma ko‘prik, handoq, tazar va sardobalar kabi turli-tuman suv inshootlari bilan jihozlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |